O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə32/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

Birinchi usulda, norasmiy almashtirishda taxlamga kam pul tiqishtirishadi,
mijozga pulni berib sanab ko’rishini so’raydi. Agar turist pulni kam berganligini
sezib qolsa, tovlamachi kupyuralarni qo’lidan oladida, norozi qarash bilan kamini
qo’shib, taxlamni ikkiga bo’lib, yana qaytarib beradi. Ko’z o’ngida pul uch marta
sanab ko’rilganday, hammasi joyida ekanday tuyuladi. Turist pulni olib ketadi, keyin
bilsa orasida pul emas, boshqa narsalar qo’shib berilgan bo’lib chiqadi. Sababi oddiy:
tovlamachi banknotlarni buklab, ikki bo’lib uzatganda almashtirib yuboradi. Eng
tajribali bunday tovlamachilar Polshada, Sharqiy Yevropa mamlakatlarida, Italiyada
uya qurishgan.
Ikkinchi usul, jinoyatchilar shovqin-suronli “bozor uyushtirishadi” va pulni
berayotganda mijozni chalg’itishadi. Bu kriminal muhitda eng qo’pol hodisa sanaladi,
lekin samaraliroq bo’ladi. Polsha, Ispaniya va Italiyada “bozor”da lo’lilar, nogironlar,
qashshoqlar ishtirok etishadi. Dehlining “Yashvan Pleys” mashhur bozorida
turistlarni juldirvoqi, chirigan latta-putta bilan hamma yog’ini bog’lab olgan bolalar
chalg’itishadi.
Keyingi paytlarda Parij va Niseda tovlamachilikning yangi turi – “valentinka”
deb ataladigani paydo bo’lgan. Tovlamachi MDHdan borgan turist bilan ko’chada
tanishadi va o’zining allaqachonki buvisi – bolsheviklardan qochgan knyaz ajdodi
haqida hikoya qiladi. Keyin ayni Valentino yoki Versachdagi model uyida ishlashini
qistirib qo’yadi. Yurtdoshiga juda katta chegirma (skidka) bilan xarid uyushtirishi
mumkinligini aytadi. Lekin bu sal qonunga xilofligini sha’ma qiladi. Uchrashuv
otelga tayinlanadi, turist haqiqatan arzon narxda qimmatbaho chiroyli buyumlar sotib
oladi. Tovlamachi ketgach, turistlar firmen paketlarni ochib ko’rsa, latta-putta
chiqadi.
80



Bunday ko’ngilsizliklardan xoli bo’lish va shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash


uchun qanday choralarni ko’rish kerak? Ekspertlar quyidagilarni tavsiya qilishadi:
- pulni shimning orqa cho’ntagiga solmaslik kerak, bundan tashqari, cho’ntak
kesarlarga beldagi yoki yelkadagi sumkadan, tashqi cho’ntakdan pulni o’marib ketish
oson. Pulni ichki cho’ntakdan bo’yinga osilgan xamyon sumkadan olib ketish
qiyinroq. Ilgari ham sayohatga chiqqan turistlar yaxshi bilishadi, xamyonni
ichkaridagi kiyimlarida cho’ntak qilib solib qo’yishadi. Xonimlar esa bundan ham
ehtiyot usullarini yaxshi bilishadi.
Turistlar pasport va qaytish biletlarini olib yurmasdan, mehmonxonada
qoldirganlari ma’qul. Bunda hujjatlarni nomerda qayergadir yashirib qo’yish shart
emas, seyfga yoki chemodonga solib qo’yilsa kifoya. Mehmonxona xizmatchisi
otelga tegishli narsalarni ko’zdan kechirishga, zarur bo’lganda xona
yig’ishtirilayotganda yashovchining buyumlarini u yoq, bu yoqqa olib qo’yishga
haqqi bor. Lekin begona chemodonni ochishga haqqi yo’q.
Eng mashhur tur ekspress – tolonchilik – bu sumka yoki videokamerani yulib
olib qochish. Bunday talonchilar bilan Italiyada va Lotin Amerikasi mamlakatlarida
to’qnash kelish juda oson. Shuning uchun ularni qayishini bo’yindan o’tkazib olib
yurish kerak. Odamlar govjum buyum bozorlarida anqayib yurgan turistning har
qanday cho’ntagidan pulini o’marib ketishlari mumkin. Ayniqsa, shilqimlardan
ehtiyot bo’lish kerak. Agar shilqim lo’li bo’lsa, oldiga gazeta o’ramini qo’yib o’tirgan
bo’lsa, ayniqsa xavfli. Gazeta ostida pichoq yoki gaz ballonchasi bo’lishi mumkin.
Bunday kishilarni ko’rgan zahoti, ularga yaqin bormaslik kerak. Ammo Rimda
istagan paytda sayr qilish mumkin, barcha ko’chalarda patrullar yuradi. Buyumlarga
faqat vokzal va avtobus bekatlarida ehtiyot bo’lish lozim.
Tailandda ko’chada mahalliy aholi nari tursin, yevropalik va amerikalik bilan
ham tanishish kerakmas. Yangi tanish ichimlikka uxlatadigan dori qo’shib berib,
so’ngra bemalol talab ketishi mumkin. Turk jinoyatchilari ham shunday usulni
qo’llashadi. Ko’cha jinoyatchiligi Gresiyada ham uchraydi: bu mamlakatda
Albaniyadan kelgan qochoq shilqimlar va sobiq SSSRlik yurtdoshlar – ruscha
so’zlashuvchi greklarga ham duch kelmagan ma’qul. Afina vokzali yoki Pirey portida
81



turistni “rus greki” ta’qib qilishi mumkin. Ular turli magazinlarni ko’rsatishni taklif


qilishadi. Hyech qachon rozi bo’lmaslik kerak. Gresiyada talonchiga qarshilik
ko’rsatmaslik kerak, aks holda kuch ishlatishdan toyishmaydi.
Turistlar esdan chiqarmasliklari zarur: chet ellikka qarshi avvalo pul yoki
qimmatbaho buyum uchun tajovuz qilishadi (ba’zan bunday qimmatbaho buyum
oddiy fotoapparat bo’lishi mumkin).
Ispaniyada ham motosiklchilar bor, lekin eng xatarli joy aeroport, bu yerda
kelib chiqishlari lotin amerikalik bo’lgan cho’ntak kesarlar to’dasi uya qurib
olishgan. Noz-karashma bilan qaragan qizlarga javob bermaslik tavsiya qilinadi, ular
ana shu to’daga ishlashadi. Fransiyada pulingizni shimning orqa cho’ntagiga aslo sola
ko’rmang. Sumkangizni esa, Jazoirdan kelib qolgan qora tanli piyoda negr
o’g’rilardan ehtiyot qiling. Turistlarni Germaniyaga safarga tayyorlayotgan
turoperatorlar ularga qattiq ovozda ruscha so’zlashmasliklarini aytib qo’yishlari
kerak. O’g’rilar odatda katta puli bor deb o’ylab chet elliklarni iziga tushadilar.
Nemislarning o’zlari esa kartochkadan foydalanishni ma’qul ko’rishadi. Shubhasiz,
MDHdan borib qolganlar bilan tasodifan tanishmaslik lozim, kechki paytda esa
vokzal atrofidagi maydonda, xiyobonlarda sayr qilmaslik, kelib chiqishi osiyolik
bo’lgan savdogarlardan tamaki mahsulotlari sotib olmaslik kerak – bu kontrabanda.
Bu tovarni sotib olganlik uchun yirik miqdorda jarima to’lashga to’g’ri keladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin