O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə74/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

Nepal Qirolligi. Har qanday suvni mehmonxonadagi kraniki bo’ladimi,
tog’lardan oqayotgan shaffof tiniq suv bo’ladimi, iflos suv deb qarash kerak. Turist
152



ichish va tish tozalash uchun tozalangan va shishilarga quyilgan suvdan foydalanishi


zarur. Besh yulduzli mehmonxonalar, restoranlarda taklif etiladigan ichimlik suvi va
muz nisbatan xavfsizroq hisoblanishi mumkin. Shuningdek, taniqli brendlar
(ishbilarmon, tadbirkorlar) tomonidan ishlab chiqarilgan va shishalarda qadoqlangan
suvdan ichishga ruxsat beriladi. Spirtli ichimliklar, pivo va o’tkir likyorlar ham
shishalarda bo’lsa xavfsiz, lekin mahalliy ishlab chiqarilgan likyorlarni ichishni
tajriba qilib ko’rmagan ma’qul. Agar turist kun bo’yi davom etadigan sayohatga
chiqadigan bo’lsa, o’zi bilan tekshirilgan suv olishi kerak.
“Jand” yoki “Chang” degan nepal pivolarini ichish ham yetarli darajada xavfli.
Negaki ular qaynatilmagan suv va yuvilmagan ko’lda arpadan tayyorlanadi.
“Tongba” – bu qaynoq suvda tayyorlangan, qandaydir firmenli va mahalliy ichimlik
oralig’ida ishlab chiqiladi. Suv qaynatilgan bo’lsada, arpada infeksiya bo’lishi
mumkin.
Braziliya. Gepatit “V” infeksiyasi yuqishi xavfi yuqori. Ayniqsa jinsiy
aloqada, qon quyishda va h.k.larda. Gepatit “A” va “V”, bezgakka, sariq bezgakka
qarshi qayta vaksinalash tavsiya etiladi. Bundan tashqari, venerik kasalliklar darajasi
yuqori va agar turistni mahalliy fohishalar bilan tanishuvdan qaytarib bo’lmasa,
hyech bo’lmasa unga prizervativdan foydalanishni maslahat berish kerak.
Amazoniyada tropik kasalliklar ko’p. Shuning uchun repellentlarni qo’llash lozim.
Ekspertlarning aytishicha, vodoprovod suvini ichish mumkin emas. Turistda o’zi
bilan birga oftobdan himoya kremi olishi kerak.
Vyetnam. Krandan suv ichish maslahat berilmaydi, o’zi bilan shisha idishda
mineral suv olish zarur. Bu turist organizmini suvsizlanishdan saqlaydi. Yirik
shaharlarda va Saygon, Xanoy, Piya-Changa, Da-Nonga otellarida qo’rqmasdan
muzli ichimlik buyuraverish mumkin. Ular tegishli gigiyenik talablarga muvofiq
tayyorlangan. Qishloq joylarida muzli ichimlik buyurmaslik kerak, ular daryo
suvidan tayyorlangan bo’lishi mumkin.
Indoneziyaga tashrif buyurganda gepatit “A” va “V” ga, sariq bezgakka qarshi
vaksina olish lozim. Ichimlik suvni yaxshisi shishadagisini sotib olgan ma’qul.
153






Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin