O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/213
tarix26.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#136048
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   213
Янги-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

"Buyurtma bo‘yicha" savdomodeli
Ushbu tizimda ishlayotgan Internet-do‘kon egasi mint-
aqadagi yoki qo‘shni hududdagi bir yetkazib beruvchilar bilan 
kelishadi va internet – do‘konda ularning mahsulotlarini taqdim 
etishi mumkin. Keyin o‘z internet-do‘konini reklama qiladi. 
Internet-do‘konda buyurtmani qayta ishlash uchun do‘kon 
egasi molni yetkazib beruvchidan sorib olib, o‘z omboriga olib 
kelib va mijoziga buyurtma qilinan molni yetkazadi. Tovarni 
olgandan so‘ng, mijoz uni to‘laydi. 
Bu modelning afzalligi internet-do‘konning egasi omborida 
tovarlar saqlab qolish kerak emas. Shunday qilib, xarajatlari 
kamayadi va molni yetkazib berish vaqti qisqaradi. 
 
 


172 
O‘z omborxonasi bo‘lgan model
Bu modelda Internet-do‘kon egasida mahsulotlari soti-
lidigan ombori bo‘ladi. Afzalligi shundaki, internet-do‘konning 
egasi xaridorlarga mollarni imkon qadar tezroq yetkazib beradi va 
yetkazib beruvchida tovarlarning mavjudligi bilan bog‘liq hech 
qanday cheklovlar bo‘lmaydi - internet-do‘kon egasi o‘z ombo-
rida nima saqlanishini aniq biladi . 
Aralash model
Yuqorida sanab o‘tilgan modellarining gibrid modeli 
hisoblanadi. 
 
2.6.3. Internet - auksion
Auksion (lotincha "auctio" dan - o‘sish) – ochiq tanlov 
savdolarida tovarlar va xizmatlarni sotish jarayonida ularning 
yakuniy narxlari belgilanadi. 
Virtual yoki tarmoq auktsionlarining xususiyati shundaki
ular Internetda kim oshdi savdosi tashkilotchisining saytida 
o‘rnatilgan maxsus dasturlardan foydalangan holda o‘tkaziladi. 
Internet auktsion (Onlayn kimoshdi savdosi) – bu Internetda 
auktsion hisoblanadi. Oddiy kim oshdi savdosidan farqli o‘laroq,
bunday kim oshdi savdosida masofadan turib web-sayt yoki kim 
oshdi kompyuter dasturi orqali takliflarni joylashtirish orqali 
qatnashish 
mumkin. Onlayn 
sotilgan 
tovarlarning 
narxi -
ishtirokchilarining talab asosida ochiq savdolar davomida belgila-
nadi. 
Kim oshdi savdosining mohiyati shundan iboratki, narsa kim 
oshdi savdosi egasiga tegishli emas, u xaridor va sotuvchi 
o‘rtasida vositachi hisoblanadi. 
E’lon taxtalardan, savdo maydonchalardan va internet-
do‘konlardan farqli o‘laroq, kim oshdi savdosida narxni xaridor 
emas, balki sotuvchi tomonidan belgilanadi. Sotuvchi Internet-
auksion qoydalarini belgilaydi. 
Onlayn - kim oshdi savdosida hamma narsa sotilishi mum-
kin: yer, oziq-ovqat va gullar, avtomobillar, qimmatli qog‘ozlar. 


173 
Onlayn- kim oshdi savdolari uzoq vaqt davomida (odatda 3-
10 kun) o‘tkaziladi. Sotuvchi oldindan Internet-kim oshdi savdo-
sini to‘gash vaqtini belgilaydi. Kim oshdi savdosi tugagandan 
so‘ng, xaridor tovarlar uchun pulni, sotuvchi esa tovarlarni xari-
dorga topshirishga majburdir.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin