yuqori qismda cho’milish kiyimisiz oftobda toblanish, diniy marosimlarda qattiq
so’zlashish, shuningdek, turistlar uchun tashkil qilingan marosimda
tanishtirilganingizda tez-tez chapak chalib turish mumkin emas.
Davlat
muassasalarida va maschitlarda kiyim tizzalarni yopib turishi zarur. Birovni bormoq
bilan ko’rsatish, uning boshiga teginish mumkin emas. Odamlar ko’z o’ngida
muloyimlik ko’rsatish, oyoqni chalishtirib o’tirish, oyoqni birov tomonga uzatib
o’tirish, siyosat haqida gapirish, baqirish va zarda qilishdan qochish kerak.
Italiya. Qiziqqon,
bosqinchi, dag’al, mulozamatligi Bilan ajralib turishadi.
Italiyaga qadimgi san’at va hunarmandchilik yurti sifatida qiziqishlarni juda
qadrlashadi. Bularga hurmat va bilimni namoyish etilishi g’oyat ko’ngilli taassurot
qoldiradi. O’tkir ichimlik kam ichiladi, hatto mashhur italyan grappasi ham o’z
vatanida katta faxrga sazovar emas. Voz kechilgan an’analarga ko’ra, italyanlar hatto
pivo ichishni ham ma’qullashmaydi,
odatda mahalliy vino ichishadi, usiz birorta
tushlik o’tmaydi. Uzundan uzoq qadoq so’zi aytish odat emas, “
chin-chin” deb
qo’yishadida, ichaverishadi. Italyan biznesmenlariga keladigan bo’lsak, ular
ishbilarmonlar davrasida nufuzga ega va jamiyatda o’zlariga
teng odamlar bilan
muzokaralar olib borishni xush ko’rishadi. Ishbilarmonlik munosabatlarini yo’lga
qo’yish uchun rasmi takliflar xatlari bilan almashinish kifoya. Ko’p hollarda, ishga
doir aloqalarni yo’lga qo’yishda vositachilar xizmatidan foydalaniladi va bu institut
kengayib bormoqda. Ishbilarmon doiralar uchun sheriklar bilan norasmiy
munosabatlar ham muhim rol o’ynaydi, shu jumladan,
xizmatdan tashqari vaqtda
ham.
Portugaliya. Jamoat joylariga intilib, angrayib yurish odat emas, so’zlashganda
oilaga, ayniqsa bolalarga taalluqli muammolarni muhokama qilmaslik lozim.
Turistlar mamlakatning tarixiy ulug’ligiga shubha bildirmasliklari zarur – portugallar
o’z o’tmishlari bilan haqli ravishda faxrlanishadi. Ayniqsa, bugungi kamtarona o’rni
bilan g’ururlanishadi. Bulardan tashqari, hyech qachon portugallarni ispanlar bilan
tenglashtirmaslik kerak. Ularni tillari, urf-odatlari, milliy madaniyati va xarakterlari
o’xshash bo’lsada, tenglashtirishni juda og’rinib qabul qilishadi.
171