O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə101/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

O’n birinchi qoida. Turist oldindan xabar qilib qo’yilishi kerak, surunkali
kasali xuruj qilib qolsa, uni sug’urta bo’yicha davolashmaydi.
Eslatamiz, oddiy turistik sug’urta chet elda surunkali kasallikni davolash
huquqini bermaydi, faqat kechiktirib bo’lmaydigan holatlarga mo’ljallangan. Shuning
uchun ham u bir necha o’n dollarga arzon turadi – u yoki bu kompaniyada sug’urta
qilingan minglab mijozlardan mashina ostiga yoki yurak xuruji bilan shifoxonaga
onda-sondagina tushishadi.
O’zini yomon his qilish ham qandaydir o’tkir surunkali kasallik oqibati bo’lishi
ehtimolidan holi emas. Masalan, turist Misrga shunday ahvolda jo’nab ketdi. Havoda
yuqori harorat va yuqori namlik uning eski ishemiya kasalini kuchaytirib yuboradi.
Tabiiyki, tetik va xotirjam ko’rinishga urinmasdan, darhol sug’urtachiga qo’ng’iroq
qilib, nima qilish kerakligini so’rash lozim. Bunday qo’ng’iroq turist surunkali
kasalga chalingan bo’lsada, aldamayotganini anglashga imkon beradi, unga
davolanishga sarflangan barcha xarajatlarni kompensasiyalash mumkin.
O’n ikkinchi qoida. Qoidadan mustasnolar bo’ladi – bu haqda turist yaxshi
bilish kerak.
Ko’pchilik kompaniyalar turist sug’urta niqobi ostida ularning pullarini
quyidagi tibbiy turlariga sarflasa, kompensasiya to’lashni xushmuomilalik bilan bir
xilda rad etishadi:
- plastik va kosmetik xirurgiyaga, agar baxtsiz hodisa tufayli operativ jarrohlik
aralashuvi talab etilmasa;
- tish protezi qo’ydirish, ayrim insonparvar kompaniyalar o’tkir tish og’rig’ini
davolashga ketgan xarajatlarni kompensasiyalashga tayyor bo’lsalarda, 200 dollardan
ko’proq to’lasha olishmaydi, Germaniyada esa masalan, ko’prik qo’ydirish 3,0 ming
dollardan kam emas;
- ko’rsatmasiz yoki turistning shaxsiy istagi bo’yicha profilaktika tadqiqotlari
o’tkazish: aytaylik, turistda Fransiyada ginekologga ko’rsatish istagi paydo bo’ldi
(boshlang’ich qabul 120 dan 250 dollargacha tushadi, hamma analizlar, zarurat paydo
196



bo’lsa, obort qildirish uchun 600 dan 3,0 ming dollargacha to’lashga to’g’ri keladi.


Albatta, turist bularni qayerda qildirishga bog’liq) – o’zi to’lashga to’g’ri keladi;
- jinsiy kasalliklar va SPIDni davolash;
- har qanday mamlakat qurolli kuchlarida xizmat chog’ida yoki noqonuniy
hatti-harakat tufayli paydo bo’lgan kasallik, jarohat, sinish-chiqish natijasida
sarflangan xarajatlar;
- bemorni qarindoshlar tomonidan davolanishi, parvarishi xarajatlari, hatto ular
professional vrachlar bo’lishsa-da.
Tushuntiramiz: davolovchi vrach – turistning qarindoshini operasiya qilsa
sug’urta kompaniyasi uning xizmatiga haq to’lamaydi.
Kalit so’zlar: turfirma tavakkalchiligi, sug’urta badali, xorijiy turist, vrach-
professional, tarif, turguruh, turistik kema sayohati.
Nazorat savollari:
1. Ko’p karrali yillik polis nima?
2. Bir martalik polis nima?
3. Turizm sohasida barcha sug’urta turlarini sanang?

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin