O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»


-mavzu. Sug’urtalash – turistlarning xavfsizligi shakli



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə88/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

11-mavzu. Sug’urtalash – turistlarning xavfsizligi shakli
Reja:
11.1. Dam olishga sug’urta polisi: u nima uchun kerak?
11.2. Sug’urta polisidan qanday to’g’ri foydalanish kerak?
11.3. Turistning yuridik polisi – sug’urtaning yangi shakli
11.1. Dam olishga sug’urta polisi: u nima uchun kerak?
177



To’g’ri tanlangan sug’urta polisi – bu butun dam olish mobaynida


xotirjamlikning kafolatidir. Qanaqa ko’ngilsizlik bo’lmasin, eng muhimi pul
to’lashga to’g’ri kelmaydi, barcha harajatlarni sug’urta kompaniyasi o’z zimmasiga
oladi.
Chet elga jo’nab ketayotganlarda sug’urta polisi bo’lishi Shengen guruhi
mamlakatlari (Avstriya, Belgiya, Germaniya, Gresiya, Ispaniya, Italiya,
Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Fransiya)ga kirishda albatta, zarur. Boshqa
mamlakatlarga kirishda bunday sug’urta unchalik shart emas, lekin amalda hamisha
sotib olinadi.
Chet elga safar qilishda albatta, sug’urta polisi sotib olish shart. Buning bir
necha sabablari bor. Eng muhimi usiz viza berilmaydi, ikkinchidan, to’g’ri tanlangan
sug’urta polisi butun dam olish davomida xotirjamlikni kafolatlaydi. Qanday holat
ro’y bermasin, ko’rsatilgan yordam va xizmatlar uchun to’lovlarni sug’urta
kompaniyasi o’z zimmasiga olishini turist bilib qo’yishi kerak.
Sobiq SSSRda, keyinchalik O’zbekistonda sug’urta beradigan afzallik uzoq
vaqt o’ziga xos qabul qilindi. Bir necha yil ilgari o’zbek turistlari sug’urta polisi sotib
olish zarurligini his eta boshladilar. Istagan kurortda dam olish orzusi yo’lida
sug’urtaga moliyaviy harajatlar hyech narsa emasligini tushundilar. Tanlov mezoni
ham tegishli bo’ldi: sug’urta polisi narxi qancha arzon bo’lsa, mijoz va turfirmalar
shunchalik ishtiyoq bilan sotib ola boshlashdi. Rossiyada hatto shunday bo’ldiki, bir
sug’urtalovchi bilan uzoq yillar hamkorlik qilgan turistik agentlik kuniga bor-yo’g’i
tarifni 2-3 sentga arzonlashtirgan boshqa sug’urtalovchiga o’tib ketdi. Ammo bu
holda turagentlik mijozlar tur narxiga va minimal ta’rif bo’yicha sug’urta talabiga
e’tiborni qaratdilar. Turistlar taxminan shunday fikrladilar: “Omad, biror kichikroq
ko’ngilsizlik bo’lsa, menda polis bor, baribir yordamlashishadi”. – va arzon polisni
sotib olishdi. Hamma gap shundada, albatta, yordam berishadi, lekin vaziyat talab
qilganiday emas. Chunki arzon polis bilan aytaylik turist tumov bo’lib qolsa, nari
borsa, vrachdan maslahatgina oladi, xolos (kim biladi malakasi qanaqa). Boshqa
zarur dorilar, xizmatlarga esa alohida to’lashga to’g’ri keladi. Natijada hamma zarar
178



ko’rishi mumkin: zarur yordam ololmagan mijoz ham, turfirma ham, - nufuzi pasayib


ketadi, sug’urta kompaniyasi ham, hamma ayb shundaki, u minimal tarif bo’yicha,
minimal xizmatlar taqdim etadi. Shuning uchun bugungi kunda juda ko’p
kompaniyalar (iste’molchilar huquqi haqidagi qonunga to’liq rioya etgan holda,
qaysikim, unga ko’ra har qanday xizmat, shu jumladan, sug’urta ham majbur
qilinmasligi kerak) mijozlarga ular uchun qulay bo’lgan sug’urta shartlarini tanlash
imkoniyatini bermoqdalar. Bu turli tipdagi dam olishlar, turli xizmatlar to’plami
uchun maxsus ishlab chiqilgan polislarda aks ettiriladi. An’anaviy tibbiy harajatlarni
sug’urtalashdan tashqari, endi ortiqcha bagajlar, hujjatlar yo’qolishi yoki dam olish
joyiga bagajni yetkazib berilishini yo’lda to’xtab qolgani ham sug’urtalanmoqda.
Bundan tashqari, yaqinda rossiyalik mijozlar uchun safarni amalga oshmay qolishi
ehtimolidan ham sug’urtalash imkoni tug’ildi. Ma’lumki, turistik firma ham sizning
safaringizni tayyorlash bosqichida ma’lum ortiqcha ehtiyot choralarini ko’radi.
Qaysikim, voz kechilganda safar uchun to’langan narxdan pul ushlab qoladi. Turist
qancha kech voz kechsa, u shuncha ko’p bo’ladi. Agar sug’urtalangan bo’lsa, u
bundan hyech narsa yo’qotmaydi. Keyingi oylarda kiritilgan boshqa yangilik yuridik 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin