230
Marketing vositasi sifatida xizmatning asosiy vazifalari mi-
jozlarni
jalb qilish, mahsulot sotishni qo‘llab-quvvatlash va
rivojlantirish, mijozlarni xabardor qilish hisoblanadi. Xizmat
ko‘rsatish tufayli kompaniya mijozlar bilan qulay ishonchli
munosabatlarni yaratadi va samarali tijorat aloqalarini davom et-
tirish uchun asos yaratadi.
Xizmatlar tovarlarni
sotib olishdan oldin ham, keyin ham
ko‘rsatilishi mumkin. Tovarlarni sotib olgandan so‘ng, ishlab
chiqaruvchi yoki sotgan kompaniya sotishdan keyingi xizmatni
amalga
oshiradi - yetkazib berish, o‘rnatish, monitoring, texnik
yordam va hk.
Xizmat ko‘rsatish va mijozlarni qo‘llab-quvvatlash Internet
yordamida quyidagi toifalarda kengaytirilishi mumkin:
qo‘shimcha ommaviy axborot - firmalar iste’molchilar
uchun katta miqdordagi ma’lumotlarni
Internetga joylashtira
oladilar. Bu, ayniqsa, kompyuter texnologiyalari kabi yuqori
texnologiyali mahsulotlar uchun to‘g‘ri keladi. Agar server yaxshi
ishlab chiqilgan va qidiruv funksiyalariga ega bo‘lsa, iste’mol-
chilar kerakli ma’lumotlarni osongina topishlari mumkin.
"tez-tez so‘raladigan savollar" – bunday ma’lumotlarni
taqdim etish nafaqat mavjud, balki potentsial iste’molchilar uchun
ham, ushbu kompaniyada xarid qilish zarurligiga ishontirish
uchun muhimdir;
Qayta aloqa qo‘shimcha mexanizmi – Internet iste’mol-
chilar bilan samarali muloqotlarni tashkil qilish uchun ishlatilishi
mumkin, bu ularning kompaniyalar bilan o‘zaro
munosabatlari
imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Sotuvchilarni
mijozlarning talablariga mos ravishda qo‘llab-quvvatlashlari katta
ahamiyatga ega. Fikr-mulohazani tashkil qilish vositalari elektron
pochta, konferensiyalar va kompaniyaning veb-saytida to‘ldirish
uchun shakllar bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: