O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/213
tarix26.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#136048
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   213
Янги-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

Internetda ish yuritish
Davriy internet nashriyotlari, yan-
giliklar saytlari va hk. 
Internet-marketing 
(sotish)
Qidiruv tizimlarida web-saytlarni 
reklama qilish ( e - marketing ) 
Reklama biznesi
Aloqa xizmati
E-mailva 
aloqavositasi(e-tele-
commuting) 
Web – ijodiyot
saytlar 
yaratish, web-dasturlash, 
web - dizayn, saytlar reklamasi
Tarmoq marketingi
Do‘kondan tashqari chakana shakl 
Dasturiy ta’minot va 
raqamli 
mahsulotni 
ishlab chiqish
Xizmatlar - yetkazib 
beruvchilar
Tarmoq 
xizmati 
provayderlari, 
xosting, domen provayderlari 


124 

O‘z-o‘zini tekshirish savollari 
 
1. Biznes haqida tushuncha bering.
2. Biznesning xususiyatlari aytib bering.
3. Biznesning tuzilishi va subyektlari nima?
4. Biznesni qanday shakllarda amalga oshirish mumkin?
5. Yakka tartibdagi tadbirkorlik ma’nosi nimada?
6. Sheriklik nima?
7. Elektron biznes qachon va qanday qilib boshlangan?
8. Elektron biznesni ta’rifini bering.
9. Elektron biznesning maqsadi va asosiy yo‘nalishlari.
10. Elektron biznesning asosiy turlarini aytib o‘ting. 
2.3. Elektron tijorat samaradorligi haqida asosiy tushun-
chalar
2.3.1. Elektron biznes va elektron tijorat o‘rtasidagi farqlar
Elektron biznes – bu eng keng tarqalgan tushuncha. U 
raqamli texnologiyalardan foydalangan holda bozor subyektlari 
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning har qanday shaklini o‘z 
ichiga oladi : 

ma’lumot almashish; 

bozorni o‘rganish; 

potensial mijozlar va yetkazib beruvchilar o‘rtasida aloqal-
arni o‘rnatish; 

sotishdan oldin va sotishdan keyingi davrda mijozni 
qo‘llab-quvvatlash, masalan, mahsulotlar va xizmatlar, mijozlar 
savollariga javoblar va hokazolar haqida batafsil ma’lumot taqdim 
etish; 

tovarlar va xizmatlarni sotish; 

elektron to‘lov, shu jumladan, elektron to‘lov tizimlaridan 
foydalangan holda; 

mahsulotlarni tarqatish, shu jumladan, yetkazib berishni 
boshqarish va jismoniy mahsulotlarni kuzatish, shuningdek, 


125 
elektron shaklda tarqatilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri etkazib berish; 

virtual 
korxonalarni 
tashkil 
etish 
imkoniyati 
– 
yakka tartibdagi mutaxassislar guruhi yoki qo‘shma faoliyatni olib 
borish uchun mustaqil kompaniyalar; 

kompaniya va uning savdo sheriklari tomonidan birgalikda 
boshqariladigan biznes-jarayonlarni amalga oshirish . 
Elektron tijorat 
elektron biznesning tarkibiy qismlaridan biri 
bo‘lib, tovarlarni sotish yoki Internet orqali xizmatlar ko‘rsatish 
kabi elektron tizimlardan foydalangan holda amalga oshiriladigan 
bitimlar bilan cheklanadi.
Elektron biznesda elektron tijoratning o‘rni 2.3.1-rasmda 
keltirilgan. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin