182
SMS - billing xizmatlari
VAS - xizmatlar bozorida SMS - billing deb ataladigan xiz-
matlarni, ya’ni SMS orqali mijozlar bilan
hisob-kitob qilish xiz-
matlari taqdim etadigan kompaniyalar guruhi mavjud. SMS-xiz-
matlari o‘zi vositachilar. Ushbu xizmatlar faoliyatning turli so-
halarida keng tarqalgan.
Mobil kontentni sotish
. Foydalanuvchi mobil telefonlar
uchun maxsus optimallashtirilgan rasmlar,
audio fayllar, matnli
fayllar va boshqalarning ulkan ma’lumotlar bazalarini ko‘rishi
mumkin bo‘lgan ko‘plab saytlar mavjud (hajmi / sifatini pa-
saytirish orqali).
Bunday ma’lumotlar bazalari egalaridan foyda olishning
mashhur varianti bu fayllarni SMS evaziga sotish tiz-
imi. Foydalanuvchi ma’lum bir kodni o‘z
ichiga olgan SMS-xa-
barni yuboradi va javoban unga qiziqqan faylga havolani oladi.
Web-sayt kontentiga kirishni cheklash
. Eng keng tarqalgan
ishlash tartibi – bu saytga tashrif buyuruvchi o‘zi qiziqtirgan
ma’lumotni bepul ko‘rishi va uni to‘liq ko‘rish uchun SMS-xa-
barni yuborishi kerak. Bunday ma’lumotlar ko‘pincha
pullik
reklamalar, badiiy filmlar (Internetda ko‘rish uchun), har xil
testlar va munajjimlar bashorati bo‘lishi mumkin.
Turli hil ijtimoiy xizmatlarda raqamli ko‘rsatgichlar
ko‘payishi
. Bu turli xil ijtimoiy tarmoqlarda, tanishuv xizmatlari
yoki onlayn-o‘yinlarda "reyting"ni anglatadi. Bunday ko‘rsatkich-
lar, qoyda tariqasida, hech qanday mazmuni yuklamaydi va faqat
o‘z egalarining ahamiyatini his qilish ko‘rsatkichidir. Biroq,
amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab foydalanuvchilar "reytingini"
ko‘tarish uchun pul to‘lashga tayyor.
Bunday xizmatlarning kamdan-kam misoli ijtimoiy xiz-
matlardan foydalanuvchilarga qo‘shimcha
xizmatlarni taqdim et-
ish, masalan, fotosuratlar, fayllar yoki musiqa uchun qo‘shimcha
disk maydoni taqdim etish, boshqa foydalanuvchilar to‘g‘risidagi
kengaytirilgan ma’lumotlarga kirish, foydalanuvchilarga virtual
sovg‘alar berish imkoniyati va boshqalar.
183
Haqiqiy pulni turli xil
o‘yin tizimlarda virtualga
o‘tkazish
. Koplab onlayn-o‘yinlarda ichki o‘yin valyutasi mavjud
bo‘ladi va ularni turli maxsus yo‘llar bilan ishlatish mumkin.
Qoida tariqasida, ushbu pulni haqiqiy pulni sarf qilmasdan
olish usullari mavjud, ammo o‘yinchining xohishi o‘yin
dunyosi
tomonidan qo‘yilgan imkoniyatlardan oshib ketganda, u
ko‘pincha o‘yin dunyosida o‘z istaklarini ro‘yobga chiqarish
uchun real pul sarflashga tayyor bo‘ladi . Bunday tizimlarda oda-
tiy qoida bu teskari operatsiyani bajarishning mumkin emasligi -
virtual pulni haqiqiy pulga aylantirish.
Dostları ilə paylaş: