O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/213
tarix26.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#136048
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   213
Янги-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

Kognitiv texnologiya
Kognitiv texnologiyalar deganda bilim, tajriba, aloqa va 
qarorlarni ishlab chiqish uchun va faollashtirish uchun aqlli tizim-
larni ratsionalizatsiya 
qilish va 
shakllantirish uchun 
keng 
ko‘lamdagi texnologiyalar tushuniladi. 
Kognitiv texnologiyalar tabiiy va sun’iy intellektual tizim-
larning tashkil etilishi va ishlash tamoyillarini ishlab chiqadi va 
amalga oshiradi. Ular matematik usullar, algoritmlar va komp-
yuter texnologiyalar majmuasi bo‘libaqlli dasturiy-apparat tiz-
imlarni yaratadi, tabiiy tilni, shaklini aniqla oladi, tizimlarni dina-
mik organish, gipotezalarni tuzish, baholash va boshqa masala-
larni hal etadi. 
Kognitiv texnologiyalarning 
mohiyati - odam olingan 
ma’lumotni qanday qabul qilishi va ishlov berishni, qaysi 
shakllarni (kognitiv sxemalar)ni yarata olishini topishdan iborat. 
Kognitiv texnologiyalar anglashdan
farq qiladi, chunki an-
glash yangi axborot muhitida yuzaga keladi. Bu nafaqat odamlar, 
tabiat, texnologiya, kitoblar, balki kompyuterlar va tarmoqlar 
(ijtimoiy va kompyuter). 
Ushbu texnologiyalarni rivojlantirishning eng istiqbolli 
yo‘nalishlari quyidagilar: 


37 

inson qobiliyatini, shu jumladan aqlni, xotirani rivojlan-
tirish uchun mo‘ljallangan kognitiv dorilar; 

kognitiv yordamchilar – turli vaziyatlarda moslashuvchan 
qo‘llab-quvvatlash tizimlari (kirishni boshqarish, avtopilot); 

"miya - kompyuter" shaklidagi virtual interfeyslar – intui-
tiv, kompyuter tizimlarini boshqarish uchun hamma uchun ochiq. 
Institute of Development Studies (IDS) ning baholari boyicha 
yaqin yillarda kognitiv texnologiyalar jahon bozori har yili 55% 
o‘rtacha o‘sadi va XXI asrning 20-chi yillarda $ 31,3 milliardga 
yetadi. 
Bundan tashqari, bozorning 40% dan ko‘prog‘ini dasturiy 
ta’minot egallaydi: matnlarni va boshqa materiallarni tahlil qilish 
uchun ilovalar, qidirish, mashinani o‘rganish, toifalashtirish, gi-
poteza (faraz) ni yaratish, navigatsiya (yo‘l qursatish), shuning-
dek, aqlli dasturlarni ishlab chiqishga mo‘ljallangan bilim platfor-
malari.
Kognitiv tizimlarning 
global xaridlarining qariyb 20 foi-
zi bank sektoriga to‘g‘ri keladi. Banklarda bu tizimlar firibgarlikni 
aniqlash, tahlil qilish va tahdidlarni avtomatlashtirish, shuning-
dek, tavsiyalar berish uchun ishlatiladi. Xarid qilish bo‘yicha 
ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni savdo tashkil etadi, bu erda 
kog-
nitiv tizimlar 
mijozlarga xizmat ko‘rsatish, savdo va sog‘liqni 
saqlashning avtomatlashtirilgan agentlari ishini ta’minlaydi, bu 
yerda diagnostika va davolash tizimlarida qo‘llaniladi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin