O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»


 Jahonni turli mamlakatlarida bojxona nazorati



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə43/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

5.3. Jahonni turli mamlakatlarida bojxona nazorati 
tartib-qoidalari
Har bir mamlakat bojxonasi uning siyosiy qurilishi, milliy mentaliteti, ichki
milliy iqtisodiyoti ahvoli xususiyatlaridan kelib chiqib shakllanadi. Masalan, islom
davlatlarida shariat qoidalari har bir fuqaro uchun majburiy, xuddi shunday tashrif
buyuruvchilar uchun ham. Spirtli ichimliklar harom hisoblanadi. Demak, ularni olib
kirish ham taqiqlangan. Lekin giyohvand moddalar, o’q-dori, qurol-yarog’ga nisbatan
yondoshuv hamma mamlakatda bir xil. Shuning uchun turist borayotgan mamlakatda
davlatning hamma talablariga so’zsiz rioya qilishi zarur.
Bojxona nazorati sohasida ayrim mamlakatlardagi talablarni keltiramiz:
98





Chili. Qayta ishlanmagan meva va sabzavotlar, urug’lar, g’alla, chorva
mahsulotlari, o’qotar qurollar, o’q-dorilar, portlovchi moddalar, narkotiklar olib
kirish taqiqlangan. Ilgari foydalanilgan har qanday shaxsiy buyumlar, jumladan,
radio-televizor, videoapparatura, portativ elektr – hisoblash mashinasi, shuningdek
sigareta – 400 donagacha, tamaki – 500 gr, sigara – 50 tagacha, alkogol ichimlik –
2,5 l gacha poshlinasiz olib kirishga ruxsat etilgan. Shuningdek, aeroportdagi Duty-
free magazinidan notijoriy maqsadda 500 AQSh dollari miqdoridagi summaga
tovarlar sotib olishga ruxsat berilgan. Mamlakatga kirishda olib kelinayotgan uy
mebellari, oshxona idishlari, gazlama buyumlari (choyshablar), kartina va bezaklar,
yangi maishiy texnika, unga ehtiyot qismlar, tijorat maqsadida hamma tovarlar, yangi
tovarlarga deklarasiya to’ldirish talab qilinadi. Maxsus ruxsatsiz tarixiy-madaniy,
badiiy, xalq amaliy hunarmandchilik, arxitektura san’ati qimmatli noyob nusxalarini,
qurollarni, noyob hayvonot va o’simliklar namunalarini olib chiqib ketish taqiqlanadi.
Jun va teridan tayyorlangan buyumlar, taqinchoqlar, shaxsiy foydalanish
doirasida suvenirlar olib chiqib ketilishida sotib olingan magazin kvitansiyasi
ko’rsatilishi kerak. Valyutani olib kirish va olib chiqish cheklanmagan, lekin
deklarasiya to’ldirilishi shart.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin