- tibbiy xususiyat tug’diradi.
Sanitariya-biologik tahdid deganda, tabiat qishloq xo’jaligi muhitiga begona
biologik agressorlarni olib kirilishi, ularga qarshi mazkur joyda immunitet yo’qligi va
ishlab chiqarilmasligi tushuniladi.
Bu nozik ekologik sistemani (hatto turhun) ko’proq vayron qiluvchi dahshatli
manba hisoblanadi.
Unga qarshi hozircha biror chora yo’q. Tibbiy tahdid deganda
virusli epidemiya tarqalishi, lekin unga qarshi ko’p hollarda hali insoniyat profilaktik
va davolash choralarini ishlab chiqmagan hollar tushuniladi.
Transport vositalari va kommunikasiya taraqqiyoti tufayli insonni qisqa vaqt
ichida olis masofalarga sayohat qilish imkoniyati paydo bo’ldi. Buning uchun ozgina
kuch sarflanadi, xolos. Bir vaqtning o’zida inson o’zi istamagan holda yuqumli
kasalliklar, spora va viruslarni taraqatuvchiga aylandi. Ya’ni,
ilgari yashash joyi
cheklangan floralar va faunalarga endi tarqalish imkoni tug’ildi. Shuni aytish kerakki,
tirik organizmlar o’zining million yillik taraqqiyoti mobaynida yashash va o’z
ko’rinishini saqlab qolish qobiliyatiga muvaffaq bo’ldi. Bu genetik darajada
saqlangan (tabiiyki o’zgaruvchanlik va tanlash asosida).
Hayvonlar, o’simliklar, qo’ziqorinlar, bakteriyalar,
viruslar biologlarning
ta’kidlashicha, tabiatda ma’lum mavqyeini, ma’lum evolyusion oraliq davrni
egallaydi. Ayni paytda tabiiy to’siqlar, qaysikim geografik (joy relyefi, suv
kengliklari, tog’lar va boshqalar), iqlimiy (harorat, namlik, bosim), biologik (odatdagi
ovqat yo’qligi, tabiiy dushmanlar mavjudligi) kiradi. Shunday sharoit yaratadiki, bu
organizmlar o’z muhitni mustaqil ravishda tashlab ketisha olmaydi.
Yangi
territoriyalarni egallab, qisqa muddatda moslashib keta olsalarda, bunday imkon
yo’q.
Biologlar bilishadi, organizmlarning o’zi o’z turi
uchun iloji boricha katta
kengliklarni egallashga intilishadi va turli usullardan foydalanadi. Masalan, o’simlik,
shamol, suv, hashoratlar, hayvonlar, qushlar evaziga ko’chirishi mumkin. Biroq bu
barcha “transport” baland tog’ cho’qqilari, okeanlar, dengizlar to’siqlarini oshib
o’tishga qodir emas. Lekin tarixdan ma’lumki, tirik organizmlar ulkan masofalarni
bosib o’tib, boshqa territoriya ekologiyasi o’zgarishiga sabab bo’lgan. Aytaylik,
XV
122