128
Shu sababli, endi "elektron tijorat" atamasi Internetdan
foydalanish mumkin bo‘lgan deyarli barcha jihatlarni qamrab
oladi.
Elektron tijoratning quyidagi
ikki jihatini
ajratib ko‘rsatish
mumkin :
Elektron tijorat
Internetda
savdo sifatida
. Elektron tijorat
Internetdan foydalangan holda tovarlar va xizmatlarni sotishni o‘z
ichiga oladi.
Elektron tijorat bozor sifatida
. Elektron tijorat faqatgina
mahsulotlarni sotib olish va sotish bilan cheklanmaydi. Masalan,
virtual do‘kon nafaqat o‘z Internet-foydalanuvchilariga o‘z
mahsulotlarini taklif qilishi, balki mahsulot etkazib beruvchilarni
izlashi, ular bilan shartnomalar tuzishi, to‘lovlarni amalga oshiri-
shi, xodimlarni yollashi va Internet orqali marketing kampaniya-
larini o‘tkazishi mumkin. Shu bilan birga, elektron tijorat jarayon-
ida ishtirok etadigan kompaniyalar bu haqda hatto xabardor
bo‘lmasliklari mumkin. Elektron tijorat tovarlarni ishlab chiqarish,
taqsimlash va almashish jarayonlariga, shuningdek, iste’mol-
chining mahsulot to‘g‘risida qanday ma’lumot olishi va savdo
bitimi tuzishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: