Uchinchisi – oshirilgan tariflar odatda faoliyati xatar bilan bog’liq odamlar:
uchuvchilar, dengizchilar,
sportchilar, detektivlar, yuk
avtomobili hayvdochilari
uchun belgilanadi.
To’rtinchisi – bolalarga chegirma ko’zda tutilmagan, ayrim kompaniyalar esa
2-3 yoshdan kichik bolalarni umuman sug’urtalamaydi.
Beshinchisi – ayrim firmalar qimmatli mulkini sug’urtalaydi.
Katta turistik guruhlarni sug’urtalash, yakka turistlarga qaraganda arzonga
tushadi. Bilib qo’yish kerak, davolash juda qimmat bo’lgan
mamlakatlarga, agar
turist 30 ming dollardan kam sug’urtalangan bo’lsa, elchixona,
umuman viza
bermaydi. Bunday sug’urta AQSh, Kanada, Yaponiya, Isroil, Germaniya, Avstriyaga
kirishda bo’lishi zarur. Agar turist boshqa mamlakatda bo’lganida uning bilan
“sug’urta holati” ro’y bersa: vrachga murojaat qilishga to’g’ri
kelsa yoki bagaji
yo’qolsa, turist sug’urta polisida ko’rsatilgan telefon raqamiga qo’ng’iroq qilishi
lozim. Uning bilan bog’lanish
uchun telefon raqamini, hamda bo’lgan voqyeani
batafsil aytishi kerak. Bunda hamma turistlarni ogohlantirish zarur, faqat vrach yozib
bergan dori-darmonlargagina to’lanadi.
Shaxsiy mashinasida xorijga yo’lga chiqqan turistga sug’urtaning “Yashil
karta” degan alohida turi rasmiylashtiriladi (Sharqiy Yevropa mamlakatlarida - “Ko’k
karta”). Bu sug’urta “Yashil karta” to’g’risida shartnoma tuzgan mamlakatlarda amal
qiladi. Bu deyarli butun Yevropa va bir qator Sharq davlatlaridir. Bu hujjatsiz
turistlar ushbu mamlakatlarga kiritilmaydi. Eslatib o’tamiz. “Yashil karta” bu
uchinchi shaxs hayoti va mulkiga turist yo’l-transport hodisasida aybdor bo’lish zarar
yetkazgani sug’urtasi hisoblanadi. Tibbiy polisga turist qo’shimcha
ravishda
avtomobilchilarga yordam sug’urtasini rasmiylashtirishi mumkin. Ya’ni buzuqlikda,
yo’l-transport hodisasi, kasallik va mashinani boshqarish imkoniyati yo’qligida
“avtomobil attestasiyasi’ orqali sug’urtalash amalga oshiriladi (haydovchi sug’urta
kompaniyasi tomonidan taqdim etiladi). Bunga ta’mirlash
va shatakka olish va
boshqalar ham kiradi.
186
Sayohatchilarni sug’urtalashning asosiy turlarini amerikaning “Travel guard
gold R int” sug’urta kompaniyasi misolida ko’rib chiqamiz, qaysikim turistga turli
imkoniyatlar beruvchi sug’urta badali narxining uch xil variantiga ega.
Dostları ilə paylaş: