ichimlik 1 shisha (1 l gacha), sigareta 400 donadan, sigara 50 donadan, tamaki 250
grammdan, atir-upa 60 ml dan, sovg’alar qimmati 300000 vondan (-246 USA) oshsa.
KR konstitusiyasiga zid, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi, davlat sirlarini fosh
etuvchi yoki josuslik maqsadlarida foydalanishi ko’zlangan har qanday bosma va
boshqa materiallarni olib kirish ta’qiqlanadi. Tangalarni olib kelish ham ta’qiqlanadi.
Agar Janubiy Koreyaga kirish chog’ida olib kirilishi ta’qiqlangan biror narsangiz olib
qo’yilgan bo’lsa, berilgan hujjatga asosan qaytib ketayotganingizda qaytarib beriladi.
Ruxsatsiz asari-antiqa buyumlarni olib ketish ta’qiqlangan. Tez alangalanuvchi
narsalar, aerozollar, soch bo’yoqlari, zajigalka uchun gaz, ko’zni dimoqni
achishtiruvchi moddalar bagajga solinadi, ularni qo’lda samolyotga olib chiqishga
yo’l qo’yilmaydi.
Gonkong. Chet el valyutasini olib kirish cheklanmagan (deklarasiya to’ldirish
shart). Milliy valyutani olib kirish ta’qiqlangan. Xorijiy valyutani olib chiqib ketishga
ruxsat berilgan, milliy valyutani esa olib ketish mumkin emas. Qurol, pornografiya,
narkotiklar, zaharlar olib kirish ta’qiqlangan. Qimmatbaho buyumlar, san’at asarlarini
sotib olingan magazin chekisiz olib ketish ta’qiqlangan. Kirish deklarasiyasida
qimmatbaho buyumlar (foto-videoapparatlar, tilla taqinchoqlar) albatta ko’rsatiladi,
chiqib ketishda deklarasiya yana taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: