O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Internet do‘kon tuzilishning asosiy elementlar umumiy



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/213
tarix26.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#136048
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   213
Янги-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

Internet do‘kon tuzilishning asosiy elementlar umumiy 
tavsifi 
Har bir tashkilot uchun aniq vaziyat, talablarm ehtiyojlarni 
hisobga olgan holda Internet do‘kon web saytlari faoliyat turi, mav-
zusi, maqsadli auditoriya qarab tuzilishi farqlanishi mumkin.
Lekin bir qator jihatlarini inobatga olmasak onlayn do‘kon 
imkoniyatlarini to‘liq o‘rgainib bo‘lmaydi. Keling, ularni batafsil 
ko‘rib chiqaylik. 
Bosh sahifa
Bosh sahifa
 – bu tashrif buyuruvchilar uchun do‘konning qis-
qacha taqdimoti. Tuzilishning ushbu elementi tijorat resursining 
"yuzi"dir. Ushbu bo‘limda sayt mazmunini umumlashtiradi: tomo-
shabinlarga do‘kon haqida qisqacha ma’lumot beradi, taqdim 
etilgan mahsulotlarning bir qismini namoyish qilishadi, brendlar 
assortimentida mavjud mahsulotlar, qiziqarli reklama takliflari, 
ommabop pozitsiyalarni ko‘rishni tavsiya etadilar.
Katalog menyusi asosiy sahifada joylashgan . Agar katego-
riyalarni belgilasangiz, kategoriyalarning tarqalib ketgan tuzilishi 
paydo bo‘ladi.
Do‘kon mahsulotlari katalogi
Mahsulotlar katalogi 

 
do‘kon saytining asosiy tarkibiy 
qismi hisoblanadi. Unda foydalanuvchiga kerak bo‘lgan mahsulot 
taklifi to‘g‘risida ma’lumot beriladi. 
Mijozlarga qulaylik yaratish uchun u bir nechta samarali 
vositalardan foydalangan holda tuzilgan:

Kategoriyalar, qo‘yi kategoriyalar
. Ushbu elementlar aso-
siy menyuda ko‘rsatiladi. To‘g‘ri indekslashga erishish uchun 


167 
ularni ierarxik printsip bo‘yicha shakllantirish kerak. Tovarlar 
ma’lum bir xususiyatlar to‘plamiga ko‘ra taqsimlanadi – maqsad, 
tur, ishlab chiqaruvchi. Foydali xususiyat bu mahsulot sahifasiga 
qo‘shimcha 
o‘tishsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri kategoriya ichida 
mahsulotning asosiy xususiyatlarini namoyish qilishdir.

 
Mahsulotlar kartalari
. Bunday tarkibiy bo‘linma xaridorga 
mahsulotning to‘liq tavsifini beradi, uzoqdagi bitim formatining 
kamchiliklarini qoplaydi. U batafsil jihatlarini o‘z ichiga 
oladi, fotosuratlar, videokontent, taklif etilayotgan mahsulot haqi-
da foydali ma’lumotlar (narx, mavjudlik), buyurtma shakli, 
tegishli mahsulotlar ro‘yxati, fikr-mulohazalar bloki.

Filtrlar
. Ushbu komponent mijozga tor tanlovni amalga 
oshirgan holda, ko‘p sonli takliflar orasidan kerakli mahsulotni 
tezda topishga imkonini beradi. Dasturchi tomonidan oldindan 
o‘ylab chiqilgan va tanlangan mezonlarga asoslanib, vosita to-
varlarni saralab, ularni ma’lum ketma-ketlikda namoyish etadi.

Mahsulotlar savati
. Onlayn-do‘konning majburiy tarkibiy 
qismi, bir asosiy savdo vositasi tovar savatchani haridi hisobla-
nadi. Harid qilish jarayoni ushbu bo‘limda amalga oshiri-
ladi: mijozlar umumiy miqdorni ko‘rishadi, qo‘shilgan mollar 
ro‘yxatlarini tekshirish va tahrir qilish, to‘lovni amalga oshirish
uchun keyingi havolani ko‘rishadi. Savatga saytning istalgan 
joyidan kirish mumkin, buyurtmani tahrirlashga tezda qaytish 
uchun imkoniyat yaratiladi.

Xizmat sahifalari
. Xizmat sahifalari – bu xaridorga bu-
yurtma shartlari haqida ko‘proq ma’lumot olishga yordam beradi-
gan narsa: 
- to‘lov; 
- yetkazib berish; 
- kafolatlar; 
- savol-javoblar (FAQ); 
- kredit olish imkoniyati; 
- oflayn - do‘konlar ro‘yhati; 
- aloqalar. 


168 
Foydalanuvchi ko‘p hollarda hizmat bo‘limlarda mavjud 
ma’lumotlar asosida keying buyurtmani rasmiylashtirish uchun 
qaror qabul qiladi. 

Informatsion mazmunli sahifalari. Axborot sahifalarida po-
tentsial xaridor uchun foydali bo‘lgan tarkibiy qismlar mav-
jud. Ular mahsulot tanlashni aniqlashga, kompaniyaning ishi va 
uning faoliyat sohasiga oid eng so‘nggi yangiliklarni tanish-
tirishga, yangi mahsulotlarni ajratib ko‘rsatishga va mahsulotdan 
foydalanish bo‘yicha qimmatli tavsiyalar berishga yordam beradi.
Tarkib bo‘limlarida quyidagilar e’lon qilinadi: 
- sharhlar; 
- reytinglar; 
- maslahatlar bilan maqolalar; 
- video ekspert tavsiyalari
- yangiliklar tasmasi. 

Tijorat takliflari
. Resursga tashrif buyuruvchilarni qiziqtiri-
shi mumkin bo‘lgan yoqimli takliflar uchun qo‘shimcha bo‘lim qi-
lish tavsiya etiladi. Bu, ayniqsa, bir vaqtning o‘zida bir nechta 
aksiyalar o‘tkaziladigan yirik onlayn- do‘konlarga tegishli. 
Ushbu blokda mijozga mavjud tijorat takliflarining 
shartlarini o‘rganish uchun qulayroq bo‘ladi: 
- aksiyalar ; 
- savdo; 
- chegirmalar ; 
- arzon narxlar kunlari ; 
- bonus dasturlari; 
- narxlarni pasaytirishlar . 

Mijozning shaxsiy hisobi
. Qayd qilish imkoniga ega inter-
net- do‘konlarda yana bir tuzilmaviy qismi – xaridorning shaxsiy 
hisobi mavjud bo‘lishi kerak. Foydalanuvchi ma’lumotlarini 
ushbu joyda saqlaydi va quyidagi bo‘limlar mavjud:
- buyurtmaning batafsil tarixi; 
- Yig‘ilgan bonuslar, mavjud aksiyalar/chegirmalar to‘g‘-
risidagi ma’lumotlar ; 
- profilni sozlash funksiyalari; 


169 
Savdo jarayonini tashkil qilishda foydalaniladigan texno-
logiyalarning darajasiga va shunga mos ravishda bajariladigan 
funksiyalarga qarab ular quyidagicha ajratiladi: 

do‘kon peshtaxtasi; 

savdo Internet - tizimi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin