106
II BOB. ELEKTRON BIZNES VA ELEKTRON TIJORAT
2.1. Elektron tijoratning qisqacha tarixi va asoslari
2.1.1. Elektron tijorat paydo bo‘lish shart-sharoitlar
Elektron biznes tarixi XX asrning 60-70-yillari axborot texno-
logiyalari sohasida inqilobning boshlanishiga borib taqaladi. Axbo-
rot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) jadal rivojlanishi
korxonalar o‘rtasida va ularning ichida ma’lumotlar almashuvini
soddalashtirish va arzonlashtirishga imkon berdi. Yirik
korporat-
siyalar hujjatli ishlarning yuki va xarajatlarini kamaytirish,
shuningdek, almashuv tezligini oshirish maqsadida,
elektron
ma’lumotlar almashuvining qog‘ozsiz texnologiyalarini joriy etishdi.
Elektron tijorat davrining boshlanishini 1960-yil deb hisoblash
mumkin. O‘sha paytda American Airlines va IBM reyslar uchun
joylarni bron qilish uchun avtomatlashtirish tizimini yaratishni
boshladilar – SABRE (Semi-Automatic Business Research Environ-
ment). Bu elektron tijorat tizimini yaratishda birinchi tajriba edi.
XX asrning 60-yillarida AQSHda
zahiralarni boshqarishni
avtomatlashtirish bo‘yicha ishlar boshlandi. Iste’mol tovarlarini
keng miqyosli va ommaviy ishlab chiqarish va savdoning faol
o‘sishi
natijasida
talablarni rejalashtirish va zahiralarni boshqa-
rishning matematik modellaridan
foydalanish xarajatlarni
tejashga
olib kelishi aniq bo‘ldi. Buyurtmalarning optimal hajmini tanlash
korxonaning savdo-sotiq faoliyati samaradorligini oshirishning mu-
him shartlaridan biri ekanligi aniqlandi, chunki tovarlarning yetarli
emasligi takroriy buyurtmalar paytida ma’muriy
xarajatlarning
oshishiga olib keladi va ortiqcha tovar esa pul mablag‘larning
muzlatilishiga olib keladi.
Elektron biznesni rivojlantirishdagi navbatdagi muhim
davri XXasrning 60-yillari hisoblanadi. Bu moliyaviy-hisob oper-
atsiyalarni avtomatlashtirish imkonini beradigan magnitli chiziq
bilan qoplangan va yelim kredit kartalarning paydo bo‘lishi
bilan
bog‘liq.
107
1975-yilda frantsiyalik jurnalist RolanMorenoelektron xotira
kartasini ixtiro qilgan va patentlagan. Shu ihtiro asosida 80-yil-
larning boshlarida Bull (Frantsiya)kompaniyasi mikroprotsessor
o‘rnatilgan
smart-kartani
yaratdi va patentini oladi (2.1.1-rasm) .
70-yillarning o‘rtalarida birinchi marta
ma’lumotlar elektron
almashish
( EDI ) va elektron pul o‘tkazmalari (EFT) vosi-
talaridan foydalanishni boshladilar. Ma’lumotlar elektron alma-
shuvitizimi ( EDI ) – bojxona deklaratsiyasi, buyurtmalar, fak-
turalar va hujjatlar – turli qimmatli qog‘ozlar elektron ro‘yxatdan
bilan bog‘liq qoidalar va meyorlar majmui.
Dostları ilə paylaş: