266
Tengdosh tarmog‘i
- ham "peer-to-peer" (P2P) tarmog‘i deb
ataladi, bu unga birlashtirilgan barcha kompyuterlar bir xil
huquqlarga ega va asosiy (markaziy boshqarish) server yo‘q.
Tengdoshtarmoq tugunlarining har bir tugunlari blok-
cheynning to‘liq, yangilangan versiyasini saqlaydi. Har safar
yangi blok qo‘shilganda, barcha tugunlar blokcheynni yangilaydi.
Tengdoshlar tarmog‘idan foydalanish ma’lum afzalliklarga ega:
har doim dastur qidiruvchisi (
blockchain Explorer)
yordamida blokcheyn holatini tekshirishingiz mumkin;
blokcheynning haqiqiy holatini bilish uchun faqat bitta
tomonga ishonish shart emas;
blokcheyn himoyalanganligini bilish uchun bitta serverning
xavfsizligiga ishonishning hojati yo‘q;
tajovuzkor bir vaqtning o‘zida bitta serverni emas, balki
minglab kompyuterlarni buzishga majbur bo‘ladi;
blokcheyn hech qachon yo‘qolib ketishiga doim ishonch
bor, chunki buning uchun uni barcha tugunlar yo‘q qilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: