O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»


 Tumov bo’lganda (shamollaganda) xavfsizlik choralari



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə70/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

8.3. Tumov bo’lganda (shamollaganda) xavfsizlik choralari
Hisobga olish kerak, Markaziy Osiyoda yashovchilar uchun shimoliy sharoit
salomatlik nuqtai nazaridan murakkab, ko’nikma hosil qilish zarur. Ammo ko’pincha
odam tumov va o’tkir respirator kasalliklariga qarshi xavfsizlik choralarini ko’rishga
ulgurmay xastalikkka chalinadi. Ularni shoshilinch davolashda (safar chog’ida,
marshrutda) tur yetakchilar tajribasda uchrab turadigan quyidagi adashishlardan
qochish zarur:
Tumovda ko’p yeyish kerak, tana harorati yuqori bo’lganda esa kam yeyish 
lozim. Bu g’oya o’rta asr vrachlarida tug’ilgan va ko’p marta inkor qilingan.
Tadqiqotlar ko’rsatadiki, tana harorati yuqori bo’lgan bemorlar (albatta, sababi tumov
145



yoki gripp bo’lsa) kaloriyaga katta ehtiyoj sezadilar. Bundan tashqari, bemorni meva


sharbatidan iborat quruq parhyezga o’tkazish shart emas. Bu taomlar salomatlika
mutlaqo boshqa taomlar singari ta’sir qiladi. Yagona narsa, tana harorati yuqori
bo’lganda o’tkir va yog’li ovqatlarni cheklash va iste’mol qilinadigan vitaminlarni
ko’paytirish zarur.
Sovuq havoda alkogoli ichimliklar iste’mol qilish qizdirishga qodir. Alkogol
aksincha, organizmni ko’proq issiq ajratishga majbur qiladi. Sovuqdan qaynoq choy
yoki issiqgina sviter yaxshi qutqaradi.
Tovuq sho’rva tumovni davolashi mumkin. Tadqiqotlar ko’rsatadi, sho’rva
bemor holatiga ijobiy ta’sir qiladi, lekin tumov yoki grippni, shuningdek yo’tal,
shamollash, tomoq og’rig’i va h.k.ni davolay olmaydi.
8.4. Suvda tibbiy xavfsizlik
Sayohat chog’ida turistda hoh tabiiy, hoh sun’iy suv havzasi bo’lsin cho’milish
istagi paydo bo’lishi mumkin. Bunday imkoniyat ayniqsa plyajlar, dengiz va ko’llar
bor mamlakatlarga safar qilganda ko’proq bo’ladi. Bu diqqatga sazovor joylar
reklama qilinadi va safarning asosiy qismi hisoblanadi. Bunday holatda albatta, suv
bilan bog’liq ko’ngilsizliklarga yo’l qo’ymaslik uchun turist bilan tegishli profilaktik
tushuntirish ishlarini o’tkazish zarur.
Misol uchun. Xavzalarga tashrif buyurganda biror bir infeksiyani, xususan,
zamburug’li – keratomikozalarni va dermatomikozalarni yuqtirib olmaslik uchun
ehtiyot bo’lish kerak. Ular teri yuzasini yoki uning chuqurroq qatlamini zararlaydi.
Ko’p hollarda mikozlar oyoq tovonida bo’ladi, lekin infeksiya soch va tirnoqlarga
yuqqan hollar ham kam emas. Havzalarda cho’milib kelgandan keyin odamlar
vrachlarga boshqa zamburug’li va zamburug’siz kasalliklardan ham shikoyat
qilishadi. Ular orasida, misol uchun, bo’yin va ko’krakda parazit yashovchi
kesiksimon lishay, psevdomikoz ko’p uchraydi. Ular teri qatlami – qorin osti yoki sut
bezlarini zararlovchi kontagioz mallyusk, teri yiringli kasalliklaridir.
146



Suzish ishqibozlari ekzotik kasallik – qichima, qo’tir orttirib olishdan ham


xoli emaslar. Bu kasallik uzoq vaqt o’zini bildirmaydi. Uni yuqtirgan odam atrofdagi
kishilarga kasallik yuqtiruvchi manba hisoblanadi. Eng avvalo u yaqin kishilarga
yuqadi. Bu haqda hyech kim shubhalanmaydi ham. Xavzada gepatit “A”ni yuqtirib
olish mumkinmi? Buning ehtimoli kam, lekin xavfi bor. Sariq kasalligi nashas, go’ng
orqali yuqadi. AQShda esa, masalan, suzish xavzasi orqali yuqumli ichak kasalligi
tarqalgani qayd etilgan. Ma’lum bo’lishicha, suvdagi xlor suzuvchilarni
bakteriyalarga qarshi samarali bo’lsada, oddiy mikroorganizimlardan himoya
qilaolmas ekan. Agar xavzaga ifloslik tushsa, bu haqda darhol ma’muriyatga xabar
berib, zudlik bilan suvni almashtirish zarur.
Ta’kidlasakda, havzadagi suv yuqumlilik nuqtai nazaridan unchalik xavfli
emas, axir xlor bilan ishlanadi, vaqti-vaqti bilan filtrlanadi, almashtiriladi
(qayerlardadir hatto ozonlashtirish boshlangan). Asosiy xavf atrofdagi suvlar –
dushlar, yechinish xonalari skameykalari, rezina to’shamalar, suzish zaliga olib
boruvchi yo’lak gilamlaridan kelib chiqadi.
Infeksiya yuqtirish xavfi juda ko’p omillarga bog’liq. Eng avvalo, albatta
bevosita mikroblar bilan aloqada bo’ldimi, yo’qmi. Bu aloqaning davomiyligi ham
juda muhim. Shuning uchun birinchi navbatda oyoq tovonlarini himoya qilish kerak.
Agar oyoqda yoriqlar, tirnalgan joy bo’lsa, plastir yopishtirish kerak. Havzaga har
qanday holatda borganda ham individual, yaxshisi poshnasi baland topochka kiyib
borgan ma’qul. Havzada cho’mlib chiqqandan keyin poyafzalni dezinfeksiyalash
lozim. Buning uchun uni 25 %li formalin yoki 40 %li sirka kislota suyuqligi bilan
artish kifoya. Keyin hidini yo’qotish uchun sutka davomida shamollatish yoki
nashatir spirt bilan ishlash kerak. Turist o’tiradigan joyga ham e’tibor berish kerak.
Yechinish xonasida o’tirgichga sochiq to’shash, to’shaganda ham faqat bir tomonini
to’shagan ma’qul. Ko’pincha odamlar avval sochiqqa artishadi, keyin uni boshga
o’rab olishadi. Bunday qilish mutlaqo mumkin emas.
Havzaga borib kelgandan keyin, ekspert Vladimir Sherbakov tavsiya etganidek
sochiqni qaynatib, har ikki tomonini ham dazmollash lozim. Xuddi shunday dush
qabul qilayotganda ham e’tiborli bo’lish, unda ko’lmak bo’lmasligi kerak. Agar
147



bo’lsa unga oyoq bosmaslik zarur. Aks holda, zamburug’li kasallik yuqtirib olish


hyech gapmas. Bundan tashqari, havzaga borayotganda tirnoqlarni zamburug’ga
qarshi lak bilan qoplab olish, cho’milib bo’lgach, tovonlarga zamburug’ga qarshi maz
surtish maqsadga muvofiq. Tarkibida Klotrimazol bo’lgan har qanday vosita
bo’laveradi. Dushdan chiqqandan keyin turist oyoqlarini sochiq bilan quruq artishi
zarur.
Legionerlarning kasalligi haqida ikki og’iz so’z. – Bu pnevmoniyaning juda
og’ir shakli. Birinchi marta u AQShda Legion faxriylari majlisi qatnashchilarida
aniqlangan, kasallik manbai esa zaldagi kondision havo sistemasida yashiringan. Uni
yuqtirish uchun mayda suv zarralari bo’lgan havo aralashmasini nafas olish kifoya.
Hozircha havzaga tashrif buyurilgandan keyin Legionerlar kasalligi aniqlangan
bo’lmasada, ko’pchilik mamlakatlarda havzaga quyiladigan suv albatta 60
darajagacha Selsiyda isitilib uzatiladi, qaysikim. Bakteriyalarni o’ldiradi. Bunday
choralar to’liq o’zini oqlaydi. Xavfli aralashma suv xovuzda girdoblanganda yoki
dush xonada bosim kuchli bo’lganda hosil bo’lishi mumkin.
Va nihoyat, bevosita infeksiya bilan bog’liq bo’lmagan muammolar haqida.
Cho’milish basseyni binosidagi iliq va nam havo astma kasallar uchun xavfli, ular
suvni dezinfeksiyalovchi xloramin moddasini ko’tarisha olmaydi. Shuning uchun ana
shunday holatlarga sizda allergiya bo’lsa, yaxshi shamollab turadigan suv havzasini
tanlaganingiz ma’qul. Yuqumlilik nuqtai nazaridan suvning o’zi unchalik xatarli
emas. Uning suvini filtrlab, xlorlab, almashtirib turishadi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin