turadi. Musulmonlar spirtli ichimlik ichishmaydi, lekin boshqalarni ichishiga e’tiroz
bildirishmaydi.
Chili Respublikasi. Rulga o’tirgan turist, haydovchi va yo’lovchilar
uchun
xavfsizlik kamari shart,
rulda chekish, telefonda so’zlashish, pleyer tinglash
ta’qiqlanadi. Chililik haydovchilar doimo mo’ljalini bildirish uchun chap qo’lini
qo’shimcha ko’rsatkich sifatida ishlatishadi: “hayda, o’t”, “to’xta”, “quvma” va h.k.
Yo’l harakati qoidalari buzilganda turistning haydovchilik
guvohnomasi olib
qo’yiladi va sudya bilan uchrashish belgilanadi. Haydovchilik guvohnomasi va
hujjatlar tez-tez tekshirib turiladi. Mast holda
mashinani boshqarish jiddiy
qonunbuzarlik hisoblanadi va yirik miqdorda jarimaga tortiladi,
hatto qamoqqa
olinishi mumkin.
Keniya. Bunday olganda Keniya bexavotir mamlakat, lekin turistlar bo’ysinishi
zarur bo’lgan bir necha qoidalar bor. Misol uchun, Saxroi Kabirda milliy parkda
yashash joyidan tashqariga qo’riqchilar kuzatuvisiz chiqish mumkin emas. Saxroi
Kabirning o’zida turistga mashinadan gidni ruxsatisiz chiqish ta’qiqlanadi. Keniyada,
boshqa ayrim Janubiy Afrika mamlakatlarida farqli ravishda yovvoyi hayvonlarni
ovlash man etilgan. Qonunbuzarni katta pul jarimasi yoki ozodlikdan mahrum etish
jazosi kutadi. Mahalliy aholini ularning ruxsatisiz va mustaqil suratga olish mumkin
emas (gidsiz), mahalliy aholi xonadoniga, ayniqsa masaylar kulbasiga kirishga ruxsat
berilmaydi. Mahalliy etnik urf-odatlarni bilmaslik, anglashilmovchilik yoki majoro
keltirib chiqarishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: