39
bo‘ladi. Ko‘pincha o‘lchov omillarini aniqlashning o‘ziga xos
metodologiyasi mavjud emas va ma’lumotlarning
hajmi yetarli
emas yoki u sifatli xarakterga ega. Bunday tizimlarning o‘ziga xos
xususiyatlari tufayli ular
zaif tuzilgan
deb nomlanadi .
Keng tarqalgan kognitiv modellashtirishning ta’riflardan biri
quyidagi ta’rifi –
boshqaruv obyektiga turli omillarnig ta’sirini
o‘xshashlik va farqlarini inobatga olgan holda boshqaruv obyek-
tini maqsadli holga o‘tkazishda omillar ta’sirining kuch va
yo‘nalishini aniqlash imkoniga ega tahlil usuludir.
Kognitiv modellashtirish tizimni sifatli tahlil qilish asosida
muammoli vaziyatni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Ti-
zimga xos bo‘lgan muammolar va qarama-qarshiliklarni aniqlash-
ga imkon beradi.
Modellashtirishning
maqsadi alohida, ammo o‘zaro bog‘liq
elementlar va quyi tizimlardan tashkil topgan murakkab
tizim sifatida ko‘rib chiqilgan o‘rganilayotgan obyektning ishlashi
haqidagi gipotezani shakllantirish va aniqlashtirishdir.
Tadqiqot obyektini kognitiv tahlil qilish quyidagilarni
amalga oshirishga imkon beradi:
tahlil qilingan muammoning umumiya holatini ko‘rish;
tizim (vaziyat) rivojlanish yo‘nalishini bashorat qilish;
vaziyatning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash;
harakatlar strategiyasini ishlab chiqish;
muammoga alternativ
echimlarni taklif qilish;
qaror qabul qilish jarayonini shakllantirish;
ko‘rib chiqilayotgan vaziyatning sifat va miqdoriy tavsi-
flarini olish;
qarorlarning sifati va asosliligini oshirish.
Kognitiv tahlilning bosqichma-bosqich texnologiyasi quyi-
dagi amallarni o‘z ichiga oladi:
1.
Muammo to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish;
2.
Muammoli vaziyatni tizimli o‘rganish (muammo
doimiy
yoki o‘zgaruvchan xarakterga ega bo‘ladi);
3.
Muammo kelib chiqqan mavzu bo‘yicha bilimlarning
tuzilishi;
40
4.
O‘rganilayotgan muammoning kognitiv modelini yaratish;
5.
Kognitiv muammoli vaziyatni tarkibiy tahlil qilish;
6.
Muammoli vaziyatning kognitiv
modelining tarkibiy
xususiyatlari;
7.
Maqsadli yondashuvga asoslangan muammoli modellash-
tirish
8.
Model darajasida mumkin bo‘lgan natijalar, amaldagi mo-
dellarni inkor qilish.
9.
Modellashtirish natijalarini mavzuli talqini;
10.
Natijalarni tahlil qilish va vaziyatning dinamikasi ha-
qida yangi bilimlarni aniqlash.
Kognitiv yondashuvning
mohiyati intuitsiyaga emas, balki
murakkab tizim haqida tartibga solingan va tasdiqlangan ma’lu-
motlarga asoslangan samarali boshqaruv strategiyasini ishlab
chiqishdir. Bunday bilimlarning manbai aholini sotsiologik tadqiq
qilish yoki ekspert guruhlarining so‘rovlari bo‘lishi mumkin.
Kognitiv modellarni ishlab chiqish juda mashaqqatli jarayon,
shuning uchun tadqiqotchilar ishini avtomatlashtirish uchun
maxsus vositalar kerak.
Kognitiv texnologiyalar vositasi xilma-xil bo‘lib,
ular turli
muammolarni yechishga mo‘ljallangan:
biznes jarayonini boshqarish;
boshqaruv qarorlarini qo‘llab-quvvatlash;
analitik dasturiy ta’minot va xizmatlar;
kognitiv hisoblashga asoslangan xizmatlari;
bitimlar va blockcheyn.
Dostları ilə paylaş: