O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə75/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

Kanar orollariga safar oldidan gepatit “A” ga qarshi qayta vaksinalashdan
o’tish tavsiya etilgan.
8.7. Jabrlanuvchiga yordam ko’rsatish va xavfsizlikka 
ayrim misollar
Birinchi yordam ko’rsatish sertifikatiga ega xodim mehmondorchilik
industriyasi korxonalarida alohida hurmatga sazovor kishi. Bu uning xavfli
vaziyatlarda o’zini tutish va bilimga ega malakali mutaxassis, cho’kayotgan yoki
nafasi bug’ilayotgan insonni xaloskori ekanligidan dalolat beradi. Sun’iy nafas
oldirish va birinchi yordamning boshqa usullarini bilish alohida qadrlanadi.
Har qanday vaziyatda mana nimalar qilish kerak:
- vaziyatni baholash va birinchi zarur yordam ko’rsatish;
- mutaxasisni yordamga chaqirish, unga ahvolni va koordinatalarini xabar
qilish;
- ko’ngilsizlik ro’y bergan joyda yana biror xavf-xatar qoldimi, yo’qmi, qarab
chiqish;
bunda shoshilinch yordam zarurati bo’lmasa, qurbon berilmaydimi.
Mehmondorchilik tajribali xodimi, ayniqsa birinchi yordam sertifikatiga ega
kishi juda ko’p odamlar hayotini qutqargan. Lekin maxsus bilimga ega bo’lmagan
kishi ham tahdid inson hayotiga xavf tug’dirganda xuddi shunday harakat qilishi
lozim. Chunki har qanday xavfli holatda inson ma’lum foyda keltirishi, keyin xavf
yana paydo bo’lmasligi uchun chora ko’rishi mumkin.
Misol uchun, suzish havzasida, ma’danli manbalarda, sauna va trenajyor
zallarda tashrif buyuruvchilar uchun xavf tug’ilishi mumkin. Ayniqsa kichik
mijozlarga yordam zarur bo’lib qoladi. Tashkilotga xlorlangan basseyn bilan bog’liq
bir qator arizalar tushgandan keyin noxushliklarga yo’l qo’ymaslik maqsadida yangi
tartiblar joriy etishga qaror qilindi. Bir majorada, masalan, basseynda havo
to’ldirilgan rezina o’yinchoqda go’dak suvdan ko’tarilayotgan xlor bug’lanishidan
zaharlangan. Yana bir go’dak lavkada unutib qoldirgan xlorkani o’ynab, jiddiy
154



kuygan. Yana ota-onalardan ikkita shikoyat olingan. Bolalari “tropik quloq” degan


kasallikni orttiribdi. Bunda o’rta quloq basseyndagi mikroblardan shamollabdi. Yangi
tartibda basseyn xavfsizligini ta’minlovchi kimyoviy moddalarni ehtiyot bo’lib
ishlatishni ko’zda tutadi. Suvdagi xlor va vodorod tarkibi muntazam test sinovlaridan
o’tkazilib turiladi. Basseynda o’ynayotgan bolalar kuzatuv ostida bo’lishadi.
Mehmondorchilik industriyasi ayrim yoshi katta xodimlari ularning ishida eng
muhim jihatlar mijozlar xavfsizligini ta’minlash ekanligini ta’kidlashadi.
Majora onda-sonda ro’y berishiga qaramay, korxona nufuzga katta ziyon
yetkazadi. Bu bobda biz xavfsizlikning asosiy masalalarini qarab chiqdik. Xavfsizlik
choralari va muhim yumushlari bilan tanishdik. Xizmat ko’rsatuvchi xodimlar har
qanday vaziyatda xavfni bartaraf etishga tayyor turishlari lozim. Ular juda diqqat
e’tiborli, xavfli vaziyat ro’y berganda uni bartaraf etish qobiliyatiga ega bo’lishlari
zarur.
Kalit so’zlar: havo kasalligi, dengiz kasalligi, turfirma, vaksinalash,
pashshalar, sug’urtalash, sertifikat, iqlim, og’riqni qoldiruvchi vositalar, tumov,
isitma, tibbiy xavfsizlik, birinchi yordam.
Nazorat savollari:
1. Tibbiy xavfsizlikning qaysi jihatlarini bilasiz?
2. Sug’urtaning qanday turlari mavjud?
3. Turistlar uchun davolanishning qo’l ostidagi vositalarini sanab bering.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin