O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə51/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

Marokko. Chet el valyutasini olib kirish va olib chiqib ketish cheklanmagan,
lekin Qirollik hududida ularni yuritish ta’qiqlangan. Sarflanmagan valyutani olib
chiqib ketishda almashtirilgani haqida bank sertifikati bo’lishi kerak. Mamlakatga bir
shishadan ziyod spirtli ichimlik, bir shisha vino, 200 donagacha sigaret, 50 sigara,
250 g tamaki olib kirish mumkin. Maxsus ruxsatsiz tarixiy va badiiy qimmatga ega
narsalarni olib chiqib ketish ta’qiqlanadi. Professional fotouskunalarni olib kirish
cheklangan (havaskor fototexnika bundan mustasno). Peyjerlar va mobil telefonlar
olib kirish uchun jo’nab ketishdan oldin maxsus ruxsatnoma olish kerak (joyida
bunday ruxsatnomani olish imkoniyati yo’q).
Shri-Lanka. Qimmatbaho buyumlar va narsalar ularni keyinchalik to’siqsiz
olib chiqib ketish uchun deklarasiyalanadi. Olib chiqib ketish ta’qiqlangan: maxsus
ruxsatsiz tarixiy va madaniy qimmatga ega buyumlar, antikvarlar, manuskript
kitoblar, fil suyagidan ishlangan buyumlar, marka va tanga kolleksiyalari, qayta
ishlanmagan qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar, choy (2 kg gacha).
Andorra. Poshlinasiz: kofe – 1 kg, choy – 200 gr, pishloq – 4 kg dan ko’p
bo’lmagan, shirinliklar – 5 kg gacha, duxi – 75 g, odekolon – 375 g, 22 darajadan
yuqori alkogol – 1,5 l, 22 darajagacha – 3 l, oshxona vinosi – 5 l, 300 sigaret, 150
ingichka sigar, 75 yo’g’on sigar, 400 g tamaki olib chiqib ketish mumkin. Qolgan
tovarlar qiymati bo’yicha cheklangan: kattalar 87350 peset summagacha (500 $ sal
ko’proq), bolalar – 44925 pesetgacha. Maxsus ruxsatsiz tarixiy va badiiy qimmatga
ega buyumlarni olib chiqib ketish man qilingan.
107





Kalit so’zlar: bojxona, ko’rikdan o’tkazish, tartiblar, qimmatbaho narsalar, funt
sterling, narkotiklarni tashish, poshlinasiz olib kirish, chig’anoqlar, marjonlar,
kolubagacha davr, kofe, choy, pishloq, shirinliklar.
Nazorat savollari:
1. Bojxona va bojxona nazorati nima?
2. Bojxona ko’rigidan o’tishda turist qanday huquqiy hujjatni taqdim etishi
mumkin?
3. G’arb mamlakatlari bojxona ko’rigi qoidalari O’zbekistondagidan nimasi
bilan farq qiladi?

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin