O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/213
tarix26.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#136048
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   213
Янги-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

Amaliy raqamli platformasi
Ushbu turdagi platforma doirasida qiymatlar almashuvi iqti-
sodiyotning ushbu sektorida ma’lum ishlab chiqarish resurslari 
yoki tovarlar / xizmatlarni yetkazib beruvchilar va iste’molchilar 
o‘rtasida amalga oshiriladi. Amaliy platformasining ahamiyati 
algoritmlash va oshkoraligini oshirish hisobiga almashish imkoni-
yatini ta’minlash va uni amalga oshirish tartibini osonlashtirishdan 
iborat. 
Ilova platformalaridan foydalanishiqtisodiyotdagi tranzakt-
sion xarajatlarni kamaytiradi, chunki iste’molchilargaishlab chiqa-
rish manbalari yoki tovarlar/xizmatlar haqida ma’lumot olishim-
koniyatini beradi, shuningdek, yetkazib beruvchilar va iste’mol-
chilar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi . Bundan tashqari, 
amaliy platforma – bu «bog‘lovchi bo‘g‘in» bo‘lib, ularsiz 
iste’molchilar va yetkazib beruvchilarbir-birlarini topolmaydilar 


30 
(yoki nisbatan yuqori vaqt va moliyaviy xarajatlarni hisobga olgan 
holda), shuningdek, yetkazib beruvchilar va iste’molchilar 
o‘rtasidagi hisob-kitoblarni soddalashtirish mexanizmi . 
Platformali biznes modelining tamoyillari ko‘plab o‘sib 
borayotgan kompaniyalarning asosidir. Raqamli platformalarning 
eng yorqin namunalari: 
Googlening internet - reklama platformasi (bir nechta 
reklama beruvchilarning Google qidiruv xizmatining ko‘plab 
foydalanuvchilari biulan aloqada bo‘lishi), Uber taksi xizmati 
platformasi (ko‘plab yo‘lovchilarga ko‘plab tashuvchilarni bilan 
aloqada bo‘lish), Apple kompaniyaning iOS operatsion tizimi 
uchun "ilova do‘koni" (yetkazib beruvchilarning Apple mobil 
qurilmalari foydalanuvchilari bilan aloqada bo‘lishi). 
Platformali biznes modelini shakllanishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
iqtisodiyotning turli sohalariga axborot-kommunikatsiya texno-
logiyalarini (AKT) faol kirib borishi bilan bog‘liq. 
Aynan AKT tufayli ko‘p sonli iste’molchilar uchun turli xil 
ishlab chiqarish manbalari yoki tovarlar / xizmatlarning "ko‘rini-
shini" ta’minlash, shuningdek, real vaqt rejimida yetkazib beruv-
chilar va iste’molchilar o‘rtasida hisob-kitoblarni amalga oshirish 
uchun texnik imkoniyat paydo bo‘ldi . 
Amaliy raqamliplatformasi bilan bog‘liq munosabatlarn-
ing 
asosiy ishtirokchilari – 
bu ma’lum bir tarmoq bozor-
ida yetkazib beruvchilari va iste’molchilari, shuningdek, platforma 
operatori hisoblanadi. 
Amaliy raqamli platforma asosida amalga oshiriladigan 
aso-
siy faoliyat
deganda yetkazib beruvchilar va iste’molchilar 
o‘rtasida qiymatlarni almashuvi tushuniladi. 
Faoliyatning asosiy foyda oluvchisi 
– mahsulotning/ xiz-
matning yoki iqtisodiyotning ma’lum bir sektorida Ishlab chiqa-
rish manbasiga kirish, undan past narxlardagi va raqobatbar-
dosh narxda xarid qilinadigan iste’molchi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin