O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə98/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

Olinchi qoida. Polis hamisha turistning cho’ntagida bo’lish kerak.
Aytaylik, turist bilan biror hodisa yuz berdi. Endi eng muhimi tez va qat’iy
harakat qilish kerak. Shuning uchun tibbiy polis turistning hamisha – plyajda,
magazinda, barda, mehmonda, ekskursiyada va boshqa shaharga safarda, yonida
bo’lishi zarur.
Ko’chada (plyajda, restoranda, muzeyda) darhol “tez yordam” chaqirish kerak.
Unga qanday, qyerdan qo’ng’iroq qilishni istalgan mahalliy kishidan bilib olish
mumkin. Qo’shimcha qilamiz, turistni bepul ulashadi, agar u tilni bilmasa, o’sha
atroflardagidan imo-ishora Bilan “tez yordamni” chaqirib berishni so’rashi kerak.
Bunday yordam agar mazkur mamlakatda shunday qonun bo’lsa (masalan, Buyuk
Britaniya) bepul, agar qonun bo’lmasa, puli (ahvolning og’irligiga qarab, 60-200
dollar atrofida). Keyingi holda, masalan, turistni ukol qilishadi va hisob yozib
192



berishadi, turist uyiga qaytgach, ushbu hisobni sug’urta kompaniyasiga taqdim etadi


– u esa, sarflangan pulni qaytarib beradi.
Agar baxtsiz hodisa mehmonxonda ro’y bersa, darhol ma’murga yoki
xizmatchi xodimga murojaat qilish kerak. Yirik otellarda ba’zan o’z vrachi bor, o’z
xonasida o’tiradi, murojaat qilganlarni qabul qiladi, unga xabar berilsa u darhol
bemor-mijozga kelib yordam ko’rsatadi. U xususiy amaliyot bilan shug’ullanadi,
oson qo’ng’iroq qilish mumkin. Agar shunday vrach bo’lmasa, turist otel
xizmatchilaridan “tez yordam” chaqirishni talab qilishi mumkin. Vrach bevosita
xonasiga kelishi kerak.
Moboda xizmatchilardan kimdir bu iltimosni bajarishdan bosh tortsa, turist haq
to’lab qo’ygan xizmatlardan bosh tortgan hisoblanadi. Bunday holda turistning o’zi
“tez yordam” chaqirishiga yoki yaqinidagilardan chaqirib berishini so’rashiga to’g’ri
keladi. Mehmonxona xizmatchisiga e’tiroz keyin bildiriladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin