O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə44/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

Janubiy Afrika respublikasi. Poshlinasiz olib chiqib ketish mumkin: kuchli
alkogoli ichimlikdan – 1 l, vino – 2 l., sigareta – 400 dona, sigara – 50 dona, sovg’a
va suvenirlar 500 JAR randigacha. Olib kirishda qurol-yarog’, qadimiy san’at
buyumlari bojxona ko’rigidan albatta o’tkazilishi shart. Agar olib kelinayotgan
buyumlar qiymati JAR 10000 randidan oshsa, umumiy summadan 20 % miqdorida
poshlina olinadi. Avtomat, jangovar qurollar, portlovchi moddalar, o’q-dori, narkotik
va narkotik preparatlarning har qanday shaklini olib kirish ta’qiqlanadi.
Argentina Respublikasi. Konservalanmagan oziq-ovqat mahsulotlarni olib
kelish ta’qiqlanadi, maxsus ruxsatsiz tarixiy, badiiy va arxeologik qimmatga ega
buyumlarni olib kelish mumkin emas. Poshlinasiz 200 dona sigaret (yoki 25 tagacha
sigar), spirtli ichimlik – 2 l, konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari – 5 kg gacha,
suvenir va sovg’alar (summasi 300 AQSh dollaridan oshmasligi kerak), shaxsiy
ehtiyoj doirasidagi narsalar olib kelishga ruxsat berilgan. Mazkur narsalarni
99



ko’rsatilgan miqdordan ortig’iga ularning qiymatini 50 % miqdorida poshlina olinadi.


Maxsus ruxsatsiz tarixiy, badiiy va arxeologik qimmatga ega narsalarni, shuningdek,
qurol, chiqarib ketish ta’qiqlangan. Jundan va teridan tayyorlangan buyumlar,
taqinchoqlar, suvenirlarni shaxsiy ehtiyoji doirasida olib ketishga ruxsat beriladi,
lekin ularni qaysi magazindan sotib olganligi haqidagi kvitansiya ko’rsatilishi kerak.
Mo’yna buyumlar chiqarib ketilayotganda eksport marka kvitansiyasi talab qilinadi.
Milliy va xorijiy valyutalarni olib kelish va chiqarib ketish cheklanmagan.
Misr Arab Respublikasi. Shaxsiy foydalaniladigan buyumlarni mamlakatga
olib kirish va mamlakatdan chiqarib ketishda bojxona deklarasiyasi talab qilinmaydi.
Audio-video va teleapparaturalarni deklarasiya qilish kerak. Islom ahloq normalariga
zid kinofilmlar, video yozuvlar, bosma nashrlar olib kirish ta’qiqlanadi, davlat
xavfsizligi va jamoat tartibiga ziyon yetkazishi mumkin.
Mamlakatdan 200 misr funtigacha summada tovar olib ketishga ruxsat beriladi.
20 yoshdan katta bo’lgan turistlar o’zlari bilan 1 l. spirtli ichimlik, 2 l – pivo, 15
yoshdan katta bo’lganlar 200 sigaret yoki 50 sigar olib kelishlari mumkin. Misrdan
qadimiy asari-antiqalarni olib chiqib ketish ta’qiqlangan.
Singapur. Narkotiklar, psixotrop preparatlar, petordlar, qurol ko’rinishidagi
zajigalkalar, o’yinchoq tanga va qog’oz pullar, pornografik adabiyotlar va
videokassetalar, go’sht va go’sht mahsulotlari olib kirish ta’qiqlangan. Mamlakatdan
qurol, portlovchi modda, hayvonlar, zaharlar, dorilar, qimmatbaho toshlar va
zargarlik buyumlari (shaxsiy ehtiyojdan ziyodi)ga ruxsat talab qilinadi. Xalqaro reys
bilan uchib ketayotgan yo’lovchilardan 12 USA miqdorida aerodrom yig’imi olinadi.
Hududdan tark etmagan tranzit yo’lovchilar va 2 yoshgacha bolalardan yig’im
olinmaydi. Bagaj olib ketish 20 kg gacha. Undan ortig’iga har bir kilosi uchun
bojxona nazoratida qo’shimcha haq to’lanadi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin