O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə37/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

Singapur. Bu davlat hukumati qonuni va tartibni buzgan har qanday
buzg’unchiga nisbatan o’ta shafqatsiz “havo bezori”siga esa yanada ayovsiz.
Masalan, Britaniya fuqarosi bo’lgan bir kimsa yo’lovchi mahalliy hokimiyat
tomonidan 12 oy qamoq jazosiga hukm qilingan va 660 dollar jarima to’lagan. U
mast holda styuardni urgan ekan. Hatta ayollarni ham ayab o’tirishmaydi:
Skandinaviya bir yashovchisi – ayol kishi Singapur polisiyasi tomonidan qamoqqa
olingan, u “British-Erueyz” aviakompaniyasi samolyoti bortida quturib ketib,
qo’shnisiga musht tushirgan, ekipaj a’zosiga hujum qilgan, yo’lovchilarni bo’ralab
haqorat qilgan ekan. Hammasidan ham Melburidan Singapurga uchib kelayotgan
Avstraliya fuqarosiniki oshib tushdi. U mast holda tinchlantirishmoqchi bo’lgan
ekipaj a’zolariga shunchalik quturib qarshilik ko’rsatdiki, endi qamoqda qotillikka
urinilgan suiqasdlikda ayblanib sud hukmini kutib o’tiribdi.
Amerika Qo’shma Shtatalari. AQSh transport kotibiyati (United States
Transportion Secretary) endi Qo’shma shtatlar bo’ylab barcha ichki va xalqaro
90



reyslarda 97 % “chekmaydiganlar” ekanini e’lon qildi. Ayni paytda ayrim


mutaxassislar yoppasiga samolyotda chekishni ta’qiqlash “havo bezorilari” holatini
keskin oshishiga sabab bo’ladi deb xavotir bildirishmoqda. Shuning uchun bir qator
aviakompaniyalar, misol uchun, Swissais va Virgen Atlantis endi o’z yo’lovchilariga
muqobil ko’rinishdagi saqichlarni yoki nikotinli plastirlarni taklif qilishayapti.
4.7. O’zbekiston Respublikasida xavfsizlikning 
ayrim masalalari
Xorijiy turistlarni qabul qilishga ishlovchi turistik firmalar junatilayotgan
tomonni, tashrif buyurayotganlarning o’zlarini ham O’zbekistondagi jinoyatchilik
vaziyatidan boxabar qilishlari zarur. Buning uchun esa shubhasiz, huquq-tartibot
organlari bilan mustahkam aloqada bo’lish talab etiladi. Respublikadagi vaziyat
hisobga olingan holda tur tashkilotchilarga qanday talablar qo’yiladi?
Eng avvalo, turistlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularni yashash
(joylashish) joyida uch kun ichida ro’yxatdan o’tkazish kerak. Xuddi shunday,
O’zbekistonga uyushmagan holda tashrif buyuruvchilar bilan bu amalga oshirilishi
lozim (misol uchun, xususiy taklif bilan kelganlar). Aks holda turistni jarima kutadi.
Jarimani milisiya xodimi ham, turist mamlakatdan jo’nab ketayotganda chegara
xizmati ham solishi mumkin.
Ikkinchidan, turistlar bank muassasalaridan tashqarida valyutani norasmiy
almashtirmasliklari haqida ogolantirilishi kerak. Aks holda, ko’ngilsizliklar bo’lishi,
aldanishlari va yana qonunni buzanligi uchun O’zbekiston Respublikasi Jinoyat
Kodeksining “Valyuta qiymatlarini noqonuniy sotib olganlik yoki sotganlik
to’g’risida”gi qonunining 117-moddasiga muvofiq javobgar bo’lishlari mumkin.
Mazkur moddada ta’kidlanadi: “Valyuta qiymatlarini noqonuniy sotish yoki sotib
olish minimal ish haqining 50 barovari miqdorida jarimaga tortiladi yoki 3 yil axloq
tuzatish ishlariga mahkum etiladi yoki 6 oygacha mol-mulki musodara qilinib, yoki
musodarasiz qamoq jazosi beriladi. Yirik miqdorda bo’lsa mol-mulki musodara
qilinib yoki musodarasiz 5 yilgacha jazolanadi. Qonun buzarlik guruh bo’lib, yoki
91



uning manfaati yo’lida sodir etilgan bo’lsa, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum


qilinadi, molk-mulk musodara etiladi”.
Shunga qaramasdan, MDH mamlakatlaridan tashrif buyurayotgan xususiy
shaxslarning 4/5 o’z valyutalarini “qora bozor”da almashtirayaptilar. Uzoq xorijdan
kelganlarning esa 2/5 shu ishga qo’l urishayatpi va bu bilan o’zlarini kriminal
elementlarga aldanishga, sud organlari tomonidan jazolanishga duchor qilishayapti.
Boshqa tomondan, milliy firmalarning o’zlariga valyuta – pul hisob-kitoblari
sohasida qonunga rioya etish, buxgalteriya hujjatlari hisobotlarini qat’iy tartibda
yuritish operasiyalarini amalga oshirish talab qilinadi.
Ayrim ekspert ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekistonda turfirmalarda
ishlayotganlar valyuta tushumlaridan 10 %gacha soliqdan yashirib qolayotirlar.
Bunday holda mazkur korxona rahbarlari 178-moddaga ko’ra, “O’zbekiston
Respublikasi vakolatli banklariga hisobga o’tkazilishi lozim bo’lgan xorijiy
valyutalarni qasddan yashirib qolganliklari uchun minimal ish haqining 50
barovaridan 100 boravarigacha miqdorda jarimaga tortiladilar. Yoki 3 yildan 5
yilgacha ma’lum huquqlardan mahrum etiladi. Yoki mol-mulki musodara qilinib,
yoki musodarasiz 3 yilga ozodlikdan mahrum qilinadilar. Agar bu qonunga xilof ish
guruhlar tomonidan, yoki ularning manfaati uchun qilingan bo’lsa, mol-mulki
musodara qilinib, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum bo’ladilar”.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin