O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə48/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

Indoneziya. Chet el valyutasini olib kirish va olib ketish cheklanmagan. Milliy
valyuta esa 50 ming rupiyadan oshmasligi kerak (milliy valyuta deklarasiyalanishi
shart). Indoneziyaga kirishda dekalarasiya to’ldiriladi, uni mamlakatdan chiqib
ketishda bojxonaga taqdim etish uchun saqlab qo’yish kerak. Spirtli ichimlik va
tamaki olib kirish cheklangan. Har bir katta kishi o’zi bilan 1 l gacha spirtli ichimlik,
200 dona sigareta olib o’tishi mumkin. Televizorlar, radio, qurol, narkotik, portlovchi
moddalar, o’q-dori, pornografiya, xitoy tilidagi nashrlar, xitoy dorilari olib kirish
103



ta’qiqlangan. Noyob jonivorlar, qush va o’simliklar, qadimiy buyumlarni, Bali


orolidan yog’och o’ymakorligi buyumlarini olib chiqib ketish ta’qiqlangan.
Braziliya. Braziliyada ishlab chiqarilmagan video-kino-audio texnikalar olib
kirilsa soliq to’lanadi. Quyidagilardan bittadan olib kirilganda poshlina to’lanmaydi:
radiopryomnik, pleyer, videokamera, kompyuter xotirasiga ega ish bloknoti,
narkotika, o’q otar qurol, o’q-dori, medikamentlar, radioaktiv materiallar olib chiqib
ketish ta’qiqlanadi. Chet el valyutasi olib kirish cheklanmagan (deklarasiyalanadi).
Milliy valyuta cheklangan. Olib kirilgan chet el valyutasi olib chiqib ketilayotganda
mamlakatdagi harajatlari chiqarib tashlanadi, milliy valyutaga esa Braziliya MBning
lisenziyasi zarur. Mamlakatdan tegishli ko’p sonli idoralarning kalantinlarning
ruxsatsiz har qanday yovvoyi hayvonlarni olib chiqib ketish jinoyat hisoblanadi.
Hindu qabilalarga ibtidoiy Amazonka qushlari poylari, yaguar tirnoqlari,
boshqalardan an’anaviy taqinchoq-bezaklar yasashga ruxsat etiladi. Ammo
hindularga ularni chetga sotish uchun etnografiya muzeyidan, boshqa madaniyat
muassasalaridan ruxsatnoma, davlat maxsus lisenziyasi zarur bo’ladi.
Bolgariya. Konservalanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirish
ta’qiqlangan. Tarixiy, arxeologik va badiiy qimmatga ega buyum va narsalarni
maxsus ruxsatsiz olib chiqib ketish ta’qiqlangan. Anglashilmovchilik bo’lmasligi
uchun mamlakatga kirishda o’zingizda bo’lgan barcha qimmatli buyumlarni, foto-
kino, video apparatlar, portativ yozuv mashinkasi va boshqalarni deklarasiyada
ko’rsating. Chet elliklarga Bolgariyaga poshlinasiz 250 sigaret yoki 50 sigar, 1 l
o’tkir spirtli ichimlik, yoki 2 l vino, arzimas sovg’a va cheklanmagan miqdorda chet
el valyutasi olib kirishga ruxsat beriladi. Agar olib kirilayotgan valyuta umumiy
summasi (mahalliy yoki xorijiy) 5000 lv dan oshsa, uni bojxona deklarasiyasiga
kiritish zarur. Qimmatbaho buyumlar, videokameralar, kompyuterlar deklarasiya
qilinishi lozim. Mamlakatdan chiqib ketishda qimmatbaho buyumlar deklarasiyaga
kiritilishi zarur. Mahalliy valyuta (yoki uning xorijiy ekvivalenti) 5000 lv dan
oshmagan summada hujjatsiz olib ketilishi mumkin. 5000 dan 20000 lv gacha summa
deklarasiyaga kiritiladi.
104






Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin