O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»


 Davlat sanitariya xavfsizligi siyosati



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə61/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

7.3. Davlat sanitariya xavfsizligi siyosati
Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, savdo (shu jumladan, norasmiy) va turistik
tashriflar (shu jumladan, nolegal migirasiya) hisobiga zararkunandalar faol
tarqalayotgan bo’lsada, shunga qaramay, jarayon o’z yakuniga yetishdan yiroq. Inson
zoogeografik oblastda turlarning tarqalishini oldini olish uchun chegaralarni
qo’riqlash orqali karantin sistemasi va qirish tadbirlarini ko’rishga intilmoqda. 2000 
yillar boshida Yevropa mamlakatlarini qaromollar qutirishi tahlikasi qamrab oldi.
Bu agar iqtisodiyotga ham, zahira oziq-ovqatlarga ham o’n milliardlab dollar zarar
yetkazdi. Infeksiya tarqalish manbai turistlar ham bo’lishi mumkinligi taxmin
qilindi. Ayrim himob-kitoblarga ko’ra, bu Yevropa mamlakatlarida turizm hajmini
mo’ljallangan darajaga taqqoslaganda 5 % qisqarishiga olib keldi. O’zekistonda ham
virusni mamlakatga kirib kelish xavfini oldini olish uchun xavfsizlik choralarini
ko’rishga majbur bo’lindi: aeroportlarda yo’lovchilar dezinfeksiya “yo’lagi”dan
o’tdilar, yuklar esa maxsus dorilar bilan ishlandi, go’sht va boshqa oziq-ovqat
mahsulotlarini olib kelish, olib chiqishga karantin joriy etildi.
Qat’iy karantin choralariga qaramay, ko’pgina zararkunandalar baribir
tasodifan olib kelinadi. Juda ko’p mamlakatlarda maxsus xizmat mavjud. Ularning
faoliyati o’simlik mahsulotlarini ko’rikdan o’tkazish va xavfli zararkunandalar,
o’simliklar kasalliklari, begona o’tlarni aniqlashga qaratilgan. Xususan, Buyuk
Britaniyada barcha qushlarning tirik turlari va ularning tuxumlarini, shuningdek,
o’simliklar va hayvonlarni olib kirish ta’qiqlangan.
Singapurda – go’sht va go’sht mahsulotlari, Argentinada – konservalanmagan
oziq-ovqat mahsulotlari, Maltada – it va mushuk, Chilida – ishlanmagan meva-
sabzavot, urug’, g’alla, hayvon mahsulotlari, Belgiyada – konservalanmagan go’sht,
Malayziyada – yovvoyi qushlar, hayvonlar, o’simliklar, urug’, Meksikada – meva-
127



sabzavot, o’simlik, qalamchalar, o’simlik urug’lari, gullar olib kirish mann etilgan.


Venesuelada – tulup, hayvonot olamining noyob turlariga mansub terilarni olib chiqib
ketish ta’qiqlangan. Shuning uchun turistik xizmatlar eksport iva importi bilan
shug’ullanayotgan turoperatorlar bu borada har xil anglashilmovchiliklar ro’y
bermasligi uchun bunga o’xshash xizmatlar bilan hamkorlikda bo’lishlari talab
etiladi. Aytaylik, Andorrada veterinariya va agronomiya nazorati bevosita chegarada
joylashgan, biror shubhali holat paydo bo’lsa, to’g’ri ularga murojaat qilish mumkin.
Turistlarni kasallik potensial manbai qayerda yashiringan bo’lishi mumkinligi
haqida xabardor qilish lozim. Xususan, ularga o’z bagajlarini tayyorlashda e’tiborli
bo’lish talab qilinadi. Turistlar ba’zan o’zlari bilan oziq-ovqat oladilar, borayotgan
joyidagi mamlakatda mahalliy ovqat ularga to’g’ri kelmasligidan xavotirlanadilar.
Kasalliklarni keltirib chiqaruvchi begona o’tlar, viruslar va bakteriyalar g’allada va u
qayta ishlangan mahsulotlar (un, krupa, guruch)da, ho’l va quritilgan mevalar (shu
jumladan, sabzavotlar, yong’oq, mevalar)da, kofe, choy, turli urug’lar, yem-xashak,
somon, tamaki xom-ashyosi, jun, paxta va boshqa tolalarda, oshlanmagan terilar,
yog’och va yog’och buyumlar, ko’chatlar, tirik o’simliklar va ularning bo’laklarida
bo’lishi mumkin.
Aytganday, guldastalar alohida xavf tug’diradi: poyasi va yaproqlari ichida
tripslar yoki pashshalar tuxum va lichinka to’dalari bo’lishi mumkin. Ta’kidlash
kerak, guldastani samolyotda bo’lishi, keyin suvda saqlanishi lichinkalardan katta
hashoratlar urchib chiqishi va atrofga tarqalishi uchun yetarli. Shu munosabat bilan,
masalan, Rossiya territoriyasida guldastalar bilan issiqxona xo’jaliklariga kirish
ta’qiqlangan. Gap shundaki, oranjeriyalarda alohida issiq sharoit yaratilgan, xavfli
hashoratlar uchun bu qulay, buning ustiga teplisalarda ularning tabiiy kushandalari
yo’q. Lekin bu talablarga rioya etilmagani oqibatida Rossiya issiqxonalariga
koliforniya tripsi kelib qolgan. Gollandiyaga Gvatemaladan Palma tripsi o’tdi.
Shimoliy Amerikada yashovchi makkajo’xori qo’ng’izi, diabrotika Serbiyada
aerodrom yaqinidagi makkajo’xorizorida aniqlandi. Hindistondan rasm chizish
cho’tkasi bilan daraxt kemiruvchi qo’ng’iz kelib qolgani ma’lum.
128



Bundan tashqari, turistlarni bo’ladigan mamlakatda hayot va sog’liq uchun


xavfli o’simliklar borligidan xabardor qilib qo’yish kerak. Ayniqsa ular tabiatni bilish
marshruti bo’ylab sayohat qilishganda ehtiyot bo’lishlari zarur. Yava va Kalimantan
orollarida baland, chiroyli daraxt-anchar uchraydi, uning sharbati zaharli, yapon lak
daraxtining bargi ham zaharli. Shimoliy Amerikada sumax butazorlari o’sadi, uning
bargi va tanasi zaharli tuk bilan qoplangan, terini teshishga qodir, jarohatga tushsa
yanada xavfli. Bundan tashqari, sumax o’z zahari bilan atrofni bulg’aydi, shuning
uchun uning yaqinida bo’lish xatarli. Marsinella deb chiroyli nomlanuvchi zaharli
daraxt ham xavfli: yonida ozgina turilsa kifoya, og’ir zaharlanish turgan gap
(botanika bog’ida bu daraxt odamlar yaqin kelmasligi uchun panjara bilan o’rab
qo’yilgan).
MDH territoriyalarida ham juda ko’p zaharli o’simliklar o’sadi, turfirmalar ular
haqida turistlarni oldindan xabardor qilib qo’yishlari kerak. Masalan, uylar oldida
chayon o’t o’sadi, butun tanasi zaharli. Bunday o’simliklar o’rmonlarda ham ko’p
uchraydi. Yaylov o’tlari orasida, daryo qirg’oqlarida ham ularni ko’rish mumkin.
Lyutikning turlaridan biri uyuvchi deb ataladi: uning sharbati tarkibida asab tizimini
zararlovchi modda bor. Tuyoq izini eslatuvchi o’simlik barglari ham uncha katta
emas. Kopiten deb ataladigan bu o’simlik bargi, tomiri jiddiy zaharlanishga olib
keluvchi zaharga ega. Botqoqlik bagaulniki ham zaharli. Butasimon bu o’simlik
hushdan ketgizuvchi o’tkir hidga ega.
Esdan chiqarmaslik kerak, romantik landыsh guli o’z mevasi va ildizida
zaharli moddalarga ega. Bo’ri tish degan buta ham zaharli hisoblanadi. Yorqin
mevasi “bo’ri mevasi” sifatida ma’lum.
Turistlar yana shuni bilib qo’yishlari kerakki, odatda zaharli o’simliklarni
zaharlaridan farq qilish qiyin, xato qilib qo’yish esa o’lim bilan barovar. Misol uchun,
sikuta yoki zaharli vex iste’mol qilinadigan petrushkaga o’xshaydi. Sikuta zaharli
kuchli, o’limga olib boruvchi zahar hisoblanadi. Belokrilnik degan o’simlikning ham
bargini homlay yeb bo’lmaydi. Ko’knorining esa ko’sagi zaharli, olchani eslatuvchi
belladonn ham zaharlidir. Shuning uchun dorivor o’simliklarni yig’ganda ehtiyot
129



bo’lish lozim. Esdan chiqarmaslik kerak, zaharlar juda oz miqdorda foydali bo’lishi


mumkin. Aytaylik belladonn mevasining uch donasi odamni o’ldirishi mumkin.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin