O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə31/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

Ikkinchidan, har bir mamlakat u yoki bu ko’cha kriminali hollariga
ixtisoslashadi. Polshada, misol uchun, cho’ntak kesarlardan ehtiyot bo’lish kerak,
yuksak professional darajada cho’ntakni qoqlab ketishadi. Ekspertlar yaxshisi katta
pul bilan magazinlarga bormaslikni maslahat berishadi. Praga bo’ylab sayohat
qilinganda esa xavfsizlik nuqtai nazaridan ruscha qattiq gapirmaslikni tayinlashadi.
Negaki, MDHdan turistlarni har qadamda sutkaning istalgan paytida talab ketishlari
mumkin (hatto besh yulduzli mehmonxona yonida ham). Yana deng, polisiyaning
aytishicha, o’zining yurtdosh talonchilari tunab ketisharkan. Ispaniyada sumkani
yulib olib qochishdan, statistika bo’yicha bu juda kam ro’y bersada, lekin bor. Nima
bo’lganda ham turist sumkada qimmatbaho buyumlarni, katta pulni saqlamagani
ma’qul.
Birlashgan Arab Amirliklarida esa, magazinda turistdan ortiqcha pul olishi
yoki sifatsiz tovarni qistirib yuborishi mumkin, lekin hamyonni hyech kim o’marib
ketmaydi. Negaki, bunday jinoyat uchun qo’lini kesib tashlashdan qatl qilishgacha
jazo qonuni bor. Kiprda ham cho’ntak kesarlardan ehtiyot bo’lish kerak. Avtriyada
xamyonni faqat Vena temiryo’l vokzalidagina o’marib ketishlari mumkin.
Shveysariyada ko’rgazma markazlari, yirik xalqaro ko’rgazmalar cho’ntak kesarlar
uchun qulay joylar hisoblanadi. Cho’ntak o’g’rilari mashhur mamlakatlarga Ispaniya,
Italiya, Tailand, Filippin ham kiradi. Ispaniya va Italiyada bundan tashqari, mashinani
buzib, ichini tintuvchilar ham kam emas. Ekspertlarni baholashlaricha, turistik
mavsum davomida Londonda o’g’rilar turistlarning cho’ntagidan 6 mln. funtga yaqin
pulni o’marib ketishadi. Parijda – 40 mln. frankni. Polisiya satistikasi bu raqamlarni
haddan tashqari kamaytirib ko’rsatadi. Negaki, ko’p hollarda turistlar pul bilan birga
pasport, qaytishga bilet o’g’irlangandagina polisiyaga murojaat qilishadi.
Umuman, Finlyandiyani hisobga olmaganda, turistlarga cho’ntak o’g’rilari
tahdid solmagan mamlakatlarning o’zi yo’q.
Uchinchidan, valyuta qayerda, qanday tarzda almashtirilishini oldindan bilib
qo’yish kerak, negaki, bu sohaga ixtisoslashgan jinoyatchi elementlar ham bor. Bilish
79



kerak, turli mamlakatlarda bank va almashtirish punktlari turli rejimda ishlaydi.


Misol uchun, Italiya va Ispaniyada ovqatlanayotgan paytda, Isroilda – shanba kuni,
Polshada va Fransiyada esa – yakshanba kuni ishlaydi. Turistlar pulni almashtirish
yo’llarini qidirib, ko’p hollarda kriminal to’riga ilinib qolishadi. Bu yerda
tovlamachilarning usullari ko’p va xilma-xil, lekin ikki usulga kombinasiyalashgan.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin