davolanishga pul o’tkazadi. “O’zining mablag’i”ga keladigan bo’lsak, chet elga
jo’nab ketayotganda maqsadli mo’ljallarga atab har bir katta yoshdagi odamga $200-
300, har bir baloga $400 tibbiy xarajatlar uchun pul olish maqsadga muvofiq. Uyga
qaytilgandan keyin sug’urtalovchi bu pullarni qaytarib beradi.
Yanada qimmatroq tibbiy yordamlar chog’ida sug’urta kompaniyasi kerakli
summani bevosita vrachga yoki tibbiy muassasaga o’tkazadi.
Hamma hisob va kvitansiyalarni to’plab, varaqga tikib uyga olib kelish kerak.
Turist sug’urtani rasmiylashtirgan mamlakatda tibbiy muassasa yoki xususiy vrach
bergan hisob tekshirib ko’rilgach (turist to’lagan summa, tashxis, vrach ismi, bank
hisob raqami, manzili ko’rsatilgan), “pay-and claim” degan yumush bajariladi:
sug’urtalanganga xarajat qilingan pul qaytarib beriladi. Shuningdek, turistga transport
xarajatlari qoplamasi, masalan, taksi bilan mehmonxonalardan gospitalga, keyin esa
gospitaldan aeroportga olib borishga sarflangan pul to’lanadi.
O’ninchi qoida. Turist biror
ish qilishdan oldin, maslahatlashishi lozim.
Turist hatto og’ir betob bo’lib qolganida ham sug’urta kompaniyasi bilan
maslahatlashmasdan uyiga uchib ketmasligi kerak. Chunki turistga sug’urta holati
bo’lib tuyulgan holat darhol uyiga qaytishga to’g’ri kelganini sug’urtalovchi mutlaqo
boshqacha baholashi mumkin. Mana misol, oshqozondan qon ketishni olaylik. Ahvol
jiddiy, qonni joyida to’xtatish kerak, yo’qsa samolyotda ahvoli battar yomonlashadi.
Prinsip jihatidan sug’urta kompaniyasi xarajatlarni to’lashga ham,
javobgarlikni
bo’yinga olishga ham tayyor, lekin turistning o’z boshimchalik bilan qilgan harakati
bularni hammasini chippakka chiqaradi.
Shunday ekan, oxirgi pulni sarflab aeroportga yugurishdan oldin sug’urta
kompaniyasi bilan xabarlashish kerak, bunday qaytish ma’qullanishi
va mahalliy
vrach xulosasi (turist kasal bo’lib qolgan joydagi) kompaniya vrachnikiga mos kelsa,
tegishli ravishda faqat shungagina haq to’lanishi mumkin.
Bundan tashqari, begona tildagi xujjatga imzo chekmaslik kerak.
Shunday
voqyea bo’lgan. Italiyada kasalxonaga tushgan o’zbek turisti italyan tilidagi hujjatga
imzo chekan. Bu standart tibbiy sertifikat, hyech qanday noqonuniy joyi yo’q deb
ishontirishgan. Keyin aniqlanishicha, u davolash uchun ketgan barcha xarajatlarni
195
to’lashni o’z zimmasiga olgan ekan. Bunday holda sug’urta kompaniyasi hyech
qanaqa yordam beraolmaydi.
Dostları ilə paylaş: