O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Uyali aloqaning qo‘shimcha ovozsiz imkoniyatlarga



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/213
tarix26.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#136048
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   213
Янги-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

Uyali aloqaning qo‘shimcha ovozsiz imkoniyatlarga 
asoslangan xizmatlar
Uyali aloqaning ovozsiz imkoniyatlari – bu uyali telefon 
foydalanuvchisi manzilini aniqlash, mobil telefondan elektron 
chipta sifatida foydalanish, oqimli translyatsiyalar, onlayn radiou-
zatishlar va hk. 
Bunday xizmatlarning odatiy namunalarini keltiramiz. 
Sayohat uchun to‘lash va telefonni elektron chipta sifatida 
ishlatish 
. Ushbu xizmat NFC (Near Field Communication) 
texnologiyasining ommalashib borishiga asoslanadi. 
NFC texnologiya o‘rnatilgan mobil telefonlardan metro, 
avtobus va boshqa jamoat transportida sayohat uchun to‘lashda 
foyadalanish mumkin. 
Mobil telefonning foydalanuvchiga uning joylashgan joyi 
haqida batafsil ma’lumotni taqdim etish

Ushbu xizmatlar, shuningdek, LBS (Location - based ser-
vice) nomi bilan tanish, joyga asoslangan xizmat sifatida tarjima 
qilinadi. 
Joylashuv texnologiyalariga asoslanib, oxirgi foydalanuvch-
iga pul undiriladigan bir qator mobil savdo xizmatlari mavjud. 
Do‘st yoki bolani topish.
Ushbu xizmat oldingisiga o‘xshaydi, faqat bitta ahamiyatli 
bitta jihati bilan farqlanadi. Foydalanuvchi uning joylashgan joy-
ini aniqlamaydi, lekin do‘stingiz, tanishingiz yoki bolangizning 
joylashishini aniqlaydi. Foydalanuvchi maxsus so‘rov yuborib, 


184 
qaysi mamlakatda, qaysi shaharda va hattoki qaysi ko‘chada 
ma’lum mobil telefonga ega odam borligini aniqlay oladi. 
Qutqaruv xizmatlari tomonidan joylashuvni aniqlash
Odamning manzilini mobil telefoni orqali aniqlash xizmati 
hattoki shaxs manzil xizmatlarini ko‘rsatish uchun biron bir xiz-
matga obuna bo‘lmagan taqdirda ham, qutqaruv xizmatlari 
tomonidan ishlatilishi mumkin. Qutqaruvchilar uchun odamning 
joylashishini aniqlash juda zarur va hatto odamning hayotini 
saqlab qolish uchun juda ko‘p holatlar mavjud bo‘ladi. 
Mobil telefon yaqinida zarur narsalarning mavjudligini 
aniqlash.
Ushbu xizmat abonent joylashgan joyga eng yaqin bo‘lgan 
obyektlarning manzillari va telefon raqamlari va obunachilarni 
qiziqtiradigan toifalar to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyatini be-
radi, masalan, restoran, valyuta ayirboshlash shaxobchasi. 
Oqimli translyatsiya va onlayn radiouazatishlar
Ushbu xizmatlar zamonaviy uyali tarmoqlarning yuqori 
tezlikdagi kanallar orqali ovozsiz ma’lumotlarni uzatish imkoni-
yatlariga asoslangan. Xizmatlar 3G –va undan yuqori tarmoqlarga 
asoslangan bo‘ladi. Mobil 
telefonlardan 
radiostansiyalarni 
tinglash va televizion dasturlarni tomosha qilish uchun to‘liq 
qurilmalar sifatida foydalanish mumkin. Ehtimol, video tasvirlarni 
kuzatuv kameralaridan mobil telefonlarga o‘tkazishga asoslangan 
bir qator xizmatlarning paydo bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin