O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə90/125
tarix26.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#135492
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   125
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org

Turist uchun alohida eslatma: xususiy vrach xizmatidan foydalanmaslik,
sug’urta kompaniyasi vakili bilan maslahatlashmasdan harakat qilmaslik (favqulodda
holatlardan tashqari, albatta). Gap shundaki, turist sug’urta kompaniyasi bilan
maslahatsiz ish qilsa, kompaniya ko’rsatilgan xizmat sifati uchun javob bermaydi va
hatto xarajatlarni qoplanishiga kafolat bermaydi. Agar turistda tibbiy xizmatlar narxi
oshirilib ko’rsatilganda ham servis markaz orqali to’lash imkoniyati bo’lsa-yu, u
bunga amal qilmasa, o’zi to’lashga majbur. Shuning uchun turist barcha moliyaviy
hujjatlarni albatta, saqlab qo’yishi (vrachdagi olgan hisob, dorilar uchun hisob,
telefonda so’zlashuvlar hisobi) va boshqalar, keyinchalik u sug’urta kompaniyasiga
taqdim etadi.
Sug’urta biznesi ham xuddi boshqalariday, sug’urta kompaniyasi olingan
daromad hisobiga yashaydi. Shuning uchun qoplanmaydigan xarajatlar ro’yxati
mavjud. Xususan, quyidagilar sug’urta holati hisoblanmaydi:

Qonunga zid harakatlar natijasida orttirilgan jarohat va kasallik yoki har
qanday mastlik (giyohvandlik, ichkilikbozlik, toksik).

Surunkali, ruhiy xastaliklar xuruji, o’z joniga qasd qilishga urinish.

Sanatoriyada davolanish xarajatlari.

Kosmetik va plastik jarrohlik operasiyalari.

Barcha stamatologik yordamlar, shoshilinch yordamdan tashqari (tish og’rib
qolganda va boshqalar).
Sug’urta kompaniyasi polisga shuningdek, boshqa bir qator cheklovlarni
qo’shishi mumkin. Shuning uchun sug’urta kompaniyasi har qanday tibbiy
xarajatlarni to’lar ekan, deb umid qilmaslik kerak. Ammo qolgan boshqa hamma
hollarda sug’urta beqiyos ko’makchi.
11.3. Turistning yuridik polisi – sug’urtaning yangi shakli
Sayohatchi dam olishga otlanar ekan, dasturni belgilab va turni sotib olar ekan,
kutilayotgan halovatdan hamisha yengil nafas olavermaydi. Xorijga borib dam
olayotgan yuzlab turistlar yildan yilga ko’ngilsiz vaziyatlarga tushib qolishayapti:
181



sifatsiz turistik xizmatlar bilan bog’liq holatlar, mehmonxonalarda joyni qayta


bronlashtirish, bo’lish programmasini o’zgartirilishi, ekskursiyalarni bekor qilinishi,
turfirmalarning turist bilan shartnomasi shartlarini buzilishi va boshqa buzilishlar
shular jumlasidandir. Turistik xizmatlar sohasida yozgi mavsumda an’anaviy
ravishda munisipial sudlarga jabrlanuvchi iste’molchilardan da’vo arizalari tushish
soni ayniqsa, ko’payadi. Bu qayg’uli statistika sababi nimada, bunday vaziyatlardan
qanday usullar bilan muhofazalanish mumkin?
Turistik paketlarni sotib olar ekan, har bir turist turfirma agenti, turoperator,
aviatashuvchi va boshqa turistik bozor ishtirokchilari bilan huquqiy munosabatga
kirishadi. Turistik xizmatlar ko’rsatish xususiyatlari ko’pgina shaxslarni
turfirmalarning joylashtirish, ovqatlantirish, sug’urtalash, ekskursiya xizmati
ko’rsatish, turistni tashish kabi majburiyatlarini bajarishga jalb etadi. Barcha
ishtirokchilar o’zaro harakatini kelishgan holda tashkil etish juda murakkab. Har
qanday bosqichda paydo bo’ladigan turli vaziyatlarda tur tarkibiga kiruvchi
xizmatlarda qisman yo butunlay uzilish bo’lishi mumkin. Oqibatda, bundan turist –
iste’molchiga moddiy va ma’naviy zarar yetadi.
Ko’ngilsizliklar haqida e’tiroz bildirish, tovon puli talab qilish, sud majoralari
ehtimoli – bularning bari dam olishni yaxshi o’tkazish usullari emas. Hyech kim
ko’ngilsizliklardan muhofaza qilingan emas, lekin undan kam tashvish va kam
chiqim bilan o’tishda, kam moddiy va ma’naviy zarar ko’rishda, ekspertlar yordam
beradi. Ayni holatda bu ishni turizmda amaliyot bilan shug’ullanayotgan yuristlar
bajarishadi. Shu maqsadda mutaxassislar tomonidan turistning yuridik polisi ishlab
chiqilgan. U e’tirozlar paydo bo’lganda, turistni muhofaza qiladi, tur firma bilan
murosasini yengillashtiradi, majorani sudsiz tartibda hal etishga ko’maklashadi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin