257
chiqmasligi uchun tanlanadi. [ ] operatori argumentdan kichik
bo‘lgan eng katta butun sonni qaytaradi.
O‘z-o‘zini tekshirish savollari
1.
Kriptografiyaning asosiy vazifasi nimada?
2.
Xesh funksiyasi nima?
3.
Xesh funksiyasi yordamida
nimani amalga oshirish
mumkin?
4.
Xeshlash nima deyiladi?
5.
Xeshning natijasi nima?
6.
Xesh funksiyasining asosiy xususiyatlari nimada?
7.
Kriptografik xesh funksiyalarining xususiyatlari qanday?
8.
Xesh funksiyalari qayerda ishlatiladi?
9.
Xesh funksiyalaridan foydalanishning qanday afzalliklari
bor?
10.
Mashhur xesh algoritmlari va ularning xususiyatlari
nimada?
11.
Xesh funksiyalarini qurishning qaysi usullarini bilasiz?
Nima ular?
4.2. Tranzaksiyalar
Blokcheyin va kriptovalyuta
texnologiyasini tushunish
uchun, yana bir muhim tushuncha – bu
tranzaksiya
.
Tranzaktsiya (ing. transaction - kelishuv, shartnoma).
[14] da tranzaksiyaning bunday ta’rifi berilgan – bu
mantiqiy mazmunli operatsiya bo‘lib, to‘liq bajarilgandagina
ma’noga ega bo‘ladi.
Tranzaksiya
deganda bitim tuzish
yoki shartnoma tuzish
jarayoni tushunilishi kerak. Eng muhimi shundaki, tranzaksiyani
yarim yoki chorakda bajarish mumkin emas. Tranzaksiyaning
faqat ikkita holati mavjud –
bajarilgan
yoki
bajarilmagan
. Aslida,
bu qancha vaqt va qancha bosqichdan iborat bo‘lishidan qat’i
nazar, mantiqiy yakunlangan operatsiya.
258
Transaksiyalarga misol ko‘rib chiqamiz –
bitta hisob
varaqdan boshqa hisob varaqqa pul mablag‘larni ko‘chirish:
1.
Transaksiyani boshlash;
2.
1234 hisob raqamidagi pul mablag‘larning
miqdorini
aniqlab olish;
3.
1234 hisob raqamidagi balansni 500 000 so‘mga
kamaytirish;
4.
1234 hisob raqamdagi balansni saqlash;
5.
4321 hisob raqamdagi pul mablag‘larning miqdorini
aniqlsh;
6.
Balansni 500 000 so‘mga oshirish;
7.
4321 hisob raqamdagi pul mablag‘larning yangi miqdorini
yozi bqo‘yish;
8.
Transaktsiyani saqlash.
Misoldan ko‘rinib turibdiki, agar tranzaktiya to‘liq bajarilgan
bo‘lmasa, demak, uma’noga ega emas.
Tranzaksiyani tamom bo‘lishning ikkita varianti mavjud
(4.2.1-rasm.). Agar barcha operatorlar muvaffaqiyatli bo‘lsa va
operatsiya davomida biron bir dasturiy ta’minot yoki uskunada
nosozliklar
yuzaga kelmasa, operatsiya amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: