O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə73/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

Dominikan Respublikasi. Sariq bezgakka qarshi emlanish maqsadga muvofiq.
Krandan suv ichish tavsiya etilmaydi. Oqar suvdan hosil qilingan muz va
qaynamagan suvda yuvilmagan ho’l mevalarni iste’mol qilmaslik zarur.
Shri-Lanka. Bu yerda emlash talab qilinmaydi, ammo milliy park va hayvonot
bog’iga tashrif buyurganda pashsha va boshqa hashoratlar chiqishidan ehtiyot bo’lish
zarur (bezgakka qarshi tabletka ichish mumkin). Tana qismini yopib turuvchi kiyim
kiygan ma’qul. Turist o’zi bilan yengil paxta kiyimlar, bosh kiyim va albatta
oftobdan himoya kremi, oftob urishga qarshi loson olishi kerak.
Janubiy Afrika Respublikasi. Turist mamlakatning sharqiy rayonlariga
(Mpumalangan, Kryuger Park, Svazilend, KvaZulu Natal) va Namibiyaning
ishmoliy rayonlariga safar oldidan emlanishi zarur, bu joylarda bezgak tarqalgan.
Bezgaka qarshi dorilar qabul qilish bilan bir qatorda, uzun yengli kiyimlar kiyish va
insektidlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bezgak pashshalari ayniqsa kechqurun
faollashadi. Kondisionerlar va ventilyatorlar ham pashsha chaqish xavfini
kamaytiradi.
Misrda vodoprovod suvini qayta tozalanmasdan ichish mumkin emas. Ichish
uchun suv shaharda sotiladi. Lekin uydan elektr choynak yoki qaynatgich olgan
ma’qul. Marshrutda yoki nomerda suvni qaynatib ichishda qo’l keladi. Agar turistlar
bunday qoidalarga amal qilmaydigan bo’lishsa, tur yetakchisi yo’l aptechkasi olishi
kerak. Unda ichak kasalliklariga qarshi dori, suvni tozalash uchun tabletkalar bo’lishi
lozim. Ekspertlar gepatit “A” ga qarshi vaksina olishni tavsiya qilishadi.
Ayni paytda asosiy gigiyena qoidalariga amal qilinmaganda kasallik xavfi
ancha kuchli. Shuning uchun ham turistlar tozalikka qat’iy rioya etishlari kerak
bo’ladi. Chunki Misr iqlimi issiq jazirama safarga sof ipak, paxtadan tikilgan yengil
jun mato kiyimlar olish kerak. Oftob urishdan saqlaydigan krem olinsa yana ham
yaxshi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin