O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə89/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

sug’urta polisini rasmiylashtirish imkonini beradi. Agar safardan keyin turistda
turagentlikka e’tiroz paydo bo’lsa sug’urta kompaniyasi yuristi adolatni tiklanishiga
yordam beradi.
Eng muhimi, ko’ngilsizliklarga boy bu barcha voqyealardan sug’urtalanish
xizmatlari narxi uncha katta emas: javobgarlik limitida $15,0-30,0 minggacha (bu
o’sha turistga ko’rsatilishi lozim bo’lgan xizmatlar summasi) o’rtacha bo’lgan kuniga
$1-2 (keksa odamlar, tog’ chang’ichilari va boshqa sportchilar uchun o’rtacha 2
marta ko’p). Xotirjam dam olishga taqqoslaganda, ortiqcha $20-40 nima bo’pti? –
sug’urtalanuvchilardan ana shunday savollarni eshitish mumkin.
11.2. Sug’urta polisidan qanday foydalanish kerak?
179



Sug’urta polisini sotib olishdan asosiy maqsad, turist chet el kurortida dam


olganda biror bir qo’shimcha moddiy xarajatlarsiz zarur tibbiy xizmatni olish
imkoniyatiga ega bo’lishdir. Buning uchun albatta, bitta-ikkita narsani bilish kerak.
Birinchidan, safargacha, yaxshisi sug’urta shartnomasi rasmiylashtirilguncha,
turist “Sug’urtalanuvchiga eslatma”ni o’qib chiqishi lozim. Qaysikim, har bir
kompaniya polisga barcha punktlarni kiritishi, kompaniya menejeri siz tushunmagan
punktlarni tushuntirishi kerak. Eslatmada yozilganlarni hammasi bevosita favqulodda
vaziyatlarda ko’riladigan zarur hatti-harakatlar ro’yxatidir.
Ikkinchidan, agar turist bilan biror korxol yuz bersa., uning uchun muhimi
to’g’ri va tez harakat qilishdir. Polisni hamma vaqt o’zi bilan olib yurish kerak,
chunki yonda yordam so’rash uchun zarur telefonlar raqamlari ko’rsatilgan. Bu
o’zbek sug’urta kompaniyasi yoki servis kompaniyasi markazi telefonlari raqamlari
bo’lishi mumkin (bu holda, u yerda na rus tilida, na o’zbek tilida so’zlashmasliklari
mumkin). Yoki bevosita sug’urtalovchining servis markazi telefoniga qo’ng’iroq
qilish mumkin. Turist bo’lgan mamlakatda o’z servis markaziga ega bo’lish,
sug’urtalovchining bilvosita ish sifatidan dalolat beradi. Ularning eng katta yutug’i
shuki, u yerda butun sutka davomida rus tilida so’zlashuvchi operatorlar ishlaydi va
odatda, u yerga qo’ng’iroq mutlaqo bepul, hatto turist mehmonxonadan qo’ng’iroq
qilsa ham (qo’ng’iroq hisobi bepul nomerdan, amerikadagiga o’xshash – 1-800,
qayerda qo’ng’iroq qilinsa, avtomatik ravishda o’tadi).
Sug’urta kompaniyasi dispetcheriga faqat bir marta qo’ng’iroq qilish kerak,
negaki u axborot olgach, muammo bilan shug’ullanishga kirishadi, keyingi barcha
qo’ng’iroqlar uchun mustaqil ravishda haq to’lashga to’g’ri keladi. Shuning uchun
turist yoki unga yordam beruvchi servis kompaniyasi dispetcheriga darhol quyidagi
ma’lumotlarni aniq xabar qilish zarur bo’ladi: sug’urtalanganning ismi-familiyasi,
sug’urta polisi raqami va sug’urta dasturi kodi (agar polisda kod va seriya
ko’rsatilgan bo’lsa), agar sug’urta guruh uchun bo’lsa, u kimning nomiga yozilganini
xabar qilish kerak. Hodisa tafsilotini, talab qilinayotgan yordam turini,
sug’urtalanganning turgan joyini va kontakt telefonii raqamini aytish lozim.
180






Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin