O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»


 “Havo bezorilari” bilan kurashning xorij tajribasi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə36/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

4.6. “Havo bezorilari” bilan kurashning xorij tajribasi.
Havo bezoriligi – bu havo kemasi bortida yo’lovchi turistning boshqa
yo’lovchilar, ekipaj a’zolari hayotiga, samolyotning o’ziga xavf tug’diruvchi
noqonuniy xulqidir. Turgan gap, bunday harakat bayrog’i ostida uchayotgan, shu
yerda ro’yxatdan o’tgan samolyot egasi bo’lgan mamlakatlar qonunlari bilan
qoralanadi va qattiq jazolanadi. Shu munosabat bilan ekipaj, shuningdek, samolyotni
kuzatib borayotgan huquq-tartibot organlari xodimlari (bundaylar 2001 yil 11
sentyabrdagi Nyu-Yorkdagi voqyealardan keyin ko’pgina xalqaro reyslarda paydo
bo’ldi) birorta buzg’unchilikni oqibatsiz qoldirishmaydi. Milliy qonunlar va xalqaro
konvensiyalar uchuvchilar va yer usti xizmatchilariga bortda xulqi bilan
buzg’unchilik qilishning oldini olish uchun alohida vakolatlar beradi.
88



Yo’lovchi uning hayoti, salomatligi va sha’niga xavf solinganida aviakorxona


xodimlariga murojaat etib, himoya qilishlarini talab etishga haqli. O’z navbatida u
havo kemasi eksipaji komandiri, talablarini so’zsiz bajarishi va boshqa xodimlarning
tavsiyalariga amal qilib, tartib-intizomga rioya qilishi lozim.
Xavfsizlik maqsadlarida odatda yo’lovchilarga samolyot bortida belgilangan
normadan ortiq o’zini nazorat qilaolmay qolish darajasida spirtli ichimlik ichish,
chekish taqiqlanadi. Xuddi shunday uchishga xavf tug’diruvchi vaziyat yaratish ham
mumkin emas. Xususan, elektron qurilmalar (kompyuter, yali telefon)dan samolyotni
burish, uchish, qo’nish chog’ida foydalanishga yo’l qo’yilmaydi (shunday voqyea
bo’lgan, uyali telefon signalini bort kompyuterlari avariya signali deb qabul qilib,
dvigatelning yong’in o’chirish sistemasi ishlab ketgan va layner “avariya” qo’nishga
majbur bo’lgan).
Turgan gap, tegishli ko’rsatmalarsiz aviakorxonaning avariya-qutqaruv
uskunalaridan foydalanish ularni buzib qo’yish ham mumkin emas.
Agar “havo bezorisi” tinchlanmasa, agar bunga sabab spirtli ichimlik bo’lsa,
ekipaj uni tortib olib qo’yadi. Zarur bo’lsa majburiy kuch ishlatiladi (ba’zan elektron
shoker qurilma, kishan). Buzg’unchi yaqin qo’nish punktida bortdan tushirib
yuboriladi. Agar uning aybi bilan majburiy qo’nishga to’g’ri kelgan bo’lsa, u
aviakompaniya va yo’lovchilarga yetkazilgan zararni to’lashga majbur.
Xalqaro qoidalar bo’yicha, “havo bezorisi” qo’nilgan mamlakat huquq-tartibot
organlari qo’liga topshiriladi. Ta’kidlab o’tish kerak, bunday harakat uchun qamoq
jazosi beriladi (ayrim mamlakatlarda 2 yilgacha) va pul jarimasi solinadi ($ 3
mingdan ko’proq). Bundan tashqari, mazkur yo’lovchi “Qora ro’yxat”ga tushadi va
ushbu aviakompaniya tomonidan unga boshqa xizmat ko’rsatilmaydi, agar tegishli
bitim bo’lsa, boshqa aviakompaniyalar ham uni yaqin yo’latishmaydi. Davlat
tomonidan chiqish uchun berilgan viza bekor qilinadi, o’sha buzg’unchi haqidagi
ma’lumotlar polisiyaning kompyuter ma’lumotlari bazasiga kiritiladi.
Bezorini jilovlash uchun juda ko’p usullar mavjud va shuning uchun turistlarni
oldindan ogohlantirib, qo’yish kerak. Agar bortda tartibuzarlik qilishsa, eng qat’iy
choralar ko’riladi. Misol uchun keyingi vaqtlarda styuardlar bortga elektroshok
89



qurilmasini olishmoqda. Bu qurilma bezorilik qilmoqchi bo’lgan odamni darhol


hovuridan tushirib qo’yadi. Uzoq masofaga parvoz chog’ida bortga huquq-tartibot
organlari xodimi olinadi (AQShda ularni “marshallar” deb atashadi). U kema
xavfsizligi uchun javob beradi, o’ldirmaydigan qurol ishlatishi mumkin, xususan,
plastik rezina o’q otuvchi to’pponchadan foydalanadi.
90-yillar oxiridan boshlab Buyuk Britaniyada “havo bezori”lari hodisalari 400
%ga ortdi, ya’ni avialaynerlar bortida majoralar shuncha foizga ko’paydi. Shu
munosabat bilan aviakompaniyalarga yo’lovchi – buzg’unchiga qarshi shafqatsiz
kurash imkonini beruvchi qonun joriy etildi. Ammo bundaylar faqat ochiqcha
bezorilargina emas. Samolyot bortida mast holda bo’lish, hojatxonada chekish,
parvoz chog’ida uyali telefondan foydalanish 5 ming ingliz funti (8 ming dollarga
yaqin) miqdorida jarimaga tortiladi. Kattaroq tartib buzarliklar uchun jarima miqdori
deyarli cheklanmagan, aybdorni ikki yilgacha qamoq jazosi ham kutishi mumkin.
Hokimiyatning ta’kidlashicha, agar yo’lovchining hatti-harakati samolyotga yoki
uning yo’lovchilariga jiddiy xavf tug’dirsa qamoq jazosi 5 yilgacha ko’paytirilishi
mumkin.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin