O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə68/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

Uchinchni holatda, turist bilsa borayotgan mamlakatida qandaydir kasallik
tarqalgan bo’lsa yoki yuqish xavfi tahdid solayotgan bo’lsa, aytaylik, bezgak, u
emlanishi lozim. O’zbekistonda tibbiyot muassasalari shunday xizmat ko’rsatadi va
emlangani haqida xalqaro sertifikat beradi. Aytib o’tish kerak, Afrika yoki Lotin
Amerikasi davlatlari chegaralarida bojxona yoki chegara nazoratchilari shunday
hujjatni talab qilishlari mumkin.
U yerda nima bo’lmasin, lekin turfirma turistlarni oldindan ana shunday
tegishli chora-tadbirlardan o’tishi haqida qayg’urishi kerak. Buning uchun mamlakat
tibbiy xavfsizligini qayta tahlil etish va jamlama jadval tuzish kifoya (jadval
namunasi ilov qilinmoqda – 8.1). unga muvofiq zarur qarshi choralarni ko’rish
mumkin.
8.1-jadval
Tibbiy xavfsizlikni baholash namunaviy jadvali va N mamlakatda turistlarni himoya
qilish uchun choralar
Kasallik
Xavf-
lilik 
daraja-
si
Tarqalish 
manabi
Ehtiyot choralari
Sug’urtalash 
choralari
Bezgak
4,2
chivin-pashshalar
emlash,
repellentlardan
foydalanish
sug’urtalash,
sug’urtalovchi
va yaqindagi
klinika,
vrachlar aloqa
manzili
Gepatit
“A”
7,8
oziq-ovqat
mahsulotlari
yaxshi
ishlanmagan,
umumiy
ovqatlanish joylari
sanitariya ahvoli
yomon
ovqat tayyorlashda
sifat sertifikatini
talab qilish, emlash,
sanitariya-gigiyena
ahvolini yaxshilash
sug’urtalash
140



Dizenteriya


5,4
oziq-ovqat
mahsulotlari
yomon,
ishlanmagan
aptechkada dori
olish, tur yetakchini
xabardor qilish
sug’urtalash
Eslatma: ushbu mamlakatda (diplomatlar, turfirmalar, sug’urta kompaniyalari)
konsultasiyadan keyin o’n ballik o’rtacha arifmetik baho qo’yiladi va epidemiyaga
qarshi va tibbiy xizmatlarga sanitariya ahvoli haqida ma’lumot beriladi.
Boshqa mamlakatga sayohat chog’ida turistlarga yordam zarur bo’lib
qolganda, malakali vrachni qanday topish, qayerga murojaat qilishni tushuntirish
kerak. O’zining yo’l hujjatlarida kutilmagan tasodifiy hollarda kerak bo’ladigan
blanka bo’lishi ham foydadan holi emas. Unda sog’ligi haqida asosiy ma’lumotlar
ko’rsatiladi (qon gruppasi, allergik reaksiya ehtimollari, tibbiy muammolar va
tavsiyalar).
Aytish kerak, epidemiya turistik oqimlarga kuchli ta’sir qiladi. Misol uchun,
tipik bo’lmagan pnevmoniya epidemiyasi AQSh turizm industriyasiga navbatdagi
zarba bo’ldi, BMT Turizm idorasi prognozlari bo’yicha u turizm sohasida 5 mln dan
ziyodroq ish o’rinlarini qisqarishiga olib kelishi mumkin. Bundan ayniqsa Xitoy jabr
ko’rayotganiga qaramay (yo’qotish 7,6 mlrd dollarga baholanayatpi, taxminan bu 2,8
mln ishchi o’rni), Amerika ham oz muncha zarar ko’rmayapti. Ishbilarmonlik
sayohati jamoat tashkiloti koalisiyasi (Business Travel Coaletion) AQShning 500
yirik kompaniyalari o’rtasida so’rov o’tkazdi. Aniqlanishicha, ulardan 59 % o’z
xodimlarini jahonning tipik bo’lmagan pnevmoniya tarqalgan xavfli rayonlariga
safarlarini ta’qiqlagan.
Butunjahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti (World Health Organization)
ekspertlarning aviasayohat tipik bo’lmagan pnevmoniya tarqalgan joyda, unchalik
xavfli emasligini ta’kidlashlariga qaramay, safarlar baribir kamaymoqda (zamonaviy
avialaynerlar salonida alohida sirkulyasiya sistemasi mavjud. Har uch minutda xavo
filtrlanib, tozalanib turadi). Lekin baribir Amerika aviakompaniyalari reyslar sonini
qisqartirishga majbur bo’lishdi. Misol uchun American Airlines kompaniyasi 2003
141



yil may oyi boshidan xalqaro reyslarni 13 %ga kamaytirdi, Northwest Airlines – 12


%ga, United Airline – 8 %ga qisqartirdirlar.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin