Hukumat ( G ) Biznes (B) Iste’molchi (C) Hukumat ( G ) G2g
Muvofiqlashtirish
G2b
Ma’lumot
G2c
Ma’lumot
Biznes (B) B2G
Davlat xaridlari
B2B
Kompaniyalar
o‘rtasidagi
savdo bitim-
lari
B2C
Chakana
savdo
Iste’molchi (C) C2G
Soliq
C2B
Narxlarni
taqqoslash
C2C
Auksion
bozorlari
2.4.1-rasm. Tijoratni tashkil etish modellari
139
Hozirda elektron tijoratning 3 ta subyekti -
biznes ( B ),
davlat ( G ) va
iste’molchi ( C ) tomonidan keng foydalaniladi.
Elektron tijoratni tashkil etish modellarini batafsil ko‘rib
chiqamiz .
B2B Model - ( Business–to Business, Biznesdan - Biznesga) B2B atamasi odatda onlayn xizmatlarning keng doirasini
anglatadi, ularda biron bir tarzda, xususiy shaxslar emas, balki
korxonalar va
kompaniyalar
qatnashadilar. B2B
sektorida
kompaniyalar bir-birlariga sotadigan tovarlar va xizmatlar soti-
ladi. Asosiy tovar va pul aylanmasi korporativ muhitda ro‘y beradi
va iste’mol bozoriga deyarli kirmaydi.
B2B – bu faoliyat turi bo‘lib, Internet orqali ikki kompaniya
o‘rtasida biznes yuritish ma’nosini bildiradi (
bitim -
ixtiyoriy bo- zor bitimi va taraflarning kelishuvi bilan amalga oshiriladigan qo‘shma iqtisodiy faoliyat hisoblanadi ).
Internetda ushbu turdagi faoliyat kompaniyalar uchun eng
istiqbolli hisoblanadi. Bu ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida yangi
darajadagi savdo aloqalarini o‘rnatishga imkon beradi va ular
o‘rtasidagi sheriklik uchun yaxshi zamin yaratadi.
Bozor ochilib bormoqda va mahalliy bozorda o‘zaro hamkor-
lik qilish va zarur xizmatlarni sotib olishuchun ko‘plab imkoni-
yatlar yaratadi va mavjud chet eldan materiallar va asbob-uskuna-
larni olib kirishdan yoki biznes sherikini uzoq vaqt izlashlashdan
ozod qiladi. Xalqaro ma’noda elektron tijorat kompaniyaga global
bozorda yuqori faollik qilish uchun yaxshi imkoniyat beradi.
B2B tizimi oddiy foydalanuvchilar, boshqa mumkin bo‘lgan
hamkorlar uchun
ochiq ham bo‘lishi mumkin, shu bi-
lan,
yopiq ham bo‘lishi mumkin, yani faqat ma’lum hamkorlar
yoki ishchi guruh va faqat ma’lum bir texnologik vazifalarni
amalga oshirish uchun mo‘jallangan bo‘ladi.
Ushbu modeldan foydalangan holda elektron tijorat yagona
axborot tarmog‘i orqali amalga oshirilishi mumkin (2.4.2-rasm).
B2B saytlari orasida funktsional imkoniyatlari bilan quyidagi
guruhlarni ajratish mumkin:
140
Kataloglar . Ular B2B turidagi saytning eng arzimas
versiyasi bo‘lib, unda xaridor tomonidan belgilangan narxdagi
mahsulot sotuvchisini topadi ;