O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh., 2018-yil 3-iyul, PQ-3832-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y.,
07/18/3832/1452-son)
346
Ilova 4
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
“RAQAMLI ISHONCH” RAQAMLI IQTISODIYOTNI
RIVOJLANTIRISHNI QO‘LLAB-QUVVATLASH
JAMG‘ARMASINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning eng ustuvor yo‘na-
lishlarida investitsiyaviy, moliyaviy va boshqa resurslarni
birlashtirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-3832-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha
boshqaruvi milliy agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb
yuritiladi) davlat muassasasi shaklidagi “Raqamli ishonch”
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘ar-
masini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etish to‘g‘ri-
sidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib belgi-
lansin:
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi, shu jumladan
“blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq loyihalarni
davlat-xususiy sheriklik shartlarida amalga oshirish uchun
investorlarning mablag‘larini jalb etish va birlashtirish;
davlat-xususiy sheriklik shartlarida raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish, shu jumladan kripto-aktivlar aylanmasi va kripto-
birjalar faoliyati sohasidagi eng istiqbolli va strategik muhim
loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, “blokcheyn” texnolo-
giyalarini ishlab chiqish va joriy etish sohasida kadrlar tayyorlash
bo‘yicha o‘quv tadbirlari va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;
raqamli iqtisodiyotni, shu jumladan “blokcheyn” texnolo-
giyalarini joriy etish va kripto-aktivlar aylanmasi uchun platfor-
malar tashkil etish hisobiga yanada rivojlantirish borasidagi,
347
ayniqsa,
yoshlarning
tashabbuslari
(startaplari)ni
qo‘llab-
quvvatlash;
kripto-aktivlar aylanmasi va “blokcheyn” texnologiyalari
sohasida yetakchi xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni
tashkil etishda, shu jumladan yuqori malakali chet el
mutaxassislarini jalb etishda texnik ko‘makni ta’minlash.
3. Kuyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning
manbalari etib belgilansin:
Agentlik va uning bo‘ysunuvidagi tashkilotlarning Agentlik
direktori tomonidan belgilanadigan miqdordagi ajratmalari;
xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining grantlari va
kreditlari;
jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan chet el jismoniy
va yuridik shaxslarining homiylik xayriyalari;
yuridik shaxslar ustav kapitali (ustav fondi)da Jamg‘armaga
tegishli
aksiyalar
(ulushlar,
paylar)
bo‘yicha
olinadigan
daromadlar;
davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga
oshirishdan olinadigan daromadlar;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini
banklarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
4. Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘armaning mablag‘laridan
quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi, shu jumladan
“blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish, kripto-aktivlar
aylanmasini va kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha
loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida moliyalashtirish;
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni
amalga oshirish doirasida tuziladigan yuridik shaxslarning, shu
jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining ustav
kapitali (ustav fondi)dagi aksiya va ulushlarni sotib olish;
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar),
ko‘chmas mulk obyektlari, transport vositalari va boshqa mol-
mulkni sotib olish;
348
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi tashabbuslar
(startaplar)ni moliyalashtirish va qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish
uchun grantlar va kredit liniyalarini ajratish;
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida, shu jumladan
xorijda o‘tkaziladigan o‘quv tadbirlari, konferensiyalar, semi-
narlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va ularda ishtirok etish
bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish, shuningdek, iqtidorli
talabalar va yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash uchun
stipendiya va grantlar ajratish;
Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasini moddiy-texnik ta’min-
lash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy
rag‘batlantirish;
Jamg‘arma tomonidan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
sohasida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida jalb etiladigan
yuqori malakali chet el mutaxassislari xarajatlarini (mehnatga haq
to‘lash, transport xarajatlari va boshqalar) ular bilan tuziladigan
shartnomalar (kontraktlar) asosida moliyalashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga asosan
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa
maqsadlar.
5. “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni
qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining kengashi (keyingi o‘rinlarda
— Kengash) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Kengash bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasida
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha, shu jumladan
“blokcheyn” texnologiyalarini quyidagilarda bosqichma-bosqich
joriy etishni nazarda tutgan holda “yo‘l xaritasini” ishlab chiqsin
va tasdiqlasin:
markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan
davlat va hududiy dasturlarning investitsiya loyihalari amalga
oshirilishini monitoring qilishda;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga mablag‘lar
tushishi va ularning sarflanishini, davlat organlarida to‘lov
intizomiga rioya etilishini nazorat qilishda;
sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, ta’lim va madaniyat
sohalarida
ijtimoiy
xizmatlar
ko‘rsatishda,
shuningdek,
349
ajratilayotgan budjet mablag‘larining taqsimlanishini monitoring
qilishda;
davlat organlari faoliyatini tashkil etishda, shu jumladan
idoralararo hamkorlikda, davlat xaridlarini amalga oshirishda,
davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
verifikatsiya qilishda;
davlat kadastrlari, reyestrlari, klassifikatorlari va boshqa
ma’lumotlar bazalarini yuritishda, shu jumladan ularga kiritilgan
axborotning dolzarbligini ta’minlash va undan foydalanishda;
ustav kapitali (ustav fondi)da davlat ishtiroki yuqori bo‘lgan
yirik tijorat tashkilotlarida, shu jumladan biznes jarayonlarini
takomillashtirish, ishlab chiqarish, ma’muriy va operatsion
jarayonlarni optimallashtirish, shuningdek, zamonaviy menejment
va resurslarni boshqarishni joriy etish maqsadida korporativ
boshqarishda;
bank va moliya sektorlarida tranzaksiya operatsiyalarini, shu
jumladan kliring operatsiyalari, elektron to‘lovlar, sug‘urtalash,
savdoni moliyalashtirish (akkreditiv) va loyihalarni kreditlashni
monitoring qilishda.
6. Belgilab qo‘yilsinki:
Jamg‘arma
o‘zining mustaqil balansiga, O‘zbekiston
Respublikasining tijorat banklarida milliy va xorijiy valyutadagi
hisobraqamlariga, Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi
yozilgan muhrga ega;
investorlarni tanlash mezonlari, shuningdek, raqamli iqtiso-
diyotni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda
davlat-xususiy sheriklik shartlari Kengash tomonidan belgilanadi;
Jamg‘armaning mablag‘larini shakllantirish va ulardan
foydalanish tartibi Kengash tomonidan tasdiqlanadi;
Jamg‘armaning mablag‘larini joylashtirish bo‘yicha barcha
operatsiyalar Agentlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Jamg‘armaning joriy faoliyatiga rahbarlik Agentlik direktori
lavozimga tayinlaydigan va lavozimdan ozod qiladigan direktor
rahbarligidagi ijro etuvchi direksiya tomonidan amalga oshiriladi;
Jamg‘arma tomonidan jalb etiladigan grantlarga texnik ko‘-
maklashish mablag‘lari hisobiga amalga oshirish uchun nazarda
350
tutiladigan loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish tartibi
tatbiq etilmaydi;
Jamg‘arma mablag‘larining maqsadli foydalanilishi ustidan
nazorat Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
7. Jamg‘armaga:
tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar va ularning
rasmiy dilerlari (distribyutorlari) bilan “blokcheyn” texnolo-
giyalarini joriy etish va amalga oshirilayotgan loyihalar uchun
zarur uskunalar, texnika va materiallar, ehtiyot qismlari, dasturiy
mahsulotlar, butlovchi buyumlarni yetkazib berish bo‘yicha eng
yaxshi takliflarni tanlab olish asosida shartnomalar tuzishga;
yuqori malakali chet el mutaxassislarini ishga qabul qilish va
ularga Agentlik bilan kelishilgan miqdorda erkin konvertatsiya
qilinadigan valyutada ish haqi va boshqa to‘lovlar belgilashga;
xorijiy oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan tegishli
yo‘nalishdagi mutaxassislarga nisbatan xizmatchilarning asosiy
lavozimlari va ishchilar kasblarining klassifikatorini ishga qabul
qilishda xodimlar ma’lumotining eng past darajasi, ishchilar
kasblari bo‘yicha malaka razryadlarini belgilash yuzasidan
qo‘llamaslikka ruxsat berilsin.
8. Agentlik (D.R. Li):
ikki hafta muddatda Jamg‘armaning ta’sis hujjatlari, ijro
etuvchi direksiyasi tuzilmasi va shtatlar jadvalini tasdiqlasin;
bir oy muddatda Jamg‘armaning faoliyatini tashkil etish, shu
jumladan mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa
zarur moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash choralarini
ko‘rsin;
ikki oy muddatda Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasining
zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, Jamg‘armaga
yuklatilgan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir
yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
9. Quyidagilar 2021-yil 1-iyulga qadar muddatga:
Jamg‘arma yagona ijtimoiy to‘lovlardan tashqari barcha
turdagi soliqlar va majburiy to‘lovlar to‘lashdan;
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmayotgan,
Jamg‘arma tomonidan uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni
351
amalga oshirish doirasida, shuningdek, o‘z ehtiyojlari uchun
belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib
kelinadigan tovarlar bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona
rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod qilinsin.
Belgilansinki, Jamg‘arma tomonidan o‘z faoliyati, shu
jumladan amalga oshirayotgan loyihalar doirasida yuridik va
jismoniy shaxslarga beg‘araz asosda beriladigan tovarlar (ishlar,
xizmatlar) ularni oluvchi tomonda yuridik shaxslarning foyda
solig‘i, yagona soliq to‘lovi va jismoniy shaxslar daromadidan
olinadigan soliq bo‘yicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi.
10. Agentlik hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi-
ning Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlan-
tirish vazirligi huzuridagi “Ni-tech city” xalqaro yuqori texno-
logiyali innovatsion markazi hududida yangi obyektlarni qurish va
ulardan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasini
Agentlikka beg‘araz o‘tkazish hamda uning nomini O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy
agentligi qoshidagi “Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali
innovatsion markazi hududida yangi obyektlarni qurish va ulardan
foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasiga o‘zgartirish
to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
“Delta city” xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion
markazi hududida yangi obyektlarni qurish va ulardan foydalanish
direksiyasi” davlat unitar korxonasining faoliyatini moliyalash-
tirish manbalaridan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari chiqarib tashlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xususiylashtirilgan
korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat
qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Delta city” xalqaro
yuqori texnologiyali innovatsion markazi hududida yangi
obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” davlat
unitar
korxonasining
belgilangan
tartibda
Agentlikka
o‘tkazilishini ta’minlasin.
352
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamg‘ar-
ma ijro etuvchi direksiyasining buyurtmanomalariga binoan
Jamg‘arma tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida
jalb etiladigan chet el mutaxassislariga davlat boji undirilmasdan
ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va ularning
muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha propiska
qilinishini, turar joyi bo‘yicha hisobga olinishini hamda vaqtincha
propiska va turar joyi bo‘yicha hisobga olish uzaytirilishini
ta’minlasin.
12. Jamg‘arma Toshkent shahri, I. Karimov ko‘chasi, 1-uyga
beg‘araz foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjat-
lariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
14. Agentlik boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan
birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan
kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar
kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Administratsiyam
rahbari
Z.Sh.
Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining birinchi
o‘rinbosari D.R. Li va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga
yuklansin.
Dostları ilə paylaş: |