264
blok versiyasini;
blokni yaratish sanasi va vaqtini;
blok sarlavhasining
xesh-kodini
;
oldingi blokning
xesh-kodini
;
blokdagi barcha tranzaktsiyalarning
xesh-kodini
;
mayniing
jarayonida
qayd etilgan maxsus
Nonce
va
Bits
parametrlarini.
Blok sarlavhasining xesh-kodi
oldingi
blokni boshqasi
bilan blokcheyn zanjirida bog‘laydigan narsa. Keyingi sarlavhada
oldingi blokning
xesh- kodi
sifatida yozilgan.
Shuningdek,
sarlavhada joriy blokning tranzaktsiya
xesh - kodi
mavjud.
Merkle
daraxti
(Merkle tree)yoki
binar
(ikkilik)
xesh
daraxti deb
nomlanuvchi algoritm yordamida hisoblanadi.
Bunday blok zanjirga kirishi bilan, kelajakda uni o‘zgar-
tirish imkoni bo‘lmaydi. Bu blokcheynning
asosiy tamoyillaridan
biridir.
Ma’lumotlar
blokcheynga
xavfsizroq
aloqani
ta’minlaydigan kriptografiya protokollaridan foydalangan holda,
shuningdek bank ma’lumotlarini uzatish tarmoqlarida yoziladi.
Blok zanjirini shakllantirishda faqat ishonchli ma’lumotlarga
ega bloklar unga kirishlari mumkin. Shunga ko‘ra,
zanjirning
mavjud bo‘lgan har qanday blokida ommaviy mavjud bo‘lgan
ma’lumotlarni soxtalashtirish yoki almashtirish mumkin emas.
Blokcheyndagi barcha ma’lumotlar to‘planib, doimiy
ravishda yangilanib turadigan ma’lumotlar bazasini hosil qiladi.
Ushbu ma’lumotlar bazasidan biron bir narsani olib tashlash yoki
blokni almashtirish / o‘zgartirish mumkin emas. Bu blokcheyn-
ning asosiy xususiyatlaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: