O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə77/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

Masalan, Yaqin Sharqni. Turizm uchun potensial qiziqishga ega Isroil turistik oqim
kamayishi oqibatida katta zarar ko’rayapti. Keng miqyosdagi terrorchilik
156



harakatlarini to’xtamayotgani, Falastin va boshqa qo’shnilar bilan ixtiloflarning


oqibatidir, bu Misrda 1992 yilda islomchilar qo’lidan 1200 ga yaqin kishi halok
bo’ldi. Islom terrorchilariga qarshi kurash maqsadida 1981 yildan buyon mamlakatda
favqulodda holat amal qilayapti. Ko’pincha terrorchilar hujumi obyekti xorijiy
turistlar bo’lib qolishayapti, bu Misr iqtisodiyotiga katta putur yetkazayapti. 1996 yil
aprelda ehromlar rayonida 18 grek turisti isroillik terrorchilar deb gumon qilinib, otib
tashlandi. 1997 yil sentyabrda Qohirada 9 nemis turisti va avtobus hayvodchisi halok
bo’ldi. Eng katta fojia 1997 yil 17 noyabrda Luksoreda sodir bo’ldi, 58 chet elliklar
va 4 misrlik o’ldirildi. Bu terakt mamlakat iqtisodiyotini bankrotlik jari yoqasiga
keltirib qo’ydi. Turizmdan daromad 1996 yilda YaIM 67,7 milliard dollar bo’lgan
holda 2,25 mlrd dollarni tashkil etdi. Misrda turistlar soni 1997 yil noyabridan
keyingi bir necha oylar ichida 1997 yilning oldingi davriga nisbatan 52 %ga kamaydi.
Iqtisodiyoti sezilarli ravishda turizmga qaratilgan mamlakatga nisbatan jahon turistik
hamjamiyati boykot e’lon qildi. Hukumat turizm xavfsizligiga qaratilgan
munosabatini qayta ko’rib chiqish va bu ishga harbiylarni jalb etishga majbur bo’ldi.
Turizm vaziri yo’qotilgan ishonchni tiklash maqsadida shaxsan yarim dunyoni kezib
chiqdi. Mamlakatda turistik xizmatlar narxi xorijiy turistlar uchun ikki martaga
kamaytirildi.
Iqtisodiyoti turizmga bog’liq mamlakatda turistik oqimlarning har qanday
qisqarishi krizis va ishsizlik xavfini tug’diradi, byudjetni muhim qismini kamayishiga
olib keladi. Turkiyada keyingi yillarda turizm rossiyalik va MDH mamlakatlaridan
borayotgan turistlar hisobiga rivojlanmoqda. Bu 1,0 mln ga yaqin ishchi o’rinlari
yaratish imkoniyatini berdi, “chelnoklar” olib kelayotgan pul milliardlab dollar
hisoblanadi. Turkiya butun sovetlar qo’l ostida bo’lgan kengliklarda mehnat
qilayapti. Islom ekstremistlari bilan ziddiyatlar kuchaygan zahoti Turkiya hukumati
mamlakati ularning faoliyatiga chek qo’yish uchun barcha choralarni ko’rdi. Davlat
MDH dan turistlar oqimi kelish intensivligini kamayish xavfi paydo bo’lganini
tushundi. Chunki turk kurortlariga kelib, juda katta miqdorda tovarlarni sotib
olayotgan chelnok turistlar soni kamaya boshlagandi.
157



Kipr 1998 yilda harbiy tayyorgarlik va yurishlar munosabati bilan turistlar


qiziqishi susayganini kuchli his etdi. Yangi harbiy texnikalar keltira boshlagani,
orolning shimoliy va janubiy demorkasion chizig’i o’tgan qismida vaziyatning xatarli
tus olgani turistlarni cho’chitib qo’ygandi. Ayniqsa, S-300 zenit kompleksini yetkazib
berish rejalashtirilishi munosabati bilan harbiy ixtiloflar kuchaydi. Kipr prezidenti
kontrakt shartlarini o’zgartirish haqida qaror qabul qildi. Raketa kompleksi kelmadi,
turistlar esa yana kela boshladi, orol to’ligicha qoldi. Yana bir misol, 1998 yil may
oyida Hindistonda Yadro portlatish sinovii o’tkazildi, oqibatda mamlakatga kelishni
mo’ljallayotgan safarlarning 90 % deyarli bekor qilindi. Turistik mavsum barbod
bo’ldi, mamlakat katta miqdorda zarar ko’rdi. Ispaniyada bir qator teraktlardan atiga
bir hafta oldin Santa-Pol kurort zonasida ETA rahbarlari kurortlarda portlatishlar
o’tkazib, Basklar yurti mustaqilligi uchun kurash olib borishlarini e’lon qildilar.
“Agar o’zlari bilan ko’ngilsizliklar ro’y berishini istamasalar, turistlar Ispaniyaga
kelishmasin” deb po’pisa qildilar. Zarba eng nozik joyga berilgandi. Turizm har yili
Ispaniya xazinasiga 35 dan 40 milliard yevrogacha daromad keltiradi. Qirollik
mehmonlar soni bo’yicha jahonda Fransiyadan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Har yili
mamlakat aholisi sonidan ko’p – 50 mln kishi kelib ketadi. 2002 yil kuzidan boshlab,
turizmga terroristlar tomonidan kuchli zarba berildi. Yevropaning eng tinch
mamlakatlaridan biri hisoblangan Finlyandiya poytaxtida savdo markazida bomba
portlatildi, oqibatda 7 kishi halok bo’ldi, 80 kishi jarohatlandi. Filippinda ham
shunday bo’ldi, g’arb turistlari orasida mashhur bo’lgan kurort shahrida “Sari”
diskoteka binosi eshigi oldida portlash ro’y berdi. Indoneziyaning Bali orolida
Kutada portlashdan 200 kishi jabrlandi. Ularning ko’pchiligi Avstraliya va Yevropa
mamlakatlari fuqarolari edi. Butunjahon banki ma’lumotlariga ko’ra, Balidagi bu
terakt oqibatida Indoneziya 360 ming ish o’rindan mahrum bo’lgan. Maniladagi
AQSh elchisi Frensis Teylorning so’zlariga qaraganda, bu ishchi o’rinlari global
iqtisodiyot bilan bog’liq bo’lib, Avstraliya, Yevropa, AQSh, Yaponiya va boshqa
jahoning ko’p mamlakatlaridan Bali kurortlari va Qizil dengizga, Filippinga dam
olish uchun tashrif buyuruvchilarga xizmat ko’rsatishgan.
158



Shunisi afsuslanarliki, baxtga qarshi terroristlarning tobora ko’proq odamlarni


kulfatga jalb etish istagi turli davlatlarda haqiqiy tendensiyaga aylandi. Aholi, ham
turistlar gavjum, odamlar ko’p to’planadigan ommaviy mashhur joylarda sodir
etilmoqda. Moskva Bubrovka Teatr markazida 2002 yil oktyabr oxirida shunday
bo’ldi. Bu yerda har kuni “Nord-Ost” myuzik tomoshalari namoyish etiladi.
Tomoshaga kelganlar terrorchilar tomonidan garovga olindi. Bu teatr tomoshalari
mer e’tiborida bo’lib, Moskvaning turistik diqqatga sazovor joylaridan biri
hisoblanardi.
Keyingi ITB xalqaro turistik yarmarkasida uzoq yillar davomida birinchi marta
chet elga safarlar soni kamaygani qayd etildi. Ayniqsa arab mamlakatlarida bu
ko’rsatkich (bir yo’la 9 %) pasayib ketdi, so’rov o’tkazilgan 39 % nemislar esa bu yil
mehnat ta’tillarini shu yerda – Germaniyada o’tkazmoqchi ekanliklarini bildirdilar.
Ko’rinib turibiki, terrorizm turizm uchun hamma narsadan ham xavfli. “Alohida”, 
birmartalik”, “stixiyali” portlashlar dam olish mahsulotlarini ommaviy iste’mol
qilinishini yo’qolishiga olib keladi. Bunda u yanada qimmatlashadi, demak unga
talab yanada kamayadi. Bu esa turizm iqtisodiyotini navbatdagi cho’kish sirtmog’iga
tortadi. To’g’ri, nufuzli kompaniyalar bosh tortishlar kam bo’lishi uchun iloji boricha
barcha choralarni ko’rishayapti. Dam olish maroqli kechishi uchun qator tadbirlarni
amalga oshirishayapti.
Xususan, turfirmasi TiSip Jeriba orolida islom jangarlari tomonidan sodir
etilgan terroristik aktda jabr ko’rgandi. Shundan keyin u chet elda o’zini tutish
bo’yicha, xususan, Tunisda bir qator tavsiyalar ishlab chiqdi. Masalan, odamlar
gavjum joydan qochish kerak. Ayniqsa diniy munozaralar kechayotgan joydan nari
turish lozim. Turfirma shuningdek, sinagoglar, maschitlarga tashrif buyurishni ham
har ehtimolga qarshi o’z programmasidan chiqarib tashladi.
TTR Association marketing firmasi AQSh ichki turistik bozoridagi vaziyatni
tahlil qilib chiqdi va amerikaliklar hatto o’z mamlakatlari bo’ylab ham sayohat
qilishni unchalik hohlashmayotgani xulosasiga keldilar. 2002 yilda mahalliy
sayohatlar o’sishi 1,7 % ni tashkil etish, bu 2001 yilga nisbatan uch marta kamdir.
159



An’anaviy ravishda eng sayohatchi xalq deb hisoblangan amerikaliklar ham


chet el sayohatlariga unchalik ishtiyoq bildirishayotgani yo’q. Harris Interactvie
kompaniyasi o’tkazgan tadqiqotlarga ko’ra, AQSh aholisining uchdan bir qismi
xorijga safar qilish bundan uch yil avvalgiga qaraganda xatarliroq bo’lib qolganini
bildirishgan. Yana 26 % so’ralganlar bunday sayohatlar “juda ham xavfli” bo’lib
qolganini aytishgan. Ko’pchilik ekspertlarning fikricha, terroristlar qurboni bo’lish,
atipik pnevomaniyani yuqtirib olish xavfi, masalan, cho’kib ketish yoki avtomobil
halokatida halok bo’lish xavfidan kamroq ekan.
Shunisi qiziqki, bu ilgari xorijga hyech qachon chiqmagan, safarga kam borgan
qo’rqib ketgan AQSh aholisining fikri: 19 % amerikaliklar yevropaga dam olishga
bormasliklarini bildirishdi, 20 % AQSh territoriyasidan chiqmaslikni ma’qul
ko’rishlarini, 7 % esa umuman sayohatga bormasligini bildirishdi. Qiziq, Gallup
xizmati ma’lumotlariga ko’ra, noxush yangiliklarga ayollar erkaklarga nisbatan
ko’proq etibor berib, rejalashtirgan safarni bekor qilishga moyilroq bo’lishar ekan.
Amerikaliklarga siyosiy yangiliklar juda katta ta’sir o’tkazadi. 2002 yil 17
martda Ichki xavfsizlik vazirligi (Departament of Homeland Security) AQSh
aholisini terroristik akt sodir etilishi ehtimoli juda balandligidan ogohlantirdi.
Tashvishli ogohlantirish uch haftadan keyin bekor qilindi. 2003 yilda ham Iroqda
harbiy harakatlar boshlanishi bilan aviayo’lovchi tashuvchilar shunday tahlikaga
tushib qoldilar. AQSh aviatransport Assosiasiyasi hisoblariga qaraganda, tashish
hajmi 13 %ga qisqargan. Shu davrda aviakompaniya yo’lovchilari soni 20 % tushib
ketgan. Ta’kidlash kerak, AQSh aviakompaniyalari yo’lovchilarining taxminan
yarimi samolyotdan dam olish joyiga yetib borish uchun foydalanadilar. Amerika
avia industriyasi yo’qotishi faqat 2003 yilda $ 10,7 mlrd ni tashkil qildi.
Amerikaliklarning Fransiyaga borishni mo’ljallagan beshtasidan ikkitasi bu
rejalaridan voz kechdilar. Ulardan ko’pchiligi mahalliy aholining nodo’stona kutib
olishidan xavfsirashadi. Fransiya Turizm Ma’muriyati baholariga qaraganda,
Fransiya iqtisodiyoti bu yil amerikalik turistlar soni kamayishidan $ 500 mln ga yaqin
yo’qotish mumkin.
160



Terrorizm geografiyasi jadal kengayib bormoqda, qaysi mamlakat uning


navbatdagi o’chog’i bo’ladi, bugun oldindan aytish imkoni yo’q. Bunday hodisalar
juda ko’p turistik yo’nalishlar mashhurligiga putur yetkazmoqda. Birinchi navbatda,
albatta, musulmon mamlakatlari obro’si tushadi.
Sayohatchilarni u yoki bu mamlakatda ko’ngilsizliklardan muhofaza qilish
uchun qandaydir maslahat berish imkoni amalda yo’q. Lekin shunga qaramasdan

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin