kuygan. Yana ota-onalardan ikkita shikoyat olingan. Bolalari “tropik quloq” degan
kasallikni orttiribdi. Bunda o’rta quloq basseyndagi mikroblardan shamollabdi. Yangi
tartibda basseyn xavfsizligini ta’minlovchi kimyoviy moddalarni ehtiyot bo’lib
ishlatishni ko’zda tutadi. Suvdagi xlor va vodorod tarkibi muntazam test sinovlaridan
o’tkazilib turiladi. Basseynda o’ynayotgan bolalar kuzatuv ostida bo’lishadi.
Mehmondorchilik industriyasi ayrim yoshi katta xodimlari ularning ishida eng
muhim jihatlar mijozlar xavfsizligini ta’minlash ekanligini ta’kidlashadi.
Majora onda-sonda ro’y berishiga qaramay, korxona nufuzga katta ziyon
yetkazadi. Bu bobda biz xavfsizlikning asosiy masalalarini qarab chiqdik. Xavfsizlik
choralari va muhim yumushlari bilan tanishdik. Xizmat ko’rsatuvchi xodimlar har
qanday vaziyatda xavfni bartaraf etishga tayyor turishlari lozim. Ular juda diqqat
e’tiborli, xavfli vaziyat ro’y berganda uni bartaraf etish qobiliyatiga ega bo’lishlari
zarur.
Kalit so’zlar: havo kasalligi, dengiz kasalligi, turfirma, vaksinalash,
pashshalar, sug’urtalash,
sertifikat, iqlim, og’riqni qoldiruvchi vositalar, tumov,
isitma, tibbiy xavfsizlik, birinchi yordam.
Nazorat savollari:
1. Tibbiy xavfsizlikning qaysi jihatlarini bilasiz?
2. Sug’urtaning qanday turlari mavjud?
3. Turistlar uchun davolanishning qo’l ostidagi vositalarini sanab bering.
Dostları ilə paylaş: