O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»


 Qisman foydalanilgan biletni qaytarish bo’yicha



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə104/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

13.4. Qisman foydalanilgan biletni qaytarish bo’yicha 
hisob-kitob
Ko’pchilik imtiyozli tariflar qisman foydalanilgan biletlar bo’yicha
qaytarilishga yo’l qo’ymaydi. “Normal” tariflar uchun qaytarish real tashish
foydalanganligini hisobdan chiqarish orqali amalga oshiriladi. Misol ko’rib chiqamiz.
Yo’lovchi Moskva-Jeneva-Moskva marshruti bo’yicha ekskursiya tarifi bo’yicha
($590) bilet sotib oldi. Moskva-Jeneva oralig’ini uchib o’tib, yo’lovchi qandaydir
boshqa marshrut bilan qaytib keldi va foydalanilmagan oraliq (Jeneva-Moskva)ni
qaytarib berdi. Moskvadan Jenevaga uchish qiymatini tarif hisobidan chiqarib
tashlaymiz (yillik to’liq tarif - $475), qaytim summasini olamiz: $590-$475=$115,
o’ylanganidek, $590 ning yarimi emas, $115 ni yo’lovchi qaytib oladi.
Yana bir ko’rgazmali misol. Biznes klass bileti (tarif - $2016) London-
xelsinki-Myunxen-rim-Jeneva-Syurix-Moskva marshruti bo’yicha yozilgan.
Yo’lovchi bilet bilan marshrutning London-Xelsinki va Jeneva-Syurix-Moskva
qisminigina uchib o’tdi. Ammo, bu marshrutning qiymati o’sha $2016, shundan kelib
chiqiladigan bo’lsa, Xelsinki-Myunxen-Rim-Jeneva oralig’ida foydalanilmagan
summani qaytarish …. $ ga teng.
Ayrim tariflar biletni qaytarilishiga yo’l qo’ymaydi, lekin tarif summasi boshqa
odatda, yuqoriroq (qimmatroq) bilet tarifi narxiga qo’shib hisoblanishi mumkin
(ko’pincha boshqa marshrut bo’yicha). Bu holda boshlang’ich bilet o’zida qandaydir
summa ekvivalentini saqlab turadi (bu summa hyech qachon qaytarilmaydi). Faqat
ba’zi shartlarga amal qilib, yangi bilet uchun to’lash mumkin. Turist bunday
operasiyalar imkoniyatlari bilan agentlikda qiziqib ko’rishi kerak.
201



Ko’pchilik aviakompaniyalar o’z yo’lovchilariga bitta shaharga uchib borish,


uchib ketishda esa boshqasidan uchishga ruxsat berishadi. Misol uchun, yo’lovchi
Kiyev-Franfurktga uchadi, keyin mashinada Berlinga boradi, qaytishda Berlin-
Kiyevda uchadi. Bunday bilet ba’zan qimmat, ba’zan esa odatdagidan arzonroq
bo’ladi. Bunday kombinasiya odatda geografik zonalar bilan cheklanadi (Yevropa,
Afrika, Lotin Amerikasi, AQSh va Kanada va h.k.).

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin