“O’zbekiston havo yo’llari” aviakompaniyasini misol qilib olamiz. Quyidagi
imtiyozli tariflar turlarini qo’llaydi:
ekskursion, REX, AREX, super REX,
yoshlar, pensiyadagilar, oilalar uchun.
Har bir imtiyozli tarif o’zining qo’llanish shartiga ega. Bunda u servis sifatiga
ta’sir qilmaydi: yo’lovchi tejamli klass salonidan joy oladi.
Shuni unutmaslik kerakki,
tarif darajasi qancha past bo’lsa, yo’lovchi uchun cheklovlar shuncha katta bo’ladi
(biletning amal qilish qat’iy muddati, uchish kunini o’zgartirish imkoniyati, to’liq
yoki qisman foydalanilmagan biletlarga pulni qaytarish shartlari cheklanganligi).
Ekskursion tarif. Yo’nalishga bog’liq holda tarifning amal qilish muddati
belgilanadi: bir kun, uch oy, yarim yil. Agar yo’lovchi uchishdan kamida uch sutka
oldin voz kechsa, odatda bilet jarimasiz qaytarib beriladi, lekin aviakompaniya 1
dollar hajmida taksa ushlab qoladi.
REX tarifi. Amal qilish muddati ikki, uch yoki to’rt oy, uchish va qaytish
sanasi bronlashtirish paytida ko’rsatiladi. Uchishdan voz kechilganda, kechi bilan
uchishga bir sutka qolganda biletni qaytarib berish mumkin. O’shanda yo’lovchi
ushbu yo’nalish uchun belgilangan
jarimani to’lab, biletning
qolgan qiymatida pulini
qaytib oladi. Uchishdan uchib ketayotgan kuni yoki undan keyin voz kechgan turist
bilet qiymatini to’liq yo’qotadi. Ammo joyni saqlab qolishni istasa va kompaniyani
oldindan uchish va uchib kelish sanasi o’zgargani haqida ogohlantirmaganini
tushunsa, unda aviabilet amal qilish muddati ichida u uning tarifidan yuqori farqini
to’lab, qayta bronlashtirishni so’rashga haqli.
AREX tarifi. Turli yo’nalishlarga amal qilish muddati turlicha. Aytaylik, turist
Toshkent-Parij-Toshkent marshruti bilan uchmoqchi. Bilet uchib ketish, uchib kelish
sanasi ko’rsatilgan holda uchishdan 14 kun oldin sotib olinadi. Agar 15 kun oldin
sotib olinsa-yu, bir kundan
keyin uchishdan voz kechsa, aviakompaniya $125
miqdorida jarima undiradi. Bu vaziyatda u biletni yuqoriroq tarifgacha qayta yozdirib
olishi mumkin. Kamida ikki hafta qolganda sana o’zgartiriladigan bo’lsa, yo’lovchi
jarima to’laydi yoki tarifni oshiradi.
198
Yoshlar tarifi. Amal qilish muddati yo’nalishga bog’liq. Tarifdan 12 yoshdan
28 yoshgacha har qanday yo’lovchi foydalanishi mumkin. To’liq yoki qisman
foydalanilmagan biletni qaytarib berish yo’nalishga bog’liq.
Pensiya tarifi. Amal qilish muddati odatda 2 oyni tashkil qiladi. 54 yoshdan
yoshi katta shaxslar pensiya guvohnomasini ko’rsatib, biletni rasmiylashtirishlari
mumkin.
Oilaviy tarif. Amal qilish muddati – 2 oy. Uch kishidan kam bo’lmagan oila
a’zolari
uchun taqdim etiladi, ma’lum yo’nalishlarga amal qiladi.
Dostları ilə paylaş: