O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


 O‘z-o‘zini tekshirish savollari



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/213
tarix26.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#136048
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   213
Янги-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

 

O‘z-o‘zini tekshirish savollari 
 
1.
Internet-marketing qachon paydo bo‘lgan va kelib chiqish 
sabablari nimalardan iborat? 
2.
Internet-marketing tushunchasini ochib bering. 
3.
Internet-marketingning ob’ekti va predmeti nima? 
4.
Internet-marketingning asosiy majmualarining ma’nosi. 
5.
Konvergensiya jarayoni nimadan iborat? 
6.
Internet-marketingning 
xususiyatlari va afzalliklarini 
aniqlang. 
7.
Ommaviy marketing va yakkama-yakka marketingni qiyo-
siy tavsiflab bering. 
 
3.2. Internet-marketing strategiyasi 
3.2.1. Marketing tadqiqotlari - turlari va usullari 
Marketing faoliyati samaradorligini tahlil qilish, re-
jalashtirish, amalga oshirish va monitoring qilish jarayonida atro-
fdagi marketing muhiti va korxonaning ichki muhiti to‘g‘risida 
turli xil ma’lumotlar talab etiladi. 


202 
Marketing tadqiqoti – bu marketing faoliyatining turli 
jabhalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam ravishda to‘plash, 
tahlil qilish va namoyish qilish bilan bog‘liq faoliyat. 
Marketing tadqiqoti – bu axborot orqali korxonani bozorlar, 
iste’molchilar, raqobatchilar, tashqi marketing muhitining barcha 
elementlari bilan bog‘laydigan funktsiya. 
Zamonaviy, foydali va to‘liq ma’lumot kompaniyaga 
quyidagi imkoniyatlarni beradi: 

moliyaviy xavf va korxona obro‘siga putur yetkazadigan 
xavfni kamaytirish; 

raqobatdosh ustunliklarga ega bo‘lish; 

marketing muhitini kuzatib borish; 

strategiyani muvofiqlashtirish; 

ish faoliyatini baholash; 

menejerlarning sezgilarini kuchaytirish. 
Kompaniya marketing tadqiqotlarini mustaqil ravishda yoki 
marketing bo‘limi yoki ihtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan 
olib boradi. 
Marketing tadqiqotlarining odatiy turlari: 

Market bozor xususiyatlarini o‘rganish; 

Market bozorning imkoniyatlarini o‘lchash; 

Korxonalarning bozordagi ulushlarni o‘rtasida taqsimlan-
ishini tahlil qilish; 

Savdo tahlili; 

Tadbirkorlik faoliyati tendentsiyalarini o‘rganish; 

Raqobatchilarning mahsulotlarini o‘rganish; 

Yangi mahsulotga va uning hajmiga bo‘lgan munosabatni 
o‘rganish; 

Talab va narxlarni uzoq muddatli bashoratlash; 

Raqobatchilarning narx siyosatini o‘rganish va boshqalar. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin