hayvonlarni olib kirish ta’qiqlanadi. Dori uchun esa uning zarurligini tasdiqlovchi
vrach resepti bo’lishi zarur. Aeroportda bagaj olingach, aravachaga yuklanib bojxona
nazoratiga olib boriladi. Aravachadan foydalanganlik uchun haq olinmaydi.
Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi. Isroilnikidan boshqa xorijiy va milliy valyuta
olib kirish cheklanmagan (deklarasiya albatta shart). Olib kelingan
valyutani olib
ketish cheklanmagan, milliy valyuta esa 300 dinardan oshmasligi kerak. Qurol,
narkotika olib kirish ta’qiqlangan. Spirtli ichimlik yoki sigaretaga cheklov mavjud.
Qadimiy buyumlarni olib ketishda sotuvchi bergan kvitansiya bo’lishi lozim.
Nepal Qirolligi. Barcha bagaj kirish punktida bojxona ko’rigidan o’tkaziladi.
Shaxsiy buyumlar poshlinasiz olib kiriladiyu olib kirilayotgan narsalar miqdori va
qimmatligiga qarab soliq undiriladi. Olib
kirilayotgan mini kompyuterlar, asdio-video
texnikalar deklarasiyalanadi. Tarixiy va badiiy qimmatga ega bo’lgan
narsalarni
mamlakatdan olib chiqib ketish uchun Arxeologiya departamentidan alohida maxsus
ruxsatnoma olish talab qilinadi. Alkogol va tamaki mahsulotlarini poshlinasiz olib
kirish cheklangan. Narkotiklar, qurol-yarog’ va o’q-dori olib kirish qat’iy
ta’qiqlangan.
Fidji. Milliy va chet el valyutasi olib kirish cheklanmagan. Milliy va chet el
valyutasini 5 ming Fidji dollaridan ziyod bo’lmagan miqdorda olib ketishga ruxsat
etilgan. Oziq-ovqat mahsulotlari olib kirish ta’qiqlangan.
Meva-sabzavot, yog’och
buyumlar, o’simlik va urug’lar ko’rikdan o’tkaziladi. Davlat tomonidan
qo’riqlanayotgan o’simlik
va hayvonlar, shuningdek teri, suyak,
qushlar pati,
chig’anoq, marjonlardan tayyorlangan buyumlar namunalarini tegishli
rasmiylashtiruvsiz olib chiqib ketish ta’qiqlangan.
Dostları ilə paylaş: