kamtarona kiyinish zarur, qattiq gapirmaslik, iflos qilmaslik, saqich chaynamaslik,
ichmaslik kerak.
Marokko. Ko’cha savdogarlari va “gid”lari xiraligiga xushmuomilalik
bilan
javob berish, lekin qat’iy rad etish kerak. Marokkoda yopishib olish chet ellik turist
uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Mehmonda
yalpizli ikkinchi, uchinchi piyola
choydan bosh tortmaslik lozim, bu takallufsizlik hisoblanadi. Bunda barcha
savollarga, hatto u nokamtarona bo’lsada javob berish kerak (maoshingiz qancha.,
kamera qancha turadi, rafiqangizning ismi nima?). – Marokkoda xushmuomilalik va
do’stona lutf ko’rinishi ana shunday. Bu bilan birga ko’chaga juda bashang kiyinib
chiqish tavsiya etilmaydi. Bu ayniqsa ayollarga ko’proq taalluqli.
Shri-Lanka. Mamlakatda kiyimga qat’iy talab yo’q.
Lekin ibodatxonalarga
yelkasi va orqasi ochiq kiyimda, shortikda tashrif buyurish odobdan emas. Yana
ibodatxonaga kirishda albatta, oyoq kiyimi yechib kiriladi.
Isroil davlati. Shanba – dam olish kuni. U
juma kuni quyosh botishdan
boshlanadi va ertasi kuni quyosh botguncha davom etadi. Barcha milliy bayramlar
ham shunday kiradi. Shanba kuni va bayramlarda barcha transportlar (taksilardan
boshqa) o’z ishini to’xtatadi. Yaxudiylar diniy qonunlariga ko’ra, cho’chqa, quyon
go’shti, qisqichbaqa va boshqa dengiz mahsulotlarini yeyish mumkin emas.
Isroilliklar o’tkir ichimliklarni kam ichishadi, asosan vino iste’mol qilinadi.
Dostları ilə paylaş: