O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»


-mavzu. Migrasiya xizmati ishlari xususiyatlari



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə52/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

6-mavzu. Migrasiya xizmati ishlari xususiyatlari
Reja:
6.1. Migrasiya rejimi: ayrim xususiyatlari
6.2. Turistga vizaviy va ma’muriy talab
6.3. Aviakompaniya va turistik agentliklar mijozlariga ayrim tavsiyalar
6.4. O’zbekistonda immigrasiya siyosati xususiyatlari
6.5. Odamlarning yashirin trafigi bilan kurash
6.1. Migirasiya rejimi: ayrim xususiyatlari
Begona davlat territoriyasiga qo’yar ekan, har qanday kishi avtomatik ravishda
chet ellikka aylanadi. Uni boshqa yurtga tegishli fuqaro ekanligini tasdiqlovchi hujjat
pasport yoki uning o’rnini bosuvchi boshqa hujjat hisoblanadi. Tabiiyki, bunday
shaxslarga nisbatan huquqiy rejim – xorijiy fuqaro majburiyatlari va huquqlari
majmui joriy etiladi. Qaysikim, mamlakat qonunchiligi va xalqaro shartnomalar
normalariga muvofiq belgilanadi. Misol uchun, O’zbekistonda u “Chet el fuqarolari
108



va fuqarosiz shaxslar to’g’risida”, “Chet ellik fuqarolarni O’zbekiston Respublikasi


territoriyasida bo’lish tartib-qoidalari to’g’risida”gi qonunlar va boshqa huquqiy
hujjatlar bilan belgilangan. Qo’shimcha qilish kerakki, xorijlik fuqaro huquqlari
asosida bir qator prinsiplar yotibdi. Ular xalqaro huquqlarda umum tan olingan,
deyarli barcha muamlakatlarda amaliyotda qo’llaniladi. Turistlar uchun bu rejimni
bilish shaxsiy xavfsizlikning tarkibiy qismi hisoblanadi yoki bo’lgan mamlakatida
uning legal yurish huquqiy maqomiga daxldordir.
Eng avvalo turist tushunishi kerak, boshqa begona mamlakatda bo’lar ekan,
unga o’sha mamlakat yurisdiksiyasi tatbiq etiladi. Misol uchun, O’zR konstitusiyasi
23-moddasida ta’kidlab qo’yilganidek: “O’zbekiston Respublikasi territoriyasida
bo’lgan xorijlik fuqarolar va fuqarosiz shaxslar xalqaro huquqlarga muvofiq tegishli
ozodlik va huquq bilan ta’minlanadi. Ular O’zbekiston Respublikasining
konstitusiyasi va xalqaro shartnomalarida belgilangan tartiblarga bo’ysunishga
majburdir”. Ya’ni davlatga tashrif buyuruvchi chet ellik fuqarolarga tartib-qoidalar
belgilab qo’yadi va ulardan bajarilishini talab qiladi. 1961 yildagi Diplomatik
vakolatlar haqidagi Vena konvensiyasi, 1963 yildagi Konsullik vakolatlari haqidagi
Vena konvensiyasi, BMT 1945 yilgi imtiyozlar va immunitetlar to’g’risidagi
konvensiyaga muvofiq daxlsizlik maqomiga ega diplomatik korpuslar bundan
mustasno.
Boshqa tomondan, turist boshqa mamlaktda bo’lganida o’sha davlat himoyasi
ostida ekanligini esdan chiqarmasligi kerak. Bu jihatlarga tegishli milliy qonunlardan
tashqari, xalqarolari ham bor, xususan bular:
- 1948 yil 10 oktyabrdagi inson huquqlari to’g’risidagi umum deklarasiya
(O’zbekiston 1991 yilda ushbu hujjatga qo’yildi);
- 1966 yil 16 dekabrdagi siyosiy huquqlar va fuqarolik to’g’risidagi xalqaro
Paket (bu hujjatni O’zbekiston 1995 yilda ratifikasiya qilgan);
- 1949 yil 12 avgustdagi xalqaro majoralar qurbonlarini himoya qilishga
tegishli Jeneva konvensiyasi (bu hujjatni O’zbekiston 1995 yilda ratifikasiya qilgan).
Turist fuqarosi hisoblangan davlat, shuningdek o’z fuqarosini ham himoya
qilishga majbur. O’zbekiston Asosiy qonunining 22-moddasida yozib qo’yilgan:
109



“O’zbekiston Respublikasi o’z fuqarolarini ham o’z territoriyasida, ham undan


tashqarida panohiga oladi va huquqiy himoyasini kafolatlaydi”. Har qanday
o’zbekistonlik o’zining umumiy fuqarolik pasportining oxirgi (33) betiga ko’z
tashlasa bunga ishonch hosil qiladi. Unda o’zbek, rus, ingliz tillarida yozib qo’yilgan:
“Pasport O’zbekiston Respublikasi mulki hisoblanadi. Ushbu pasportni ko’rsatgan
kishi O’zbekiston Respublikasi himoyasi ostidadir”.
O’zbekistondan tashqarida fuqarolarni himoya qilish bilan diplomatik va
konsullik xizmatlar shug’ullanishadi. Xususan, ular O’zbekiston fuqarolari va yuridik
shaxslarni chet el mamlakatlarida bo’lgan paytda ularni o’sha davlatlarda haq-
huquqlari buzilmasligi nazorat qiladilar. Ta’kidlash kerak, konsullik xizmati ham o’z
mamlakati fuqarolarining ayrim muammolarini hal etishda amaliy yordam ko’rsatadi.
Masalan, o’zbek turisti xorijda qiyin vaziyatga tushib qoladi (pasportini yo’qotadi,
ko’cha harakati qoidasini buzdi, yoki yo’l-transport hodisasiga aralashib qoladi,
yashayotgan mehmonxonada anglashilmovchilik bo’ladi, kerakli hujjatlarni notarial
rasmiylashtirishda qiyinchilikka duch keladi). Bunday paytda O’zbekiston diplomatik
vakolatxonasiga murojaat qilishlari kerak. Bundan tashqari, Konsullik muassasi
tegishli haq evaziga zarurat tug’ilganda qimmatbaho buyumlarni, pul va qimmatli
qog’ozlar, hujjatlarni saqlash uchun qabul qiladi.
Agar turist bilan biror kor-hol sodir bo’lsa, konsullik bu haqda yaqin
qarindosh-urug’lariga xabar beradi.
Bundan tashqari, davlat chet el fuqarosiga ushbu davlat oldidagi va uning
jismoniy va yuridik shaxslari oldidagi o’z burchlarini ado etib bo’lgach, hududidan
chiqib ketishiga to’sqinlik qilmasligi kerak.
Ko’pincha xorijlik fuqaro quyidagi hollarda rad javobi olishi mumkin:
- chet ellikni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo’lganda, ushbu ish
tugaguncha;
- agar u jinoyat uchun mahkum qilingan bo’lsa, jazo muddati tugaguncha yoki
jazodan ozod qilinguncha;
- agar uning chiqib ketishi davlat xavfsizligini ta’minlash manfaatlariga zid
bo’lsa, jo’nab ketishiga to’sqinlik qilgan vaziyat o’nglanguncha;
110



- agar milliy qonunchilikda belgilangan tartibga ko’ra, chiqib ketishiga


to’sqinlik qiladigan sabab bo’lsa.
Juda ko’p odamlar o’zining fuqarolik huquqidan foydalanib, o’zlari fuqaro
bo’lmagan mamlkatga ko’chib ketishi mo’ljallashadi, yaxshiroq hayotga bo’lgan
omadlarini sinab ko’rishmoqchi bo’lishadi, bu tajribani hozircha oldini olib
bo’lmayatpi.
Buning ustiga, umum hamma deklarasiyada inson huquqi shunday deb yozib
qo’yilgan: “Har bir odam erkin harakatlanishi, har bir davlat doirasida o’ziga yashash
joyi tanlash huquqiga ega. Har bir odam har qanday mamlakatni tark etishi, jumladan,
o’zining mamlakatidan ham ketishi, qaytib kelishi huquqiga ega”. Ayrim
mamlakatlar ijobiy migrasiya siyosati yurgizishmoqda. Ya’ni mamlakatga kirish
uchun qulay rejim yaratishayapti.
Xususan, Argentina hukumati Yevropadan immigrantlarni jalb qilish
programmasini ishlab chiqqan. Unga muvofiq yiliga 100000 immigrantni qabul qilish
ko’zda tutilgan. Shu bilan birga, fuqarolik masalalari bo’yicha Argentina
qonunchiligi juda murakkab, yashash uchun mustaqil ravishda ruxsat olish katta
qiyinchiliklar tug’diradi. Argentina immigrasion qonunchiligidan ko’chirma:
“Vaqtincha viza 1 yilga beriladi va har yili cheklanmagan tarzda uzaytiriladi.
Vaqtincha rezident mamlakatda kelishga ruxsat olgan davri mobaynidagina ishlashi
mumkin. Mamalakatda doimiy bo’lishga ruxsatnoma Milliy immigrasiya
deportamenti va konsullik tomonidan beriladi. Doimiy ruxsat mamlakatda uzluksiz 3
yil yashagan shaxslarga beriladi”. Immigrasiyaning nisbatan real yo’li shuki, yillik
immigrasion vizani argentina firmalari bilan mehnat shartnomasi tuzish vositasida
olish mumkin. Bitim notarial tasdiqlangan bo’lishi lozim. Boshqa variant migrasiya
departamentidan Argentinaga kirishga ruxsat olish bo’lishi mumkin. U 1 yilga
beriladi. Qator da’vogarlar joyida ish olish va keyin yashashga ruxsatni
rasmiylashtirish ilinjida turistik viza rasmiylashtirishadi. Turistik viza mehnat
faoliyati huquqini bermaydi, shuning uchun joylarda malakali yurist xizmatiga
zarurat tug’iladi, ya’ni ishga joylashish kontrakti barcha ijtimoiy kafolatlar bilan
tuzilishi lozim.
111



Yurist yordamida yillik immigrasiya vizasi olingach, yashash uchun ruxsat


rasmiylashtiriladi. Argentina qonunlariga ko’ra, Argentina doimiy yashovchisi
maqomiga ega har bir chet ellik xorijlik pasporti rasmiylashtirilish huquqiga ega. Bu
pasport mamlakatdan vizasiz chiqish va dunyoning qator mamlakatlarida yashash
huquqini beradi. Argentinada avtomatik ravishda fuqarolik olish iloji yo’q. Bu holda
murakkab yuridik tartib-qoidalar Argentina federal sudida sud ajrimi ko’zda tutilgan.
Odatda davogarni kechirish tartiblari bir yilgacha cho’zilib ketadi, faqat tajribali
yuristgina bu muddatni minimum qisqartirish mumkin. Rossiya fuqaroligi bekor
qilinmaydi. “Oilaviy immigrasiya” kategoriyasi bo’yicha xorijiy ota-onalar yoki
Argentina fuqarolarining bolalari immigrasiya vizasi olishga umid qilsalar bo’ladi.
Ayni paytda o’zida yashagan xorijliklarni qabul qilayotgan mamlakat
immigrasiya siyosati doimo o’zgarib turadi. Hozirgi vaqtda Argentinani yaqin
mamlakatlar – Boliviya, Paragvay va boshqalardan kelayotgan o’n minglab nolegal
ko’chmanchilar to’ldirmoqda. Ukraina, Belorussiya va Bolgariyadan turist sifatida
hujjat rasmiylashtirib, o’sha joyda o’z maqomini immigrantga aylantirish ilinjida
borganlar ham ko’p. Tabiiyki, ishsizlik va jinoyatchilik darajasini ortib borayotgani
Argentina hokimiyatini immigrasiya rejimini qat’iylashtirishga majbur qilmoqda.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin