O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə110/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

Maxsus ovqatlanishga buyurtma. Avia bilet sotib olayotganda,
bronlashtirganda yo’lovchi aviakompaniyaning tegishli taklifiga ko’ra, bortda
ma’lum tip ovqatlanishga buyurtma berishi mumkin: go’dak uchun ovqat, bolalar
ovqati, vegetarian, dengiz taomlari, musulmonlar taomi, past kaloriyali, tuzsiz
taomlar va h.k. Ushbu ovqatlanish imkoniyatlari bortda mavjud bo’lsa,
aviakompaniya mijoz – turist buyurtmasini tasdiqlaydi.
Kalit so’zlar: bron, aviabilet, “O’zbekiston havo yo’llari”, reys, indeks, uchib
ketish, uchib kelish, majburiy qaytarish ixtiyoriy qaytarish.
Nazorat savollari:
1. Imtiyozli tarif nima? Uning turlari.
2. Turistning aviasion biletni qaytarib berish masalalari qanday hal etiladi?
3. Aviabiletdan qisman foydalanish nima?
209





14-mavzu. Diplomatik xizmatlar bilan aloqa shaxsiy xavfsizlik 
elementi sifatida
Reja:
14.1. Diplomatik yordam xususiyatlari
14.2. Viza muammolarini qanday yengib o’tish mumkin?
14.1. Diplomatik yordam xususiyatlari
Doimo yodda tutish kerak, chet elda har qanaqa safar ham ko’ngilli xotiralar
qoldiravermaydi. Talonchilik bosqinini oqibatida, pasportsiz, pulsiz qolish yoki chet
ellik sherikka aldanib qolish kifoya, ikkinchi marta vataningdan chetga chiqishni
hohlamaysan. Tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, bunday vaziyatga tushgan ko’pchilik
sobiq sovet fuqarolari chet elda ularga hyech kim yordam bermaydi deb o’ylaydilar.
Vaholanki, shunday muassasa bor, u qonunga ko’ra, o’z vatandoshlariga har qanday
yordam ko’rsatishga majbur – bu konsullik muassasadir.
Afsuski, hozircha O’zbekiston butun dunyo bo’ylab keng diplomatik tarmoqqa
ega emas. Lotin Amerikasi, Afrika, Avtraliya, shuningdek Yevropa, Osiyo ko’pchilik
mamlakatlarida O’zbekistonnni deyarli elchixonalari yo’q. Shunday ham bo’ladi,
bitta elchi bir necha mamlakatlarda o’z davlatining vakili hisoblanadi. Masalan,
O’zbekistonning Latviyadagi elchisi Estoniya va Litvada ham o’z funksiyasini
bajaradi. Ammo o’zbek xorijiy muassasalari bor davlatlarda ham chet elga jo’nab
ketayotgan vatandoshlarimiz ularning manzilini aniqlab olishni xayollariga
keltirmaydilar.
Shunday bo’lsada, chet el safari yoki sayohatiga otlanayotganda har bir kishi
oldindan borayotgan mamlakatlaridagi o’zbek konsullik muassasi manzili va telefon
raqamini bilib olsa yomon bo’lmaydi. Yana so’rab olish kerak, yo boshqa
shaharlardami. Misol uchun, Turkiyada o’zbek vakolatxonasi ham Anqarada, ham
210



Istambulda mavjud. Bunday ma’lumotlar safarda juda asqotadi. Misol uchun, chet


elda turistning pasportini o’g’irlab qo’yishadi yoki o’zi ehtiyotsizlik qilib yo’qotadi.
Mamlakatdan turistni ushbu shaxsini ko’rsatuvchi guvohnomasiz chiqarib
yuborishadi-kuya, lekin vataniga pasportsiz kiritmasligi aniq. Qo’lida hyech qanday
hujjati bo’lmagan turist vaziyat aniqlab olinguncha betaraf zonada o’tiradi.
Ma’lumki, bu bir necha kunlar davom etishi mumkin.
Agar turist shunday vaziyatga tushib qolsa, o’zbek konsulligiga murojaat
qilishi kerak. U yerda unga hujjat rasmiylashtiriladi va bu unga to’siqsiz vataniga
qaytish huquqini beradi. Bunday hujjat har qanday turistga berilishi mumkin, u
shaxsni O’zbekiston fuqarosi ekanligini tasdiqlaydi. Odatda, buning uchun surati bor
biror hujjatni yoki turist haqiqatan o’zbek turisti ekanligini guvohlovchi hujjat
ko’rsatish kifoya.
Ammo, kishida uning shaxsini isbotlovchi hyech qanaqa hujjat bo’lmasa ham
sarosimaga tushmaslik kerak. Vatanida qarindosh-urug’lari, birga ishlovchilar uni
O’zbekiston fuqarosi ekanligini tasdiqlashadi, unga qaytishga guvohnoma yozib
beriladi. Bu holda anqov sayohatchini faqat o’zbek chegarasida qattiqroq e’tibor bilan
tekshirishadi. Chunki ro’y bergan holat haqida, shunday hujjat rasmiylashtirilgani
to’g’risida diplomatlar chegarachilarga xabar qilishadi. Shu bois ehtimol siz
Rossiyaga kelishingiz bilan qattiq so’roqqa tutilishingiz mumkin lekin vijdoningiz
toza bo’lsa, oxir-oqibat sizni uyga qo’yib yuborishadi.
Vatanga qaytish guvohnomasi berishga chet eldagi barcha o’zbek konsullik
muassasalari vakolatli. Ammo pasportini yo’qotganlar unutmasliklari kerak,
qaytishga berilgan guvohnoma O’zbekistondan boshqa mamlakatlarga kirishga huquq
bermaydi. Ushbu hujjatga asosan uni istagan joydan qo’yib yuborishadi, lekin faqat
uyga qo’yib yuborishadi.
O’zbek konsulligi qayerda joylashgani haqida ma’lumot boshqa jiddiyroq
vaziyatlarda ham asqotishi mumkin. Agar, masalan, turist polisiyaga tushsa, u bu
haqda diplomatik vakolatxonaga xabar qilib, ahvolni tushintirishga haqli. Chunki,
turist o’zbek fuqarosi hisoblanadi, shuning uchun o’z mamlakati vakolatxonasiga
yordam so’rab murojaat qilishi, tarjimon va advokat so’rashi, maslahat olishi
211



mumkin, bular hammasi qonunda ko’zda tutilgan. Eng muhimi, elchixona unga


nisbatan inson haq-huquqlari buzilmasligini kuzatib borishga majbur.
Bilib qo’yish kerak, polisiyaning o’zi hamma vaqt ham konsullik bilan aloqa
qilishni xushlayvermaydi. To’g’ri, ular bunday paytda ushlangan chet ellik fuqaro
haqida konsullikka xabar berib qo’yishga majburdirlar, lekin bunga ko’pincha amal
qilishmaydi. Agar ish O’zbekiston degan davlat borligini bilmaydigan mamlakat
polisiyasida ko’rilayotgan bo’lsa, yana ham mushkul.
Elchixona manzili O’zbekiston fuqarosi chet elda ishga doir maqsadlarda
bo’lib, unga biznes bo’yicha hamkorlik taklif qilayotgan odamlarga ishonish
mumkinmi, yo’qmi, bilib olish zarurati paydo bo’lgan vaziyatda ham kerak bo’ladi.
Odatda, vakolatxonalarda (konsullik-savdo bo’limi yoki savdo vakolatxonasida)
O’zbekiston bilan hamkorlik qilayotgan ko’pchilik firmalar haqida ma’lumotlar
bo’ladi. Agar biznesmenga firma o’z xizmatini taklif etsa, lekin o’zbek diplomatlari
bu firma haqida ma’lumotga ega bo’lishmasa, ushbu mamlakatda axborot uchun
qayerga murojaat qilishni maslahat berishadi. Bundan tashqari, o’zbek turisti
vaqtincha bo’lgan mamlakatda qandaydir siyosiy to’ntarish, tabiiy ofat, epidemiya
ro’y bergan hollarda o’zbek konsulligi o’z fuqarosi taqdiri haqida qayg’urishga, zarur
bo’lganda vaqtincha qaytarib yuborish choralarini ko’rishga majbur. Lekin
unutmaslik kerak, ushbu mamlakatga kelgan zahoti turist konsulikda ro’yxatdan
o’tmasa, bunday tashvishli vaziyatlarda uni topishi va diplomatdan yordam olishi
mushkul bo’ladi. Shuning uchun, chet elga guruh bo’lib borayotganda emas, yakka
tartibda uzoq muddatga borilayotganda, har ehtimolga qarshi o’zbek konsulligida
ro’yxatdan o’tib qo’yish, manzil o’zgarganda konsullik xodimini xabardor qilib
qo’yish tavsiya etiladi.
Agar bizning konsulligimizda ro’yxatdan o’tib qo’yilsa, zarur bo’lganda IIV
muddati o’tgan pasportni muddatini uzaytirish, yangi pasport rasmiylashtirishga
yordam ham beriladi. Umid qilmaydigan yagona yordam –moliyaviy ko’mak
berilmaydi. Agar turistni tunab ketishga, u qo’lida pulsiz, dollarsiz qolsa, konsullik
pul so’rab murojaat qilishning foydasi yo’q. Konsullik tomonidan ajratilgan mablag’
shunchalik ozki, kulfatga uchragan fuqaroga baribir yetmaydi.
212






Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin